cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Юқори Чирчиқ ахборот-кутубхона маркази

Юқори Чирчиқ ахборот-кутубхона марказининг расмий канали 📚 Манзилимиз🏫: Юқори Чирчиқ тумани Янгибозор қурғони Борлиқ к.,15-уй https://t.me/YuqoriChirchiqTAKM_bot ☎️ +998709831102

Show more
Advertising posts
923
Subscribers
-224 hours
-47 days
-5730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Audiosheʻrlar ​ ✍ Abdulla Oripov 📖 "Yolg‘izlik" 🎤 Shoirning o'zi o'qigan YOLGʻIZLIK Nega uyurdan ketgan ot misol Bir oʻzing kezasan yaylovdan yiroq. Qachondir yolgʻizlik kelmasmi malol? Axir yoʻqmi senda doʻst-u yor, oʻrtoq?! Deyman, doʻstlarim bor havas qilgulik, Himmati bir yurtning xiroji qadar. Yurakning qatida asrab kelgulik Tengsiz zotlar ular — bahorsiz gavhar. Lekin otam aytgan shunday gap ham bor Nomardga yolvorma, qolsang hamki och Aytilmagan joyga bosh suqma zinhor, Qadringni bilmagan davralardan qoch. ️🎧 @audiokitoblar_uz
Show all...
Yolgʻizlik (Abdulla Oripov).mp31.30 MB
ADABIY MAHORAT VA ADABIY AXLOQ Adabiyotda ikki masala muhim: Nimani yozish kerak? Qanday yozish kerak?
Yozuvchi nimani yozishni tafakkur qamrovi, ilmi, tajribasi, e’tiqodi bilan hal qiladi.
Qanday yozish yozuvchining qobiliyati, so‘zlarni tanlay bilash malakasi, ustaligi, ya’ni mahoratiga bog‘liq. Lug‘ati boy, so‘zlarni saralab o‘zi istagan holatni yorqin tasvirlash uchun qo‘llay bilish salohiyati baland adib manzarani so‘z bilan chiroyli chizadi. Nimani yozish axloqdir. Masalan, er-xotin orasidagi qovushishni yozadimi, jinsiy a’zolarni vasf qiladimi, qalbdagi vasvasani astoydil chizadimi, nafsning hirsi va shahvatni tasvirlaydimi - bu adabiy axloqa masalasidir. Adib er-xotin orasidagi odobni, go‘zal an’analarni, yaxshilikni, hurmat va sadoqatni, poklik va mardlikni qalamga olishi ham mumkin. Yoki hayotning qorong‘u, chirkin va tab’ni xira qiladigan jihatlarini ham erinmay ezmalanib ko‘rsatib bera oladi.
Yozuvchining axloqi qaysi biriga moyil bo‘lsa, o‘shani ko‘proq ko‘radi va yozadi.
Agar uning maqsadi odamlarni yaxshilikka, insofga, xulqqa chorlash bo‘lsa, imkon qadar yorug‘ va nurli so‘zlarni qo‘llab, chiroyli adabiy kartinalar yaratadi. Ammo uning o‘zi tushkun, g‘amgin va iymonsizroq bo‘lsa, jirkanch manzaralarga zo‘r beradi. Har ikki qutbni ham o‘z salohiyatidan kelib chiqib ishonarli shaklga solaveradi. Gʻarb dunyosi islom ma’rifati va axloqidan benasib bo‘lgani uchun o‘z hayoti, madaniyatini chizadi. Bu madaniyatga ko‘ra nikohsiz sevgi, nikohsiz qovushish, nikohsiz bola tug‘ish, yashashdan ma’no ko‘rmaslik, vasvasa tabiiydir. Ular haqiqatni ana shu tomonda ko‘rishadi. Musulmon Sharqida esa insonlar islom ma’rifati va islom axloqiga ko‘ra yashaganlari uchun qanoat, vafo, adab, sadoqat, saxovat kabi sifatlar tasviriga ko‘proq urg‘u beradi. Insonlarni ichdagi vasvasa, yomon xayol, chirkin niyatlarni yengib, yaxshilik va yorug‘lik bilan yashashga chaqiradi. Oddiy mantiq shuki, qaysi biri yaxshi: hayotni qora rangda ko‘rib yashagan yaxshimi, yoki yorug‘likka intilib, kurashib, poklik umidi ila umr kechirgan ma’qulmi? Odam qaysi tomonni tanlamasin, hayot o‘z maromida kechaveradi.  Shunchaki, inson o‘zini qiynab yashagani qoladi. Yoki umrning har damidan ruhoniy poklik, xulqiy go‘zallik ila foydalangani yutuqqa aylanadi.
