cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

O'zbekiston davlatchiligi tarixi

Ushbu kanal orqali talabalar va keng jamoatchilikka vatanimiz tarixi haqida ma'lumotlar berib boriladi. Guruh va uning faoliyati haqida taklif va mulohazalaringiz bo'lsa adminga murojaat qilishingiz mumkin ▶️▶️▶️ @Abdusamad_Qurbonov

Show more
Advertising posts
602
Subscribers
+224 hours
+237 days
+2530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

01:01
Video unavailableShow in Telegram
#Диққат 🇺🇿 Ўзбекистонда портлатилган даҳшатли бомба ҳақида эшитганмисиз? @Davlatchilik_tarixi
Show all...
4.36 MB
2
Repost from TerDU rasmiy kanali
#xalqaro_hamkorlik Qo‘shma ta’lim dasturi doirasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda Kuni kecha, TerDUda joriy yilning 23-24 sentabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan O'zbekiston-Italiya ta'lim forumi doirasida Termiz davlat universiteti hamda Italiyaning Salento universiteti vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Termiz davlat universiteti hamda Salento universiteti o'rtasida arxeobotanika va arxeozoologiya mutaxassisliklari bo'yicha magistratura bosqichida qo'shma ta'lim dasturi "1+1" tashkil qilish bo'yicha muzokaralar olib borildi. ✈️@terdu340
Show all...
👍 3
Фронтдан туриб қизини дарс қилдирган буюк ўзбек филологининг мактуби топиб олинди. Бу мактуб мазмуни ҳақида БМТнингЎзбекистондаги ваколатхонасининг “Twitter”даги саҳифасида маълум қилинди. Бу хат жангда қатнашаётган ўзбекистонлик аскар Фахри Камолов томонидан фронт ортида қолган фарзанди – ўқувчи қизига уни билим олишга ундаб ёзилган. Мактубда шундай сатрлар бор: ‘Қани қизим, айтингчи, нега дарс қилишдан тўхтадингиз? Ўқиш, ёзишни ўрганиб олдингизми? Ўз қўлингиз билан менга хат ёзиб юборинг. Бирор суратингизни ҳам жўнатинг, хўпми? Унутманг. Фахри. 4 декабрь, 1944 йил» @Davlatchilik_tarixi
Show all...
3👍 2 1❤‍🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bilasizmi, Qirolicha Yelizaveta I Abdullaxon haqida ma’lumotga ega bo’lgan. Gap, deyarli yarim asr Angliyani boshqargan ingliz qirolichasi haqida bormoqda. 16-asr 2-yarmida Abdullaxonning Buxoro mamlakatini katta va kuchli saltanatga aylantirgani uzoq g’arbga qadar eshitilgan. Birinchi marotaba, Buxoroga kelgan Antoniy Jenkinson Abdullaxon haqida Londonga ma’lumot yetkazgani ehtimol. Oradan deyarli 40 yil o’tgach, Boris Godunov, rus hukmdori Qirolichaga yozgan maktublaridan birida o’zining jo’natgan qo’shini yordamida forslar Xurosonni Abdulla o’zbekdan olib qo’yishganini bildiradi. Aslida, hech qanaqa rus qo’shini Eronga Xurosonni egallashga ko’mak bergan emas. Shuningdek, Abdullaxon vafot etgachgina, Xuroson egallagan. Bu bilan Godunov o’zini Abdullaxondek mashhur hukmdordan muhim hududni olib qo’ya oladigan qobiliyati borligini ko’z ko’z qilmoqchi bo’lgan. Xullas, nima bo’lgan taqdirda ham Buxoroning mashhur hukmdori haqida dengizlar hukmdori bo’lgan qirolicha eshitgani aniq. @Davlatchilik_tarixi
Show all...
3
Qurultoy'нинг бу ҳафтаги сонида навойшунос олим, PhD Олимжон Давлатов меҳмон бўлди. Мавзу — Алишер Навоийнинг шахсияти, одамлар билан муносабати. Жуда маза суҳбат бўлди. Кўп латифа, ҳикоя, ҳаётий воқеалар келтирилди. Кўринг. @AsanovEldar
Show all...
Alisher Navoiy — shaxsiy hayoti, feʼl-atvori, odamlar bilan munosabati @QURULTOY

