cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Mutolaa olami

Xush kelibsiz! Kundalikda asarlarga doir tavsiyalar, taqrizlar, kitoblar haqida fikr-mulohazalar ulashib boriladi. <> © Farengeyt boʻyicha 451 daraja

Show more
Advertising posts
1 520
Subscribers
-224 hours
-337 days
+3130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#mutolaa - Sen bilan bittagina umumiy tarafimiz bor. - Qanday? - Ikkimiz ham bir tilda gaplashishimiz.. ©
Show all...
👍 14 4🥰 4🐳 3
Hayot saxiylik talab qiladi.
Show all...
🔥 13👍 1
#Xabaringiz bor, Asaxiy tomonidan Tara Vestoverning "Talaba" kitobi sovgʻa qilingandi va biz hech qanaqa turtkilarsiz kitobni oʻqib, jamoamiz bilan qimmatli vaqtni ajratib muhokama qildik. Aslida shu vaqtga qadar Asaxiybooks'dan biror marta kitob sovgʻa olmaganman, lekin uning doimiy xaridoriman. Yaʼni ularning oldida hech qanday muttahamlik joyim yoʻq, aksincha ular tom maʼnoda biz kabi xaridorlar borligi uchun savdo yurityapti. Lekin kuni kecha oʻtkazilgan muhokamaning (oxirida qatnasha oldim, batafsil eshitolganim ham yoʻq) audiosi ostida "kitobga arzimagan odamlar uchun kitob joʻnatibmiz" taʼnasini oʻqib qoldim, birgina qaysidir gaplari audioda boʻlmagani uchun. Men 1-1,5 soatlik audioni hozirgi qatlam sabr bilan eshitishiga unchalik ishonmayman, balki, mening ham gaplarim kesilgandir, bu men uchun mutlaqo ahamiyatsiz. Lekin oʻzining arzimas gaplari kesilgani uchun butun jamoani "kitobga arzimas ekansanlar" deyishga kim huquq bergan unga? Kitobini sotib olishga qurbimiz yetmasmidi? Sadaqasiga muhtoj edikmi? Men Asaxiyni eng boshidan beri 2018-2019-yildan beri xaridori edim. Lekin qachon kelgani nomaʼlum bu qiz oʻzining bemaʼni tushunchalari bilan butun nashriyotga boʻlgan hurmatimni bir pul qildi. Koʻcha-koʻyda Asaxiybooks fililalini koʻrib qolsam, eski qadrdonimni koʻrganday bir bosh suqib oʻtar edim. Agar nashriyot shunaqa oʻzidan daho yasab olganlar bilan ishlashda davom etsa, birorta xaridori qolmaydi. Bugunoq saytga bogʻlanib, kitobning toʻlovini qilaman. Shu yerda Asaxiy bilan hammasi tugaydi.
Show all...
👏 28👍 11 7💔 5🔥 3😢 3
The midnight library/ Gece yarısı kütüphanesi Kitobni kitoblar/kutubxonalar haqida biror asar oʻqigim kelganidan boshlagan edim. Ammo tom maʼnosi kitoblar xususida boʻlmasa-da, asarni ayni vaqtida oʻqiganimni his qildim. Hammamiz ham hayotimizda nimalar uchundir pushaymon boʻlamiz. Qilolmagan qaysidir ishni, erisholmagan qanaqadir marrani eslab, xomush tortamiz. Goʻyo hozirgi hayotimizda oʻsha ishlarni oʻrinlatgan boʻlsak, muammolarimiz barham topadigandek, hayotimiz toʻkis boʻlib qoladigandek his qilamiz. Ammo bilmaymizki, birgina farqli harakat natijalarni ham oʻzgartirib yuboradi. Yaʼni, biz pushaymonlik his qilgan biror ishni bajargan taqdirimizda ayni hozirgi holatda boʻlmasligimiz va hatto holatimiz hozirgidan ham yomonroq vaziyatda boʻlishi mumkin. Yarim tun kutubxonasi' ham aynan shunday tajriba imkonini berib, biz his qilayotgan oʻsha afsuslar ham mukammal baxtning garovi boʻlolmasligini, qilinmagan ishlar uchun afsus qilmasdan, oldindagi kelajak uchun harakat qilishni uqtiruvchi kitob. Odamning miyasi yalqov rejimida. Hayotidan norozimi, qaysi nuqtalaridan norozi va uni qanday tuzatish kerak? Buni oʻylamasdan atrofidagi oʻzi ideal deb bilgan kishi hayotiga havas/hasad qilib, stressda yuraverishni maʼqul koʻradi, chunki bu osonroq-da. Bu holat hammada, menda ham boʻlgan, boʻlayotgan edi. Nachora, oʻzimizni har qancha ehtiyotkor, boshimizni qanchalar aqlli deb oʻylasak ham, tanlovlarimiz har doim ham toʻgʻri boʻlavermaydi. Bunda boshqa variantni tanlamaganlik uchun oʻzini ham, boshqalarni ham siqib oʻtirishdan osoni yoʻq. Vaziyatni boricha qabul qilib, holatni yaxshilash payida boʻlish esa insondan kuchli iroda talab etadi. Ayni paytdagi muammolar tufayli qaysidir maʼnoda oʻzimni omadsiz his qilayotganimda aynan shu kitobni oʻqidim va bu his muammolarning yechimi boʻlolmasligini anglab, uni hal qilish yoʻllarini izlashga kuch topdim. Qizigʻi, bu narsani kitob mutolaasigacha bilmas edimmi, bilardim, boshqalar ham biladi buni. Shunchaki, biz biror narsaga qarab turganimiz uni koʻrayotganimizni anglatmagani kabi, bilganlarimiz ularga doim amal qilishimizni ham anglatmaydi. Aslida kitoblarning vazifasi ham shu: sodda haqiqatlarni taʼsirchan qilib yetkazish. Xullas, asarni oʻqing. Hazin kuzning tushkun ruhidan chiqish uchun ayni muddao kitob. P.s.: asarning oʻzbek tilidagi nashri ham bor ekan, bilmasdim. Lekin turkcha oʻqiganim uchun oʻzbek tilidagi tarjima sifati haqida hech narsa bilmayman. Mutolaadan charchamang, doʻstlar 💚 @mutolaa_olami
Show all...