Ayrim "kitobxonlar"ning g‘arb adiblari tasvirlagan qora manzaraga asir bo‘lib, sharq musulmonlari zehniyatini infantil ko‘rishlari insofga to‘g‘ri kelmaydi. Bu ularning kaltabinligi dalilidir.
Sizlar ismini ishtaha bilan zikr qiladigan "kazo-kazo"larning bitiklaridan ancha xabarimiz bor. Hijjalab o‘qib chiqqanmiz. Ular qaysi manzilga boshlab borishlarini ham bilganmiz. Juda borsa, sizlar kabi betoqat, takabbur qiyofaga olib kiradi. Ammo sharq musulmonlari adabiyoti insonni bag‘rikenglikka, odobga, sabrga, tahammulga chaqiradi, o‘zaro yaxshilik qilishga da’vat qiladi. Agar biror g‘arb adibi insonlar orasidagi yaxshilik qilish sifati haqida yozsa, albatta, bu biror tama’ bilan bo‘ladi, hecham xolis va samimiy bo‘lmaydi deb yozadi. Buni esa tabiiy deya oqlaydi. Sharq musulmon adibi esa yaxshilik go‘zallikdir, uni samimiy amalga oshir va unutgin deya ta’lim beradi.
Adabiy axloq nima yozish, adabiy mahorat qanday yozishdir.
Turklarning biz muhokama qilib turgan adiblari nimani yozishni yaxshi bilishadi, ammo qanday yozish masalasida biroz no‘noq bo‘lishlari mumkin. Buning uchun dod-voy qilishga hojat yo‘q. Agar sizning didingiz juda yuksak va o‘tkir bo‘lsa, hazrati Alisher Navoiyni o‘qing hamda qanday yozish kerakligini, ya’ni adabiy mahorat va adabiy san’atni o‘rganing. P.S. Darvoqe, hali Abdulla Qodiriy hamda uning safdoshlari nimani yozgani haqida ham chuqur o‘rganiladi. Qanday yozgani esa ko‘b va xo‘b o‘rganilgan. Akrom MALIK 17.09.2024. 📚 @e_kutubxona
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati 📌 Ko‘zlaringiz yulduzlarda, oyoqlaringiz esa yerda bo‘lsin! ©️ Teador Ruzvelt
Bizni kuzating
Instagram | YouTube | Telegram
Show all...
Xudo oʻziga yordam beroladiganlarga yordam beradi. ©️Den Braun Telegram | Instagram | Audiokitob
Show all...

01:46
Video unavailableShow in Telegram
#mediasavodxonlik
⚠️ Сиз исталган хорижлик шахсга унинг тилида видео мурожаат йўллашингиз мумкин. Ёки фаолиятингизда ҳам буни қўллаш имкониятига эгасиз.
Қандай қилиб, дея қизиқяпсизми? Сунъий интеллект ёрдамида, албатта.
➡️ Медиасаводхонлик рукнидан сиз учун яна бир тавсия. Видеороликни томоша қилинг ва ўзингиз гувоҳ бўлинг! 📖 @kitoboqiuz 👈
Show all...
heygen_720.mp49.20 MB
“XXI asr” газетасининг2024 йил 19 сентябрь кунги 38 (1088)-сонида босилган мақолалар анонси: 🇺🇿🇩🇪 Ўзбекистон-Германия: ўзаро манфааатли шерикликнинг янги босқичи; ❇️ Остонадаги саммитда Марказий Осиё етакчилари ҳам қатнашди; 🗳 Сайлов-2024: O’zLiDePнинг сайловолди дастури тўлалигича чоп этилмоқда! ❓ 5 мақсад – 500 вазифада нималар қамраб олинади? ❓ Ўзбекистон тадбиркорлар мамлакатига айланади...ми?! ❗️ Хусусий мулк дахлсизлиги кафолатланиши шарт!Солиқ ислоҳотлари халқчил бўлмоғи лозим; ❓ “Ҳар бир оила ўз уйига эга бўлсин” шиори амалга ошадими? ❗️ Маҳаллий кенгашлар ҳокимларга бўйсунмайди! ❇️ Актёрларнинг аристократи, ёлғизларнинг ёлғизи. 〰️〰️〰️〰️〰️ Kanalga ulanish👇👇 https://t.me/gazetalar_sharhi https://t.me/XXIasr_yangiliklari
Show all...