Alisher Navoiy oʻzbek tarixi, madaniyati va adabiyotining shubhasiz eng yirik va mashhur vakilidir. U haqda tadqiqotlar, romanlar, qissalar yozilgan, kinolar olingan, lekin haligacha uni tinmay muhokama qilamiz, shunda ham uning merosining oxiriga yeta olmaymiz. Navoiyning ijodi haqida, siyosiy, ijodiy faoliyati haqida koʻp yozilgani bilan, uning shaxsiyati, shaxsiy hayoti, feʼl-atvori, odamlar bilan munosabati haqida kam bilamiz. Bugun shu masalaga oydinlik kiritish uchun navoiyshunos olim, filologiya boʻyicha falsafa doktori Olimjon Davlatovni taklif qildik. Loyihani donat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash:

https://tirikchilik.uz/QurultoyPodcast

Loyiha “Profsoyuz” PR-agentligi tomonidan yaratilgan Mavzu: Alisher Navoiy — shaxsiy hayoti, feʼl-atvori, odamlar bilan munosabati Muallif va boshlovchi: Nodir Nishonov (@dervish_nod) Bosh ekspert va maslahatchi: Eldar Asanov Montaj ustasi: Odilbek Fayzullaev Ijrochi prodyuser: Mirdiyor Ayubov Mazkur podkast montaj jarayoni sunʼiy intellekt koʻmagida amalga oshirildi.