👍 4 1
#home Ertalab Daryo bilan sayrga chiqqanmiz, atrofda 1-2 ta maktablar bor, oʻquvchi qizlar, yigitlar bir-biridan chiroyli, koʻrkam. Lekin endi ularga havas qilib turganingda ularning ogʻzidan shunaqa qoʻlansa soʻkishlar chiqadiki.., maktabdan, dars berishdan, farzandining shunaqalar orasida ulgʻayishidan qoʻrqib ketasan..
Show all...
12💔 6👍 2🔥 1
#mutolaa "..eslayman, maktab kutubxonasida shaxmat oʻynashni boshlaganimizda sen eng yaxshi toshlarni oʻyinning boshidayoq yoʻqotarding", dedi Bayan Elm. "Malika va Turalarni ilk yurishlardayoq ilgarilatib, menga yutqazarding ularni. Keyin qoʻlingda bir nechta piyoda va 1-2 ot qolgani uchun oʻyinda yutqazgan kabi tutarding oʻzingni". "Buning nima aloqasi bor hozir?" "Shaxmatda yutishni xohlasang, bir narsani anglab olishing kerak", dedi xuddi Noraning yagona dardi shu boʻlganidek. "Oʻyin tugamaguncha hech narsa tugamagan boʻladi. Qoʻlingda bittagina piyoda qolgan boʻlsa ham, oʻyin tugamaydi. Bir tarafda bittagina piyoda va shoh bor ekan, narigi tarafda butun toshlar turgan boʻlsa ham, oʻyin davom etadi. Sen bir piyoda boʻlsang-da — aslida hammamiz shundaymiz — piyodaning eng sehrli tosh ekanligini aslo unutmasliging kerak. Mittigina va oddiy koʻrinishi mumkin, ammo hech bir piyoda faqat piyodadangina iborat emasdir. Butun piyodalar oʻz qobigʻidan chiqishni kutgan Malikalardir. Sening ham yagona qilishing kerak boʻlgan ish - ilgarilashda davom etish yoʻlini topishdir".. © The midnight library @mutolaa_olami
Show all...

👍 3🔥 1
#interesting Hozir oʻqiyotgan kitobimda "Dunbar soni" qoidasi haqida fikr keltirilgan ekan, qiziqib, internetdan maʼlumot qidirganimda shunday bilgilarga duch keldim: insonning sotsial aloqa oʻrnatish imkoniyati cheklangan, oʻrtacha 150 kishi bilan turli darajada aloqa oʻrnata oladi. Kishi hayotidagi eng yaqin kishilari 5 kishini, yaqin oladigan kishilari 15 kishini, doʻstlari 50 kishini va umumiy hisobda aloqada boʻladigan kishilari 150 kishini tashkil qilar ekan. Taniydigan kishilari esa 500, tanishi mumkin boʻlganlar, yuzaki biladigan kishilari esa 1500 kishi oraligʻida boʻlar ekan. Dastlabki 150 kishi oʻrtasida esa inson yaqinlarini oʻzgartirishi, kim bilandir uzoqlashib-yaqinlashib turishi mumkinligi aytiladi. Yana bir holat. Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlar va virtual tanishlik/doʻstlik ham ommalashgan bir paytda insonlarning anchayin negativlashib, ichki nafrati oshib borayotganiga ham miyaning sotsial aloqa chegaralaridan oshib ketish, real va virtual hayotda koʻplab kishilar bilan aloqa oʻrnatilayotgani sabab qilib koʻrsatilibdi. Qiziq fikrlar. Siz bu haqida qanday fikrdasiz? @mutolaa_olami
Show all...

👍 9🔥 2🥰 2
Photo unavailableShow in Telegram
Ajralishdik.. Togʻlar qulagani yoʻq, Daryo ham toshmadi qirgʻoqlaridan. Ajralishdik.. Hech kim soʻragani yoʻq. Ajab.. sezilmadi nigohlaridan. Oddiy. Mamnun. Daʼvosiz. Sovuqqina silkib qoʻlni bor-yoʻgʻi. Ajralishdik.. Qoʻshiq qoldi navosiz, Sheʼrga doʻnib qoldi umr qoʻshigʻi.. © @mutolaa_olami
Show all...
14🔥 6💔 4👍 3🕊 3🍓 1
#tavsiya Yozning issiq kunlari o‘z nihoyasiga yetib, ko‘hna kuz ostonasida turar ekanmiz, kitobsevarlar hamrohi bo‘lmish nuktadon bu faslda sizga bilgi sohiblarining yanada foydaliroq kanallar jamlanmasini tavsiya qilamiz. Barcha kanallarga ulanish uchun bosing!
Show all...
👍 4
Nora Neilning olmos haqidagi xatosini tuzatishni istamadi. Koʻmirning ham, olmosning ham uglerod ekanligini, ammo koʻmirning hech bir bosim ostida olmosga aylanmaydigan darajada qorishiq bir uglerod ekanligini aytmadi. Ilmiy jihatdan, koʻmir boʻlsangiz, koʻmir boʻlib qolasiz. Balki, bu — hayotdan olinishi kerak boʻlgan eng asosiy dars edi
Show all...
11👍 6
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.