cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

my.gov.uz

Расмий телеграм канали Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим: 🤖 @MyGovRasmiyBot 📞 1242 ✉️ [email protected] 🌐 my.gov.uz 🌐 e-gov.uz 📱 @eGovUz Youtube: link.egov.uz/yt Facebook: link.egov.uz/fb Instagram: link.egov.uz/mig

Show more
Advertising posts
178 515
Subscribers
-724 hours
-8517 days
-9 96930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring! 📱 Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning. 👉 Bunda: ⏺ro'yxatdagi tijorat banklaridan biri hamda u joylashgan hudud tanlanadi. 📝 Birgalikda qarz oluvchi va kafil ma'lumotlari kiritiladi. 📲Shundan so’ng, birgalikda qarz oluvchi va kafilning my.gov.uz dagi shaxsiy kabinetlariga xabarnomalar yuboriladi. Ular tomonidan xabarnoma tasdiqlanganidan so'nggina ariza yuboriladi. 🏛Arizalar tegishli tijorat banki tomonidan 5 ish kunida ko'rib chiqiladi. ❗️Bu xizmatdan faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiydigan talaba va oʻquvchilar foydalanishlari mumkin. 👉 Kredit miqdori: ⏺1-bosqich talabalari uchun 100% kontrakt toʻlovi; 👉 2-bosqich va undan yuqori bosqichdagi talabalar uchun: ⏺ fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha GPA (grade point average) koʻrsatkichi 3 dan past boʻlganda kontrakt toʻlovining 80% miqdori boʻyicha taʼlim krediti ajratiladi, qolganini talaba oʻzi toʻlaydi; 🧑‍💻GPA koʻrsatkichi 3 va undan yuqori boʻlganda yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganda kontrakt toʻlovining 100% miqdori boʻyicha taʼlim krediti ajratiladi. 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Show all...
👍 62🔥 4👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi ✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra: 📆 test sinovining yozma qismi — 22-sentabr kuni; 🎤gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 23–27-sentabr va 2–4-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. 6️⃣ Diqqat! Test sinoviga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelish lozim. 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Show all...
👍 45👌 5
Photo unavailableShow in Telegram
🤩 Yangi noutbuk yutib olishni istaysizmi? 📱 my.gov.uz raqamli texnologiyalar haftaligi doirasida sovrinli oʻyin davom etmoqda! 🎁 ❓ Oʻyinda qanday ishtirok etish mumkin? 📱 MyGov mobil ilovasini (Android / iOS) yuklab oling yoki yangilang. 📱Ilovada roʻyxatdan yoki avtorizatsiyadan oʻting. 👉 my.gov.uz portali yoki ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 koʻrgazmasidagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” stendidagi QR-kodni skanerlang. ❗️Shoshiling! Roʻyxatdan oʻtish 19-sentyabr kuni soat 17:00 da tugaydi. 📆 7 nafar gʻolib 20-sentyabr kuni my.gov.uzʻning Youtube sahifasida ▶️jonli efirda aniqlanadi. 🎉 Omadingizni sinab koʻring va yangi noutbuk sohibiga aylaning! 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Show all...
👍 125🎉 21🔥 12👌 7🤩 1
00:43
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda ▶️Рoytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan “ICTWEEK UZBEKISTAN 2024” AKT haftaligi doirasida “Raqamli Oʻzbekiston” pavilionida qiziqarli taqdimotlar boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, soha mutahassislari bu yerda yagona identifikatsiya tizimi — OneID, elektron davlat xizmatlarini oʻzida mujassam etgan my.gov.uz portali va uning mobil ilovasida foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar haqida haftalik ishtirokchilariga maʼlumotlar berishmoqda. Siz ham AKT haftaligiga tashrif buyurib, nafaqat tizimdagi soʻnggi yangiliklardan boxabar boʻlishingiz, balki yutuqli oʻyinda ishtirok etib, qimmatbaho sovgʻalar ham yutib olishingiz mumkin. 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Show all...