Photo unavailableShow in Telegram
Abulg’oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarida yozishicha Amir Temur odatda to’yda, bayramlarda, elchilar kelganida va shu kabi davlat ahamiyatiga oid marosimlarda ko’pincha o’zi taxtga chiqmagan. U Chig’atoy xoni Suyurg’atmish yoki undan keyin taxtga chiqqan Sulton Mahmudxonni ommaga olib chiqar, o’zi esa uning yonida cho’k tushib, xizmatkoridek o’tirgan: “To’yda va iydlarda Amir Temur xong’a ko’runush qilib, adab bilan cho’k tushib o’lturur erdi. Elchi kelganda ham Amir Temur xonni ko’runush qilib adab birlan o’lturur erdi”. @Davlatchilik_tarixi
Show all...
👍 2
Soʻnggi shayboniy sultonlar kimlar edi? Abdullaxon, Abdulmo'minxon va Pir Muhammadxonlarning birin ketin dunyodan oʻtishi qudratli Buxoro saltanatida hukm surgan shaybon xonadoniga zarba beradi. Koʻplab sultonlar mollari va jonlaridan judo boʻlishadi. Xoʻsh, Pir Muhammadxon davri va Boqi Muhammadning taxtga chiqishi zamonida shayboniylarning koʻzga koʻringan soʻnggi vakillari kimlar edi? Hazora sulton – O’zbek sulton ibn Rustamning katta o’g’li bo’lib, 1598-yili Tavakkal qozoq tomonidan Toshkentda xoinlarcha o’ldirilgan. Hazora sulton Tavakkal qozoq bilan Movarounnahrni bo’lib boshqarishga kelishgan edi. Pir Muhammad sulton - O’zbek sulton ibn Rustamning kichik o’g’li bo’lib, 1598-yili Tavakkal qozoq tomonidan Toshkentda xoinlarcha o’ldirilgan. Muhammadquli sulton – Jonibek sulton avlodidan, Mahmud ibn Sulaymonning o’g’li edi. Tavakkal qozoq hujumi payti (1598-yil) Yusufxo’ja sayyid atoyi shahzodaga xiyonat qilib uni qozoq xoni jallodiga topshiradi. ? (ismi noma’lum) sulton – Abdullaxonning jiyani Poyanda Muhammaddan qolgan shahzoda bo’lib, Samarqandda Abduvosebiy himoyasiga kiradi va amir uni 1598-yili qozoq xoni jallodlari qo’liga beradi. Muhammad Ibrohim sulton – Shayboniyxonning amakisi Xo’ja Muhammad naslidan. 1598-yili shahzoda shoh Abbos qo’liga tushib qoladi va shoh undan qo’g’irchoq xon sifatida foydalanib, Balxga podshoh qiladi. Muhammad Ibrohim 1602-yili qandaydir kasallik yoki amirlari fitnasi sabab o’ldirilgan. Keldi Muhammad sulton – Abdusattor ibn Bobo sultonning o’g’li. Boqi Muhammadxon zamoni boshlarida (1601/2) Andijonda bir guruh muxoliflar Keldi Muhammad va uning aka-ukalarini topib, Toshkentni egallashadi. Keldi Muhammad sultonning aka-ukalari haqida ma’lumotni izlab topa olmadim. Muhammad Salim sulton –Pir Muhammadxon II ning o’g’li. U haqida otasi kabi shajarada batafsil to’xtalinmagan. Otasi o’ldirilgach, shoh Abbos ko’magida 1605/7 yillargacha Balx uchun omadsiz janglar qildi va Eronga qaytib ketdi. Abdulloh sulton – Muhammad Salimning o’g’li. Otasi bilan birga 1605/7-yilgacha ashtarxoniylar hukmronligiga qarshi kurashgan va Eronga qochgan. Ubaydulloh sulton – Muhammad Salimning o’g’li. Boshqa manbada u Pir Muhammadning katta o’g’li deyiladi. 1605/7-yildan keyin Eronga qaytgani ma’lum xolos. Sayyid Muhammad sulton - Shayboniyxonning amakisi Xo’ja Muhammad naslidan bo’lib, Sevinch Muhammad sultonning inisi edi. Abdulmo’minxondan keyin taxtga da’vo qilgan, ammo qozoqlar bilan Uchqora jangida (1598-yil) halok bo’lgan. Jahongir sulton – Sayyid Muhammadning o’g’li. Balx xoni Abdulamindan 1601-yili Shibirg’on viloyatini oladi. 1602-yili Balxni Boqi Muhammad olgach, Jahongir sulton shoh Abbos yordamida taxt uchun kurashadi va 1607-yili o’ldirildi. Soxta sultonlar. Abdulg’affor sulton – Bobo sultonning 1583-yil halok bo’lgan o’g’li. Ammo, Boqi Muhammad zamonida ba’zi muxoliflar unga o’xshash odam topib, Toshkent va vodiyni egallashadi. Ushbu soxta Abdulg’affor o’zlarini Boboxon avlodi sifatida ko’rsatib yurgan 17-18 tacha soxta sultonlarni qatl qiladi. Ammo, biroz vaqt o’tib, o’zi ham boshidan judo bo’ladi. Shayxim sulton – Abu Saidxonning nevarasi bo’lib, 1578-yili vafot etgan. Ammo, Vali Muhammadxon zamonida (1606-1611) qoraqalpoq xalqi Shayxim sultonga o’xshaydigan bir soxta sultonni topib, o’zlariga bosh qilishadi. Bu soxta sulton ham ko’p o’tmay o’ldiriladi. Abdulamin sulton –Ibodulloh sultondan tug’ilgan deb da’vo qilingan va 1598-yili Baxlda taxtga chiqqan shahzoda. Abdulamin 1-2 yillik hukmronlikdan keyin, Muhammad Ibrohim tomonidan qatl qilinadi. Muhammad Sharif sulton – Yormuhammad ibn Abdulquddus ibn Iskandarxonning farzandi deb ovoza qilingan soxta shahzoda. Pir Muhammadxon ashtarxoniylardan yengilgach, bu bolani ham qatl qilishadi. @Davlatchilik_tarixi
Show all...
3
