cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Yurist_Mamayusupov_KHusan.

Mazkur kanal sizlar bilan 24 soat davomida faoliyat olib boradi. Murojaat uchun: https://t.me/Yuristmaslahatlari Advokat bilan bog'lanish uchun. @Mamayusupov_KHusan Savollar uchun: @YuristVIPbot Yaratildi: 6.08.2021.

Show more
Advertising posts
1 280
Subscribers
+124 hours
-87 days
-4630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

⚡️ MUHIM ❗️IJARADA YASHAYDIGAN YoSh OILALARNING IJARA TOʻLOVI TOʻLAB BERILADI 📃 Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022-yil kungi 312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, ➖ “yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga bir-qator yengilliklar berilgan. ❗️Jumladan: ✅  Mazkur nizomga asosan “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari xisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga har oyda bazaviy xisoblash miqdori (hozirgi kunda 340 000 soʻm)ning 3 baravari (1 020 000 soʻm)dan oshmagan miqdorda 12 oygacha turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratilishi belgilangan. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Show all...
Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali ariza berish tartibi ➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI 1️⃣ Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi; 2️⃣ Ushbu xizmat kompozit tarzda ko‘rsatiladi; 3️⃣ Vakolatli organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va YIDXP orqali elektron shaklda talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi; 4️⃣ Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi; 5️⃣Ariza beruvchi to‘lovlarni amalga oshiradi; 6️⃣Vakolatli organ kadastr pasportini shaklantiradi va YIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi. ⏰ Xizmat ko'rsatish muddati: Kadastr pasportini shakllantirish 🌟Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: 👉 umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha; 👉umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha; 👉umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha; 👉umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha; 👉umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha; 👉umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha; 👉ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha. ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 👉 2 ish kunigacha. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Show all...
👍 2
❗️OTALIK YOKI ONALIKKA EʼTIROZ BILDIRISH 📄 Oila kodeksining 63-moddasiga asosan, ➖tugʻilishni yozish daftaridagi tugʻilishga oid yozuv bolaning unda koʻrsatilgan ota-onadan tugʻilganligini tasdiqlovchi dalil hisoblanadi. ➖ Bolaning otasi yoki onasi deb yozilgan shaxs unga bunday yozuv maʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi lozim boʻlgan vaqtdan eʼtiboran bir yil mobaynida ana shu yozuv toʻgʻrisida sud tartibida eʼtiroz bildirishga haqlidir. ❗️Bolaga nisbatan ota yoki onaligiga eʼtiroz bildirmoqchi boʻlgan shaxs voyaga yetmagan boʻlsa bu bir yillik muddat uni 18 yoshga toʻlgan paytdan boshlab xisoblanadi 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Show all...
👍 2
03:10
Video unavailableShow in Telegram
⚡️ "Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish bo'yicha video qo'llanma "Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish uchun soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va to‘lov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin. “Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik shakllanadi. Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yo‘naltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligini masofadan qaytarib olish mumkin: ✍️ kontrakt; ✍️ nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari; 📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ✅ @YURIDIK_TALIM
Show all...
Endi_"kontrakt"dan_12%_daromad_solig‘ini_qaytarib_olish_to‘liq_masofadan.mp410.24 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Kadrovik Oʻqituvchilarga soatbay haq toʻlanish miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 10-apreldagi 3-2019, 19-qq va 15-2019-qq-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash MIQDORLARIga asosan soatbay haq yuqoridagi jadvalga asosan hisoblanadi. Ihoh: Oʻqituvchilarda toifalari turlicha boʻlgani sababli ularning bazaviy oyliklarida farqlar mavjud. Shu sababli siz qaysi toifada boʻlsangiz shu toifangizning bazaviy oyligini yuqorida koʻrsatilgan foizlarga koʻpaytirgan tarzda hisoblashingiz mumkin. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Show all...
👍 1
⚡️ HAYDOVCHI OLDIDA ID KARTASI BOʻLSA GAI ULARDAN ORTIQCHA XUJJAT SOʻRAMAYDI: 📄 Vazirlar Mahkamasining 15.10.2021-yildagi 645-son qaroriga asosan, ❗️Identifikatsiya ID-kartaga ega haydovchilar quyidagilarni GAI xodimiga taqdim qilishi shart emas. ✅ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini; ✅ transportni roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi, transportga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni; ✅ transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisini. ✔️ Yuqorida sanab oʻtilgan xujjatlar haydovchining yonida boʻlmagan taqdirda mazkur hujjatlar yoʻl-patrul xizmati inspektori tomonidan maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikatsiya ID-kartasi orqali tekshiriladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Show all...
👍 1
01:18
Video unavailableShow in Telegram
‼️Talabalar uchun ijara toʻlovlarini bir qismini qoplab berish uchun onlayn ariza berish boshlandi 📄Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 605-sonli qarorida ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi belgilab qoʻyilgan. 👉Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi: 🟢 kontrakt.edu.uz axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi. 🟢“Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi. 👉Bunda birinchi bosqich talabalari uchun joriy oʻquv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi. 👉Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi (ijara.soliq.uz) boʻlishi talab etiladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Show all...
талабалар учун ижара шартнома.mp43.01 MB
⚡️✅ Ijarada yashovchi talabalarga davlat tomonidan qancha miqdorda ijara puli to‘lab beriladi? 📃 Qonunchilikka koʻra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijarada yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovi Davlat byudjeti hisobidan, 60 foizdan ortgan taqdirda OTM mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi. ✅ Bunda: ➖ ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (340 ming soʻm (1-oktyabrdan 375 ming so’m)), qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan (170 ming soʻmdan (1-oktyabrdan 187,500 so’m)) oshmasligi lozim; ➖ ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, oʻrnak koʻrsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi; ❗️OTM tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara toʻlovining bir qismi qoplab berilishi mumkin. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Show all...
👍 1
📣EʼLON! ▪️Twin lawyers jamoasi Sizga quyidagi huquqiy xizmatlarni taklif qiladi: 🔹Jismoniy va yuridik shaxslarni sud va boshqa organlarda huquqiy himoya qilish; 🔹Sud va boshqa organlarga topshirish uchun ariza, daʼvo arizasi, apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari va boshqa yuridik tusdagi xujjatlarni tayyorlash; 🔹Qarz undirish xizmatlari; 🔹Sud qarorlari ijrosi bilan ishlash, MIBdagi qarzdorliklarni undirishga koʻmaklashish; 🔹Barcha turdagi hujjatlar hamda SHARTNOMALAR loyihalarini tayyorlab berish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish; 🔹Onlayn tarzda firmalarni ochish, qayta tashkil qilish va tugatish; 🔹Shuningdek, doimiy huquqiy himoyalash xizmatlari. Murojaat uchun 👉 @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov
Show all...
Kimlar sinf rahbari boʻlishi mumkin? Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrugʻiga aosan Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan maktab direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi: ➖kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan; ➖maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan; ➖boshqaruvchilik qobiliyatiga ega boʻlgan; ➖oʻquvchilar bilan ishlash jarayonida masʼuliyat bilan yondasha oladigan; ➖boshlangʻich sinflarda sinf rahbarligi boshlangʻich sinfga biriktirilgan oʻqituvchilarga yuklatiladi. ❌ Maktablarda mehnatni soatbay (shu jumladan oʻrindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bir oʻqituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor oʻrinbosarlari, psixologlar sinf rahbari boʻlishi mumkin emas. Sinf rahbarlari faoliyatini maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi. Asos: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrugʻi 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Show all...
👍 2
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.