cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Nota bene!

Bizdagi ma'lumotlar: — hamma ham bilmaydigan; — dunyoqarashingizni o'stiradigan; Donat uchun: https://tirikchilik.uz/mad_max93 Aloqa uchun: @nota_bene_bot Muhokama uchun guruh: @notabene_group

Show more
Advertising posts
4 261
Subscribers
+2924 hours
+897 days
+5330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from ZakovArt
​​Sen tongda uyg‘onding. Gazga qo‘yding choy. Bu mehr men uchun emas, hoynahoy. Sen oppoq ko‘ylakka urasan dazmol. Bu ishni men uchun qilmog‘ing — mahol. Uyni supirasan, poklaysan changdan. Supirib otmaysan meni bu g‘amdan. Ovqat pishirasan. Mo‘l-ko‘l dasturxon… Ovqatingni maqtar o‘zga bir inson. Bolangning ko‘ziga boqib to‘ymaysan. Sen mening bolamni o‘pib qo‘ymaysan. Ammo yolg‘iz qolsang egilar boshing — Ko‘zingdan so‘ramay oqadi yoshing. Meni sog‘indingmi? Kuydingmi?.. Rahmat!.. Ko‘z yoshing meniki, ko‘z yoshing faqat… Rasm: Pablo Pikasso, "Dazmollayotgan ayol". 🎨 ZakovArt
Show all...

💔 33😭 19👍 10❤‍🔥 5 5🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
"Oltin parashyut" — kompaniya va hodim (aksar hollarda CEO) bilan tuziladigan kelishuv bo'lib, u ma'lum bir sabab (kompaniyaning boshqa odamga sotilishi yoki egasi o'zgarishi) bilan ishdan bo'shatilgan yoki o'z tashabbusi bilan iste'foga chiqqan taqdirda to'lanadigan kompensatsiyalarni belgilaydi. Termin ilk bor 1961-yilda bankrot bo'lish arafasida turgan "Trans World Airlines" kompaniyasi menejer lavozimiga Charlz Tillingastni taklif etilganida qo'llangan. O'shanda unga, agar ishdan bo'shatiladigan bo'lsa, ko'rsatadigan natijasidan qat'iy nazar ma'lum miqdorda pul olishi va'da qilingandi. Eng yirik oltin parashyutlardan biri "General Electric" kompaniyasini 2001-yilda "100 yillikning eng yaxshi menedjeri" maqomida tark etgan Jek Uelchga to'lab berilgan — 417 mln AQSh dollari. Rossiyaning "Nornikel" kompaniyasi rahbari bo'lgan Vladimir Strjalkovskiy ham ishdan bo'shatilganida 100 mln AQSh dollari miqdorida kompensatsiya olgan. Nota bene!📜
Show all...
👍 15🔥 6
Photo unavailableShow in Telegram
Edvard Okun (21.09.1872, Varshava - 17.01.1945, Skernevitse) — polyak rassomi. Yan Mateyko va Isidor Yablonskiy kabi mashxur rassomlardan saboq olgan. Ikkinchi jahon urushi vaqtida yuz bergan Varshava qo'zg'oloni vaqtida Skernevitsega ko'chib o'tgan rassom 1945-yil ushbu shaharni ozod qilish uchun kelgan 1-beloruss fronti jangchilaridan birining daydi o'qidan vafot etgan. Rassomning mashxur kartinalaridan biri - siz yuqorida ko'rib turgan "Paganinining o'limi" kartinasi. Unda mashxur pianinochi haqida tarqalgan mashxur afsonaga murojaat qilingan va o'lim oldidan u uchun so'nggi musiqani chalayotgan iblis tasvirlangan.
Paganinining iste'dodi shu qadar beqiyos ediki, hamma buning evaziga u iblisga ruhini sotgan deb hisoblardi. Uning o'zi ham mish-mishlarni rad qilmay, aksincha, kuchaytirishga harakat qilgan. Mish-mishlar shu darajaga yetganki, o'limidan keyin yepiskop dafn marosimi o'tkazishdan bosh tortgan. Natijada o'g'li otasining jasadini bir muddat yerto'lada saqlashga majbur bo'lgan.
Nota bene!📜
Show all...
👍 16🤯 4🤬 2
Photo unavailableShow in Telegram
Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin! Nota bene!📜
Show all...
8🎉 6👍 5
Qulaylik boʻlishi uchun barcha kanallarni bitta linkda toʻpladik. Link orqali barcha kanallarga aʼzo boʻlishingiz mumkin. Birma-bir koʻrib, saralab ham aʼzo boʻlishingiz mumkin, buyogʻini oʻzingiz hal qilasiz. Marhamat havolaga!
Show all...
Kanal1

berdimuratoof invites you to add the folder “Kanal1”, which includes 10 chats.

👎 14👍 8
Bugun sizlarga zamonaviy, dunyoviy, (yuqori ma'lumotli qatlam) asosan o'zbek tilida sifatli kontent yaratadigan turli xil soha egalarining foydali telegram kanallarini tavsiya qilamiz. @top_scholar rasmiy va ishonchli 100%lik xalqaro va Respublikadagi grantlar kanali. @engengeng888 - eng zo'r ma'lumotlar - hammasi faqat obunachilar uchun. @Azizbekh17mem - Ijtimoiy, siyosiy muammolar kulgu orqali olib chiqiladi. @Economics_ITE - Iqtisod va marketingga oid ma'lumotlar, fikrlar hamda sohaga aloqador boʻlmagan qiziq ma’lumotlar.. @sharqshunos_tarixchi - Tarix | Siyosat | Madaniyat. Yaponiyadan Ispaniyagacha. Sharq xalqalari boʻyicha ilmiy ommabop resurslar yig‘indisi @ZakovArt - tasviriy sanʼat: rassomlar va kartinalar. @Uzbekchilik17 - Asosan kayfiyatni ko‘taruvchi kontent. @bilimdon_zakovatchi - Yangi Faktlar , Savollar , Zakovat haqida va xullas ideal kanal :) @legal_mind — sarkazm, yumor va xalq tushunadigan tilda huquqiy fikrlar:) @nota_bene1 - shunchaki yaxshi kanal :)
Show all...
👍 2

Sentyabrda qaytamiz. Bizni tark etmaysiz degan umiddamiz!
Show all...
👍 45🤣 21👎 12🕊 5💔 4🫡 3🔥 1
Yoqadigan darajada taklif chiqmadi :)
Show all...
😁 44👍 9🥴 8👎 4💋 3
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.