cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

Advertising posts
6 212
Subscribers
-1024 hours
-497 days
+230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Ангрен шаҳар ИИБ бошлиғи А.Мирходжаев олис ва оғир ҳудуд "Жигаристон" маҳалласида бўлди. Унда маҳалла еттилиги фаолияти ҳамда ҳудуддаги аҳволни кўздан кечирди.
Show all...
Angren shahrida bir qator tashkilotlar hamkorligida 2- son kasb-hunar maktabi negizidagi "Qurilish sohasi malakali mutaxassislar tayyorlash markazi" binosida ta’lim muassasasalari bitiruvchilari hamda ishsiz aholi uchun  “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi”  tashkil etildi. Unda 31 yirik ish beruvchi korxona 400 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Yarmarkaga 101 nafar bitiruvchi jalb etildi. Shu yerning o‘zida 30 nafar yoshga turli korxona va tashkilotlarga ishga joylashishlari to‘g‘risidagi yo‘llanmalar taqdim etildi. 9 nafari kasb-hunarga o‘qitiladigan, 6 nafariga o‘z tadbirkorliklarini boshlashlari uchun imtiyozli kredit va subsidiyalar olishga ko‘maklashiladigan bo‘ldi. Shuningdek, 15 nafari xorijda ishlash istagini bildirdi, yana 33  nafariga mehnat qonunchiligi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Show all...
Шу кунларда шаҳар ҳокими Алишер  Райимов бошчилигида ҳоким ўринбосарлари,  шаҳар прокуратураси,  Маҳаллалар уюшмаси,  коммунал корхоналар  раҳбарлари иштирокида аҳолини қийнаб келаётган ва ҳудудга оид муаммолар жойига чиқиб ўрганилмоқда ва сайёр қабул ташкил этилаяпти. Хусусан,  бугун шаҳар ҳокимм А.Райимов "Дорилфунун" маҳалласида сайёр қабул ўтказилди. Унда фуқароларнинг соғлиғини тиклашга сарфландиган ҳаражат учун моддий ёрдам кўрсатиш,  кўп қаватли уйларнинг том қисмини таъмирлаш, куз-қиш мавсумига тайёрлаш, фарзандини болалар боғчасига тўловларни тўлаш масаласи билан боғлиқ мурожаатлар кўрилди.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Angren shahrida savdo xizmatlari hajmi qanchaga yetdi? 2024- yil yanvar-iyul oylarida Angren shahrida savdo xizmatlari hajmi 379,9 mlrd so‘mga yetdi. Umumiy bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmatlarning ulushi 6,2 % bo‘ldi. Hududda jami savdo xizmatlarining o‘sish sur’ati 116,2 % ni tashkil qildi. Rasmiy sahifalar👇 Facebook |Telegram
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📈 “Ochiq budjet” portalida “Mahalla budjeti” bo‘limi ishga tushdi Bunga ko‘ra, har bir mahalla kesimida jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan mol-mulk va yer solig‘ining 10 foizi hisobidan “Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi”ga o‘tkazilgan mablag‘lar va amalga oshirilgan xarajatlarni kuzatib borish imkoniyati yaratildi. Jumladan, har bir mahalla kesimida: ➡️ jamg‘armaga yo‘naltirilgan mablag‘lar; ➡️ amalga oshirilgan xarajatlar miqdori va yo‘nalishlari; ➡️ jamg‘armadagi mavjud qoldiq mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi. ✅ Eslatib o‘tamiz, jamg‘armalar har bir mahalla uchun alohida tarzda ochilgan bo‘lib, ularning mablag‘lari fuqarolarning takliflari va “mahalla yettiligi”ning qarori asosida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etish uchun sarflanadi. #tashabbusli_budjet #open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Show all...
Ангрен шаҳрида бўлиб ўтаётган "Раҳбар ва ёшлар учрашуви" тадбирида шаҳар прокурорининг ўринбосари А.Аликулов ҳам сўзга чиқди ва ҳозирги шиддатли даврда ёшларнинг жамиятдаги ўрни, тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланишнинг имкониятларини тушунтирди.
Show all...
"Сектор раҳбарлари ва пробация назоратидаги ёшлар учрашуви"да шаҳар ИИБ бошлиғи, 3-сектор раҳбари А.Мирходжаев сўзга чиқди ва Ангрен шаҳрида оталиққа олинган ва раҳбарларга бириктирилган ёшларга кўрсатилаётган эътибор ва кўмаклар хусусида фикр юритди. Шунингдек, ҳар қандай ҳуқуқбузарликларга нисбатан қонун доирасида чоралар кўрилишини ҳаётий мисоллар билан тушунтирди.
Show all...
Go to the archive of posts
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.