cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TDYU YURIDIK KLINIKASI

👉 Ushbu kanalda TDYU talabalari o'qituvchilar nazorati ostida fuqarolik, soliq, mehnat, ijtimoiy va boshqa sohalar bo'yicha bepul huquqiy maslahat berishadi. Javoblar ma'lumot xarakteriga ega. 👉Rus tilida: https://t.me/tsul_yuridicheskaya_klinika

Show more
Uzbekistan17 960The language is not specifiedLaw2 062
Advertising posts
3 278
Subscribers
+3524 hours
+1057 days
+42530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#savol_javob 📌Jismoniy shaxslar ham o'zini o'zi bankrot deb topishi mumkinmi? Qaysi holatlarda o'zini o'zi bankrot deb topishi mumkin? ✅Ha, albatta, jismoniy shaxs ham o'zini o'zi bankrot deb topishi mumkin. 🔰Qarzdor jismoniy shaxsning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘liq hajmda bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy ichida qarzdor jismoniy shaxs tomonidan bajarilmagan hamda qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida ikki yuz barobarini tashkil etsa, qarzdor jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi alomatlari hisoblanadi. Bunday holatda, jismoniy shaxs, kreditor, shuningdek davlat soliq xizmati va boshqa vakolatli organlar jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin. 🖇Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish yuqorida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lgan taqdirda sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin. Yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda, agar jismoniy shaxs barcha majburiyatlarining umumiy summasi bazaviy hisoblash miqdorining kamida ikki yuz baravarini tashkil etsa, bunday holat yuzaga kelgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay jismoniy shaxs o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi kerak. Ushbu vaziyat bo'yicha jismoniy shaxs iqtisodiy sudga murojaat qilishi mumkin. ⚖Asos: ,,To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 194,195,196-moddalari 🏛TDYU Yuridik klinika ko'ngilli talabasi Baxtiyorova Husniya 📩Murojaat uchun: @TDYU_Yuridik_klinika_bot
Show all...
👍 5
#bilasizmi #savol_javob Savol❓ Farzandlikka olishning huquqiy tartibi qanday va qanday hujjatlar talab qilinadi? Javob✅ ❗️Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi. ➡️ Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi zarur: 🔹farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasining ko‘chirma nusxasi; 🔹er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinganda — boshqasining roziligi; 🔹nikohda turmagan shaxs tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchi pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining ko‘chirma nusxasi va nikohda turmasligi haqidagi ma’lumotnoma; 🔹farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy xulosa; 🔹fuqaro farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi hujjat; 🔹farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma yoki boshqa daromad manbalari haqidagi ma’lumotnoma; 🔹turar joyga bo‘lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat. ♻️Asos: 🔗http://lex.uz//docs/-3517337 O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 298, 300-moddalar. 🤵🏻‍♀TDYU yuridik klinika ko'ngilli talabasi: Abdusattorova Farangiz 📥 Murojaat uchun: @TDYU_Yuridik_klinika_bot
Show all...
❕Yuridik klinikamizning ruszabon fuqarolari va talabalari uchun rus tilida olib boriladigan kanalimiz linki: https://t.me/tsul_yuridicheskaya_klinika
Show all...
ЮРИДИЧЕСКАЯ КЛИНИКА ТГЮУ

✅ В этом канале студенты ТГЮУ каждый день публикуют посты, в которых вы сможете найти ответы на актуальные юридические вопросы. А также ознакамливаться с изменениями в НПА и самыми последними новостями. ✅ Для обращений: @TDYU_Yuridik_klinika_bot