video_2024-09-18_09-07-05.mp415.15 MB
👍 80🎉 6💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️O'zbekiston Elektron hukumat reytingida 6 pog'ona yuqorilab 63-o'ringa ko'tarildi 🌐 Bugun, 17-sentabr kuni BMTning Ijtimoiy va iqtisodiy masalalar departamenti (UNDESA) tomonidan BMTga aʼzo 193 davlat elektron hukumatining rivojlantirish holatini taqdim etuvchi "UN E-Government Survey"ning 2024-yilgi natijalari "Barqaror Rivojlanish uchun Raqamli Transformatsiyani kuchaytirish” nomi ostida e'lon qilindi. 📈Avvalgi 2022-yil natijalariga ko'ra, O'zbekiston mazkur reytingda 0,7265 qiymat bilan 69-o'rinni egallagan bo'lsa, 2024-yilda 0,7999 indeks hisobiga 6 pog'onaga yuqorilab, 63-o'ringa chiqdi. ✅ O'z navbatida, ilk marotaba O'zbekiston baland elektron hukumatni rivojlantirish indeksi guruhidan (High EGDI) dan juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo'shildi. 🇺🇿 Ushbu natija, hattoki, “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasining maqsadli ko'rsatkichlarida 2025-yil uchun belgilangan 0,75 qiymatdan ham oshdi. 📱 Bu esa mamlakatimizda raqamlashtirish va elektron hukumat tizimida olib borilayotgan ishlar samaradorligiga yaqqol namuna bo'ladi. 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Show all...
👍 110🎉 13🔥 9🤩 4💯 4🐳 2
Photo unavailableShow in Telegram
🤩 ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 dan unutilmas sovgʻa yutib olish imkoniyatini qoʻldan boy bermang! 📱 my.gov.uz raqamli texnologiyalar haftaligi doirasida ajoyib sovrinli oʻyin oʻtkazmoqda! 🎁 🟡 Yangi noutbuk yutib olishni istaysizmi? 💻 Unda bu oʻyin aynan siz uchun! ❓ Oʻyinda qanday ishtirok etish mumkin? 📱 MyGov mobil ilovasini (Android / iOS) yuklab oling yoki yangilang. 📱Ilovada roʻyxatdan yoki avtorizatsiyadan oʻting. 👉 my.gov.uz portali yoki ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 koʻrgazmasidagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” stendidagi QR-kodni skanerlang. ❗️Shoshiling! Roʻyxatdan oʻtish 19-sentyabr kuni soat 17:00 da tugaydi. 📆 7 nafar gʻolib 20-sentyabr kuni my.gov.uzʻning Youtube sahifasida ▶️jonli efirda aniqlanadi. 🎉 Omadingizni sinab koʻring va yangi noutbuk sohibiga aylaning! 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Show all...
👍 79🎉 11👌 3💯 3🐳 2
Photo unavailableShow in Telegram
❗️ICTweek 2024 haftaligida “Raqamli Oʻzbekiston” paviloniga albatta tashrif buyuring! 📱 17-20-sentyabr kunlari Toshkentdagi Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) koʻrgazmasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Raqamli Oʻzbekiston” pavilonida sizni quyidagilar kutmoqda: 🟡 Yurtimizdagi eng ommabop raqamlashtirish loyihalari: Raqamli hukumat, soliq, moliya, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalardagi innovatsion yechimlar bilan tanishish imkoniyati. 🟡 Qiziqarli taqdimotlar: Yangi Yagona identifikatsiya tizimi (OneID), Oʻzbekistonning raqamli navigatori, my.gov.uz imkoniyatlari, inklyuzivlik va raqamli sharoitlarni taʼminlash strategiyasi va boshqa dolzarb mavzulardagi taqdimotlarda ishtirok etib, soha mutaxassislaridan bilim va tajriba oling. 🟡 “Raqamli Oʻzbekiston” koʻrgazmasi – bu kelajakka nazar solish va raqamli texnologiyalarning beqiyos imkoniyatlaridan bahramand boʻlish uchun ajoyib imkoniyat! 🔄 Raqamli dunyo yangiliklariga qiziqqan barchani koʻrgazmamizga taklif etamiz! 🗺 Manzil: CAEx expo markazi! 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Show all...
