cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi | √ RASMIY

Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasining rasmiy sahifasi YOU TUBE 👇 https://youtube.com/channel/UCQoGDCvEzPSq5vpcfIrSm6w INSTAGRAM 👇 http://www.Instagram.com/madaniyat.boshqarma

Show more
Advertising posts
546
Subscribers
No data24 hours
+27 days
-530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
🏆Futzal. Jahon chempionati. Bugun bo'lib o'tadigan uchrashuvlar ro'yxati va ular namoyish etiladigan telekanallar bilan tanishing. 📲 @UZSPORT_TV Instagram | Facebook | Twitter | Youtube | Rutube
Show all...
00:40
Video unavailableShow in Telegram
#Xalqaro_hamkorlik ⚡️ 14-sentyabr kuni Sankt-Peterburgda X xalqaro madaniy forum doirasida MDHga a’zo davlatlar Madaniy hamkorlik kengashining o‘ttiz to‘qqizinchi majlisi bo'lib o'tdi. ✅ Unda, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov "2024-yilda “Hamdo‘stlik Madaniyat poytaxti” davlatlararo dasturini Oʻzbekiston Respublikasi Samarqandda amalga oshirilishining borishi va keyingi yillarda dasturni amalga oshirishda rejalashtirilgan ishlar" mavzusida nutq so'zladi.
"Samarqand MDH davlatlaridan ko‘plab mehmonlar va ishtirokchilarni qabul qilgan madaniy almashinuv markaziga aylandi. Festival hamda turli tadbirlarni o‘z ichiga olgan ko‘rgazma va konsert dasturlari, O‘zbekiston va MDHga a’zo davlatlar vakillarining mahorat darslari o'tkazilgan mazkur tadbir bizga mintaqamizning o‘ziga xos an’analari, san’atini namoyish etish imkonini berdi, shuningdek, xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi",
-dedi Ozodbek Nazarbekov nutqi davomida. ✅ Madaniy hamkorlik kengashining o‘ttiz to‘qqizinchi majlisi kun tartibiga ko'ra, Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Qirg'iz Respublikasi madaniyat vaziri Altinbek Maqsutov, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Matlubaxon Sattoriyonlar nutq so'zlashdi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Show all...
master 4.mp496.01 MB
Photo unavailableShow in Telegram
🏆 FIFA futzal Jahon chempionati-2024 1-turdan soʻng “A” guruhidagi vaziyat 💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
☑️ UCHRASHUV YAKUNLANDI 🏆 Futzal Jahon chempionati | 1-tur 🇺🇿 O'zbekiston 3:3 Niderlandiya 🇳🇱 ⚽️ Gollar: To'lqinov 16', Ropiyev 36', Nishonov 39' - Cheyar 4', Odduh 28', 37' 🇺🇿 @SUPERLIGATV24 ⚽️
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Ommaviy tadbirlarda xavfsizlik choralari kuchaytiriladi Tadbirlarda favqulodda holatlar, elektr va yong‘in xavfsizligi, evakuatsiya masalalari bo‘yicha guruhlar tashkil etilishi mumkin. Batafsil https://platina.uz/581794
Show all...
00:44
Video unavailableShow in Telegram
#Xalqaro_hamkorlik ⚡️ Xabar berilganidek, ayni kunlarda Sankt-Peterburg X xalqaro madaniy forumiga mezbonlik qilmoqda. Forum doirasida Rossiya va xorijiy yetakchi madaniyat va san’at namoyandalari, ishbilarmon doiralar va davlat hokimiyati organlari vakillari o‘zaro fikr almashishmoqda, zamonaviy madaniy muhitni rivojlantirish tendensiyalari va ko’plab dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. Turli madaniyat va millat vakillarini birlashtirgan ushbu madaniyat forumi doirasida O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Birlashgan Arab Amirliklari madaniyat vaziri Shayx Salem bin Xolid Al Qosimiy o’rtasida hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik aloqalari va uning istiqbolli rejalari haqida suhbat olib borildi.
“Kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va Fujayra san’at akademiyasi o‘rtasida hamkorlik Bitimi imzolandi. Mazkur bitim orqali madaniy ta’lim sohasida hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma loyihalar amalga oshirish, ijodkorlarni birgalikda kashf etish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning qo‘shma malaka oshirish dasturlarini tashkil etish kelishib olindi.  O‘ylaymanki, bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasida madaniyat sohasida ishlatilmay turgan imkoniyatlarimiz bisyor. Shu munosabat bilan, madaniy ta’lim, teatr, kino, konsert – tomosha faoliyati, nomoddiy-madaniy meros sohalarida aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha katta potensialga egamiz”-
dedi Ozodbek Nazarbekov uchrashuv davomida. ❕ Ma'lumot o'rnida, 11-sentyabr kuni boshlangan forum bugun, 14-sentyabr kuni yakunlanadi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Show all...
master 2.mp4131.98 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols 15–16-sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar oʻtkaziladi. Unda Oʻzbekiston-Germaniya koʻp qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqiladi. Dastur doirasida Oʻzbekiston Prezidenti va Germaniya Federal Kansleri ikki mamlakat ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv ham oʻtkazadilar. Kanalga ulanish:  @uzauz
Show all...
01:22
Video unavailableShow in Telegram
Yogʻoch oʻymakorligi Oʻzbek diyorida vujudga kelib gullab yashnagan sanʼat turlari betakrorligi bilan dunyoga mashhur. Zaminimiz qatlamlarini qazish natijasida topilgan yodgorliklarning guvohlik berishicha, jismga badiiy ishlov berish usulida buyum yaratish faoliyati yurtimizda tosh asridayoq boshlangan va asrlar osha hozirga qadar davom etib kelmoqda. Amaliy bezak sanʼatining keng tarqalgan turlaridan biri yogʻoch oʻymakorlik sanʼatidir. Bunda biror naqsh yoki tasvir yogʻochga chizib, kesib, yoʻnib, oʻyib ishlanadi. Oʻzbekistonda yogʻoch oʻymakorligi qadimdan rivojlanib kishilarning uy–roʻzgʻor buyumlarida va arxitekturasida juda keng qoʻllanilgan. Bu oʻymakorlik qadimiy arxitekturaning eshik, darvoza, ustunlar, har xil toʻsin, xontaxta, quticha, qalamdon va boshqa buyumlarni bezashda ishlatilib kelingan. V–VI–asrlarda yogʻoch oʻymakorligi namunalari Surxondaryo vohasidagi Yumaloqtepa tubidan topilgan. Olimlarimizning aniqlashicha, bundan 1–1,5 ming yil muqaddam mazkur joyda yogʻoch oʻymakorligi sanʼati yuksak darajada rivojlangan. Bunday noyob topilmalar Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va boshqa shaharlardagi arxeologik qazilmalar natijasida topilgan. Amaliy sanʼatga chuqur falsafiy yondoshish natijasida ramziylikka asoslangan badiiy bezak asarlari vujudga kelgan. Ushbu tarixiy omil oʻzbek milliy bezak sanʼatining gurkirab rivojlanishiga turtki boʻlganki, hozirda jahonga mashhur meʼmorchilik yodgorliklarimiz yogʻoch oʻymakorligi, ganchkorlik, koshinkorlik, naqqoshlik, xattotlik, toshtaroshlik va boshqa turdagi sanʼatlarning yuksak uygʻunligi va mujassamligi bilan tahsinga sazovordir. #nomoddiymadaniymeros Telegram | Instagram | Facebook
Show all...
YOGOCH O'YMAKORLIGI с обложкой.mp421.15 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parijda boʻlib oʻtgan XVII Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan oʻzbekiston sport delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvdagi nutqi 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
01:38
Video unavailableShow in Telegram
#Xon_atlas_haftaligi 🎊Urganch davlat universitetida “Xon atlas” festivali shukuhi 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
XON ATLAS HAFTALIGI(Android).mp423.60 MB
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.