XXI asr 38 (1088)-сон.pdf2.53 MB
НУРОНИЙ № 38_2024.pdf2.10 MB
Yangi O'zbekiston №191Lotin.pdf4.77 MB
Jadid № 38_2024.pdf4.39 MB
78 lite.pdf6.89 KB
НС 20.09.2024.pdf1.68 MB
20-09-24.pdf1.12 MB
Правда_Востока №_192_2024.pdf1.62 MB
Янги Ўзбекистон № 192.pdf4.54 MB
Доверие 20_09_2024.pdf2.00 MB
👉20-SENTABRDA SODIR BO'LGAN VOQEALAR: - 622 - Muhammad s.a.v va uning izdoshlari Makkadan Madinaga ko'chishdi (hijrat). - 1066 - Fulford jangi. - 1187 - Salohiddin salibchilarga qarshi Quddusni qamal qilishni boshladi. - 1519 - Fernand Magellan ekspeditsiyasining boshlanishi. - 1792 - Fransiyada nikohdan ajrashishga ruxsat berildi. - 1870 - Italiyaning birlashishi yakunlandi. - 1909 - Angliya parlamenti ingliz va golland tillarini rasmiy til sifatida tan olgan Janubiy Afrika Konstitutsiyasini tasdiqladi. - 1917 - Kanada parlamenti frontda jang qilayotgan askarlarning onalari, xotinlari va singillariga ovoz berish huquqini berdi. - 1946 - Birinchi Kann xalqaro kinofestivalining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. - 1979 - Yuqori energiyali nurlanishni qayd etish uchun orbitaga astronomik rasadxona chiqarildi. - 1979 - Imperator Bokassa I taxtdan tushirildi. - 1990 - Janubiy Osetiya Gruziyadan ajralib chiqqanligini e'lon qildi. - 1992 - referendumda Fransiya fuqarolarining ko'pchiligi mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo'shilishi uchun ovoz berdi. - 1993 - Ozarbayjon parlamenti MDHga a'zo bo'lish to'g'risida qaror qabul qildi. - 1996 - Samarqandda qadimiy Afrosiyob shahar xarobasida qazish ishlari olib borgan fransuz arxeologlari topilmalari ko’rgazmalari ochildi. - 2008 - Marriott mehmonxonasidagi terakt. @Kun_tarixi_tv24
Show all...
👉 20-SENTABRDAGI TAVALLUDLAR: - 1778 - Faddey Bellinsgausen (1852) - rus dengizchi, Antarktidani kashf etganlardan biri. - 1833 - Ernesto Teodoro Moneta (1918) - italiyalik jurnalist, Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori (1907). - 1865 - Lyubor Niderle (1944) - chexiyalik arxeolog, etnograf, slavyan tarixchisi va antropolog. - 1903 -  Boris Brovsin - O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi, dirijyor va kompozitor. - 1908 - Okladnikov Aleksey (1981) - rus arxeologi, tarixchi va etnograf FA akademigi (1968 yildan). - 1919 - Mamadali Topivoldiyev (1969) - Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Belorussiyadagi partizanlar brigadasida razvedka boʻlinmasi komandiri, Sovet Ittifoqi qahramoni (1944). Kun tarixi kanalidan olindi - 1920 - Mirzamahmudov Mannaf (2002) - pediatr O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1980). - 1934 - Sofi Loren - Mashhur italyan aktrisasi. - 1948 - George Raymond Richard Martin - amerikalik fantast yozuvchi, ssenariychi, produser va muharrir. - 1958 - Gʻasson Masʼud - Suriyalik aktyor va kinorejissyor. - 1958 - Rustam Azimov - "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi raisi. - 1959 - Rahmatjon Qurbonov - O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist. - 1971 - Henrik Larsson - shved futbolchisi, UEFA Chempionlar Ligasi g'olibi (2006). - 1988 - Xabib Nurmagomedov - Rossiyaning aralash yakkakurash ustasi, yengil vazn toifasida UFC chempioni (2018). - 1993 - Yulian Draksler, nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014). - 1994 - Uollis Day - britaniyalik kino va televidenie aktrisasi, model. BIZ BILAN QOLING! Kanalga ulanish⤵️ @Kun_tarixi_TV24
Show all...
🔸 "O'n sakkiz yosh hayratlari" Navoiyning mashhur g'azallaridan biridir. Bu g'azal Navoiyning o'z-o'zini tanishlik va hayrat qilishga oid hissiyotlarini ifodalaydi. G'azal o'qishchiga to'g'ri keladigan yoshning hayratlari va hayratga olib kelgan xayollar haqida gaplashadi. 🔸 G'azal muallifning o'z hayoti va o'z-o'zini tanishlik va hayrat qilishga oid hissiyotlarini ifodalaydi. Navoiy o'zining o'n sakkiz yoshlik davrida dunyoda mavjud bo'lgan ajabliklarni tasavvur etib, hayrat qilishga duch kelayotganligini bildiradi. G'azalning har bir misrasi o'quvchini yangi va namoyon hissiyotlarga olib boradi. @pharmi_librari
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.