👍 71🎉 5🐳 3
Photo unavailableShow in Telegram
❗️ OGOH BOʻLING! FIRIBGARLAR YANGI USULDAN FOYDALANMOQDA! 📣Hurmatli fuqarolar, ⏺Soʻnggi kunlarda firibgarlar tomonidan amalga oshirilayotgan yangi xavfdan ogohlantiramiz! ⌨️Firibgarlar fuqarolarga qoʻngʻiroq qilib, oʻzlarini my.gov.uz portali operatorlari sifatida tanishtirib, ular nomiga kredit rasmiylashtirilgani, agar shaxsiy maʼlumotlarini taqdim etsa, bank orqali uni bekor qilib berishlarini aytishmoqda. 🔴Eslatib oʻtamiz: 🔐Hech qachon shaxsiy maʼlumotlaringizni notanish kimsalarga bermang! Bu pasport maʼlumotlari, bank karta raqami, sms orqali kelgan pin-kod va boshqalarni oʻz ichiga oladi. ❗️Unutmang! 📱 my.gov.uz portali operatorlari fuqarolardan shaxsiy maʼlumotlarini soʻrab qoʻngʻiroq qilmaydi. 🟡 Oʻzingizni va yaqinlaringizni firibgarlardan ehtiyot qiling! 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Show all...
👍 210👌 20🔥 11🤩 5🐳 2
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Oʻzbekistonda xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlar soni oshmoqda 👨‍🏫 Bu yangi kasblarga qiziqish ortishi, xorijda taʼlim olish va xalqaro maydonda oʻz salohiyatini namoyon etish istagining yorqin ifodasidir. Davlat tomonidan imtihon xarajatlarining onlayn tartibda qulay qoplab berilishi esa yoshlarga yanada kuchli rag‘bat bo‘lmoqda. 📈 2024-yilning yanvar-avgust oylari statistikasi: ⏺Xalqaro imtihonlar uchun jami 15 324 ta ariza topshirilgan boʻlib, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 25% oʻsishni koʻrsatadi. ⏺Bunda IELTS eng talabgir imtihonga aylandi – 9449 ta ariza kelib tushdi. Shundan 7096 tasi davlat tomonidan moliyalashtirildi. ⏺Hududlar kesimida Toshkent shahri yetakchi boʻldi: 4443 ta ariza qabul qilindi. Imtihon xarajatlarini qoplash uchun 7 milliard 262 million soʻm mablagʻ ajratildi. ⏺IELTS'dan tashqari, TORFL/ТРКИga – 3729 ta, TOEFL iBTga – 248 ta ariza topshirildi. ⏺Akademik imtihonlarga ham talab yuqori bo'ldi: SATga – 1435 ta, GREga – 45 ta, GMATga – 28 ta ariza kelib tushdi. ⏺Osiyo tillari boʻyicha imtihonlar (TOPIK, HSK, JLPT) ham oʻz oʻrniga ega boʻlib, jami 158 ta arizani tashkil etdi. 📱 Хizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/413 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Show all...
👍 135🔥 12👌 4🎉 2
▶️Yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima yuzasidan shikoyat qilish tartibi (video) 🚓 Yoʻl harakati qoidalari buzilishi bilan bogʻliq chiqarilgan qaror va xabarnomalar boʻyicha eʼtirozingizni onlayn yuborish tartibi bilan tanishing! 📺 Video: https://youtu.be/xqFFHOiz9dE 👉 Xizmat havolasi: https://my.gov.uz/oz/service/1054 📱 my.gov.uz bilan hammasi oson va qulay! 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Show all...
Yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima yuzasidan shikoyat qilish

https://my.gov.uz/oz/service/1054

👍 80🔥 1👌 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.