👍 2
#savol_javob ❕JAVOB: 🟢 Oila qonunchiligining asosiy manbalaridan biri - Oila kodeksida nikohdan ajratishning 2 ta tartibi nazarda tutilgan bo'lib, quyida nikohdan sud tartibida ajratishning muhlat masalasiga doir muhim jihatlarini ochib beramiz: Birinchidan, sud ishning ko‘rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli. Bu norma bizga sudning muhlat tayinlashi shart emasligini ko'rsatmoqda. Javobni aniqlashtirish uchun Plenum qaroridan foydalanamiz. Tegishli plenum qaroriga ko'ra, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda sud oilani saqlab qolish yuzasidan choralar ko‘rishi lozim. Shu maqsadda, sud majlisida oilani saqlab qolish mumkinligini tasdiqlovchi holatlar (bolalar borligi, nikohning davomiyligi, oiladagi munosabatlarning xususiyatlari, vaqtinchalik kelishmovchilik va boshqalar) aniqlanganda, sud har ikkala tarafning yoki ulardan birining iltimosiga binoan yoxud o‘z tashabbusi bilan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ish ko‘rilishini keyinga qoldirishga va er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli. Demak, yuqorida sanalgan va boshqa shu kabi holatlar bo'lmasa, suddan 6 oylik muhlatni qo'llamaslikni so'rash mumkin. Biroq shuni e'tiborga olish zarurki, agar sud muhlat qo'llashni ma'qul deb topsa, siz yarashish uchun beriladigan muhlatni uch oydan kam etib so'ray olmaysiz, chunki hatto er-xotinning o‘zaro roziligi asosidagi, o‘rtada voyaga yetmagan bolalari va mulkiy nizolari yo‘qligini tasdiqlagan holdagi nikohdan ajralish FHDY organida ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat o‘tgach qayd etiladi. Aynan shu normaning talabidan kelib chiqib, sud yarashish uchun beriladigan muhlat uch oydan kam bo‘lishini samarasiz deb hisoblaydi. Yana shuni bilish kerakki, er-xotinga yarashish uchun muhlat berilishi munosabati bilan ishning ko‘rilishini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi sud ajrimi taraflarning tushuntirishlari tinglangandan so‘ng, zarur hollarda esa, boshqa dalillar tekshirilganidan so‘ng alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladi va ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilmasligi sababli uning ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin emas. 📚 ASOS: 1. O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 40-moddasi; 2. "Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Qarori 15-bandi; 3. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 400-moddasi. 🏛 TDYU Yuridik klinika ko'ngilli talabasi: Sharifova Madinabonu 📩Murojaat uchun: @TDYU_Yuridik_klinika_bot
Show all...
👍 8👏 5
Photo unavailableShow in Telegram
#savol_javob ❓ SAVOL: 🔴 Fuqarolik sudiga ajrashish uchun ariza tushgan. Da’vogar suddan muhlat bermasdan ajratib yuborishini so’ragan. Sud raisi tomonlarga muhlat bermasdan ajratib yuborishi mumkinmi?
Show all...
Assalamu alaykum. Farzandlikka olishni rasmiylashtirishda FHDY organiga qanday hujjatalar taqdim etaman❓️ ✅️Javob ‼️ Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko‘ra vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi. ☑️Farzandlikka olish uchun qo’yidagi hujjatlar talab qilinadi: Nikohda turgan shaxslar (shaxs) tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasining ko‘chirma nusxasi; er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinganda — boshqasining roziligi. Agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan bo‘lsa va erning (xotinning) yashash (turgan) joyi noma’lum bo‘lsa, shuningdek bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi; nikohda turmagan shaxs tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchi pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining ko‘chirma nusxasi va nikohda turmasligi haqidagi ma’lumotnoma. Asosan shu hujjatlar talab qilinadi. 📚Asos: Oila kodeksning 151-moddasi hamda Fuqarolik Protsessual kodeksning 300-moddasida berilgangan va shu keltirilgan moddalar tartibda sudga ilova qilinadi. TDYU Yuridik klinikasi talabasi: Ergashev Zuhriddin 📥Murojaat uchun: @TDYU_Yuridik_klinika_bot
Show all...
👍 3👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Talaba Yangi loyihani qarshi oling☄️ ℹ️Loyiha nomi: “Yuridik klinika haqida barchasi" 🗓Loyiha sanasi: 13-sentabr 🕓Loyiha vaqti: 20:00 🎤Spiker: Yuridik klinika xodimi Aripbayeva Aygerim Baxtiyarovna🔥 P.S: Belgilangan vaqtda @Huquq_official kanalimizda jonli efir tashkillashtiramiz. Yuridik klinika bo`yicha savollaringiz bo`lsa tayyorlab qo`ying‼️ 🔔LINK: @Huquq_official
Show all...
🔥 6👍 4 1
#savol_javob ❓️ Davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning majburiyatlari qanday? ✅️ davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun murojaat qilganda haqqoniy va to‘liq axborot taqdim etishi; ✅️ davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishiga ta’sir etuvchi holatlar to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organini o‘z vaqtida xabardor qilishi; ✅️ davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun o‘zlari yolg‘on yoki chalg‘ituvchi ma’lumotlar taqdim etganligi faktlari tasdiqlangan taqdirda, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplashi shart. ✅️ Qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishlari kerak. 📝 ASOS: "Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi qonun TDYU Yuridik klinika ko'ngilli talabasi Muhammadiyeva Sevinch 📩 Murojaat uchun: @TDYU_Yuridik_klinika_bot
Show all...
👍 3
#savol_javob ❓️Davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning huquqlari qanday? ➡️ ushbu Qonunda belgilangan tartibda va hollarda davlat hisobidan malakali yuridik yordam olishga; ➡️ davlat hisobidan yuridik yordam olishni rad etishga; ➡️ o‘zlariga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishi chog‘ida olingan axborotning maxfiyligiga rioya etilishini talab qilishga; ➡️ maxsus vakolatli davlat organi xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli. 📝 ASOS: "Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi qonun TDYU Yuridik klinika ko'ngilli talabasi Muhammadiyeva Sevinch 📩 Murojaat uchun: @TDYU_Yuridik_klinika_bot
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
▪️Sizning huquqlaringiz buzilyaptimi? ▪️Sudga, davlat organlari va tashkilotlarga ariza, shikoyat va taklif berishda muammolarga duch kelyapsizmi? ▪️Sizga huquqiy yordam kerak, ammo qayerga murojaat etishni bilmayapsizmi? Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik klinika 24 yildan ortiq vaqt mobaynida volontyor-talabalar tomonidan professor va ustozlar nazorati ostida quyidagi ko‘rinishda fuqarolarga bepul yordam ko‘rsatib kelmoqda: ✅ Huquqiy maslahat berish (online va offline ko‘rinishda) orqali; ✅ Barcha davlat idoralarga huquqiy hujjatlarni tuzishda yordam berish orqali; ✅ Sayyor qabullar orqali. 📌 TDYU Yuridik klinikasiga quyidagi usullarda murojaat etishingiz mumkin: ▶️ Yurik klinikaga tashrif buyurish orqali; Manzil: Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi 35-uy, TDYU 1-o‘quv binosi, 124-xona. ▶️ Telefon: + 99871 236 28 55 (1-1 ichki raqam) / +99871 233 66 36 (ichki raqam 11-14) ▶️ Telegram bot orqali: @TDYU_yuridik_klinika_bot ▶️Sayyor qabullarda qatnashish orqali. @generalissimo_marshal
Show all...
👍 4
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.