Oldinroq, Shayboniylar tomonidan o’ldirilgan temuriy mirzolar haqida ma’lumot bergan edik. Endi esa o’sha urushlar sabab o’z yurtidan chiqib ketishga majbur bo’lgan temuriy shahzodalar haqida ham so’zlasak. Quyida, shuningdek, urush sabab keyingi taqdiri noma’lum qolgan shahzodalar ham yozilgan. Afsuski, ma’lumotlar kamligi sabab ayrim shahzodalar taqdiri haqida biror narza yoza olmadik. Mironshoh avlodlari: Umarshayx ibn Abu Said ibn Sulton Muhammad ibn Mironshoh mirzoning farzandlari Z.M.Bobur, Jahongir va Nosir mirzolar Shayboniyxon bosimi sabab Qobul, Qandahor va G’aznada qo’nim topishgan. Bobur keyinchalik Hind o’lkasini egalladi. Uning ikki ukasi esa barvaqt vafot etdi. Nosir mirzoning og’li Yodgor mirzo Bobur va Humoyunga xizmat qilgan va isyonda qatnashgani sabab 1546-yil o’ldirilgan. Shuningdek, Mironshohning avlodi Bahor mirzoning nevaralari Sulton Pirmuhammad (so’nggi bor 1507-yilda eslanadi) va Muhammad Mironshohning taqdirlari noaniq qolgan. Sulton Mas’ud ibn Mahmud ibn Abu Said sultonning kichik yoshli o’g’li bo’lib, otasi vafot etgach (1506), onasi bilan Ka’batullohga ketgan. Sulaymon ibn Uvays mirzo ibn Mahmud ibn Abu Saidning o’g’li Shoxrux mirzo (1557-1592) Badaxshonni shayboniylar egallagach, 2 o’g’li bilan Akbarshoh saroyiga ketishga majbur bo’lgan. Uning farzandlari XVII asr boshida isyon sabab o’ldirilgan edilar. Abu Saidning Ulug’bek mirzodan nevarasi Abdurazzoq mirzo (1480-1525) Bobur mirzo xizmatiga kirib, G’azna shahrida vafot etgan. Umarshayx avlodlari: Husayn Boyqaroning akasi Boyqaroning Xo’ja Sayyid Mavlonoga uzatgan qizidan bo’lgan Sayyid Baraka ibn Sayyid Abdullo 1515-yili Astrobodda qizilboshlar tomonidan o’ldirilgan. Uvays ibn Boyqaroning 2 o’g’li Sulton Muhammad (1572-1534-yildan keyin…) va ? mirzo ( ismi noaniq, ayrim manbalarda Vali Hub, Nihub, Bihub, Timur nomida yozilgan va 5 o’g’li bo’lgan) lar Bobur ila Hindga ketishgan va 30-yillarda ular Humoyunga isyon qilishgani sabab jazolanishgan. Bu isyondan keyin Sulton Muhammadning katta o’g’li Ulug’bek mirzo Hinddan Turkiyaga, keyin qizilboshlar huzuriga ketgan. Unda 2-3 nafar o’g’li bor edi. Sulton Muhammadning kichik o’g’li Shoh mirzo ham Hindda yashagan va 4 o’g’li bo’lgan. Uning Ibrohim Husayn ismli farzandi bir qizini Jahongirshohga uzatgan va o’g’li Muzaffar Husayn Akbarshohning qiziga uylangan. Ular XVII asr boshida ham hayot edilar. Husayn Boyqaroning o’g’illari Badiuzzamon, Muzaffar Husayn va Ibn Husaynlar o’zbek qo’shini bosqini sabab ota yurtini tashlab ketishgan. Badiuzzamon shu ketishda 1514/15-yili Istanbulda vafot etgan. Uning o’g’li Muhammad Zamon ancha sarguzashtlardan keyin 1540-yili Sherxon Sur bilan jangda o’lgan. Muzaffar Husayn Astrobodda kasallikdan vafot etgan. Ibn Husayn esa Koshonda tasodifiy falokatdan vafot etadi. Husayn Boyqaroning Abu Turob mirzo ismli o’g’lidan nevarasi Suxrob mirzoni 1509-yili Astrobodda qizilboshlar o’ldirgan. Boyqaroning Dasht sultonlariga uzatgan Oysha begim ismli qizidan tug’ilgan Qosim Husayn va Abdullo ismli nevaralari Hindda vafot etishgan. Abulmuhsin mirzo ibn Boyqaroning o’g’li otasini shayboniylar o’ldirgach, O’rdunga (Iordaniya) ga qochgan. @Davlatchilik_tarixi
Show all...
👍 4
Ichki va tashqi kurashlarda halok bo’lgan temuriylar. Ushbu ro’yxatda Temurning erta halok bo’lgan 2 o’g’li va ularning 39 nafar avlodlari yozilgan. Manbalarda ma’lumot yo’qligi sabab o’nlab shahzodalar taqdiri haqida faktlarga ega emasmiz. Umarshayx mirzo – Amir Temurning o’g’li. Neratu qal’asida halok bo’lgan. Uning o’ldirilgan avlodlari: 1. Pir Muhammad mirzo Sheroziy 2. Iskandar mirzo 3. Boyqaro mirzo 4. Usmon Ali mirzo 5. Sanjar mirzo Marviy 6. Abdulboqi mirzo 7. Abulmuhsin mirzo 8. Muhammad Muhsin mirzo 9. Faridun Husayn mirzo 10. Muhammad Qosim mirzo 11. Muhammad Mo’min mirzo 12. Muhammad Zamon mirzo 13. Suxrob ibn Abu Turob mirzo Jahongir mirzo – Temurning kasalik sabab vafot etgan o’g’lining o’ldirilgan avlodlari: 1. Pir Muhammad mirzo Kobuliy 2. Muhammad Umar mirzo Mironshoh mirzo – Amir Temurning o’g’li, 1408-yili o’ldirilgan. Mironshohning o’ldirilgan avlodlari: 1. Usmon Jodi mirzo 2. Minuchehr mirzo 3. Abu Said mirzo 4. Malik Muhammad mirzo 5. Abu Bakr mirzo 6. Sulton Mas’ud mirzo 7. Sulton Ali mirzo 8. Boysung’ur mirzo 9. Ibrohim mirzo Badaxshoniy 10. Muhammad Zamon mirzo 11. Hasan (Husayn) mirzo 12. Yodgori Nosir mirzo Shoxrux mirzoning o’ldirilgan avlodlari: 1. Ulug’bek mirzo 2. Abdulatif mirzo 3. Abdulaziz mirzo 4. Abdurazzoq mirzo 5. Ahmad mirzo 6. Mahmud mirzo 7. Abdullo mirzo 8. Sulton Muhammad mirzo 9. Shoh Mahmud mirzo 10. Yodgor Muhammad mirzo 11. Muhammad Qosim mirzo 12. Abu Bakr mirzo @Davlatchilik_tarixi
Show all...
😢 2
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.