cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Zafar's zone

IMHO. Kontakt: @Z_Zokh Huquq haqida: @Yurist_Urakoff

Show more
Advertising posts
297
Subscribers
No data24 hours
+37 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Yaxshilik ikkilamchi Moʻmin avvalo qilgan yaxshiligiga qarab emas, balki yomonlikdan saqlanishiga qarab baholanadi. Munofiq ham ehson qilishi mumkin. Fosiq ham jasur boʻlishi, yaxshilikni yoqlashi mumkin. Ammo gunoh-u yomonliklardan saqlanishda shaxsning kimligi koʻrinadi. Moʻmin baxil boʻlishi mumkin, qoʻrqoq boʻlishi mumkin, lekin yolgʻonchi emas. Yaʼni yaxshilik qilolmasa-da, ammo yomonlik va gunohlardan saqlanadi. Shunga aytishadi, shaxsning yomonlikdan saqlanishiga eʼtibor ber, deb. Yaxshilik ikkalamchi. 🔗 @Zafars_zone
Show all...
👍 12 5❤‍🔥 3
Xayrli tong. Alternativ: Tongning xayr-u barokati sizga boʻlsin.
Show all...
❤‍🔥 18👍 3 2
Pozitiv xato Xatolar qilgan inson oʻrganadi. Muammoni koʻradi. Xulosa chiqaradi. Bartaraf etish yoʻlini qidiradi. Maslahat oladi. Insonga nimadir qilish kerakligini aytishning nuqtasi bor. U oʻsha maslahatni izlayotgan boʻlishi kerak. Maslahat izlamayotgan maktab oʻquvchisi ustoz bergan "ponyatki"ni eshitmaydi . Endi oʻqishga kirgan talaba yuqori kurs talabalari aytadigan gaplarga muhtoj emas. U dunyoda eng baxtli hozir. Ota-ona aytgan gap, qanchalik toʻgʻri tuyulmasin, agar farzand mustaqil boʻlsa, baribir, bilganini qiladi. Chunki ular hali xato qilmadi yoki oʻsha xato/muammoni koʻrmadi. Xatoni koʻrgan, pand yegan - boshi devorga tegganidan keyin yordam kerak boʻlsa, oʻzlari qidiradi, quloq soladi. Xato eng yaxshi muallim deyishadi. Xatolardan, aniqrogʻi ulardan chiqariladigan xulosalardan oʻrganishning muhimligini shunda. Xatoni pozitiv koʻrish kerak. @Zafars_zone
Show all...
❤‍🔥 6 6👍 3
Birinchi kurslar bitta maslahat: hech kimga birinchi kursligizni bildirmang. Koʻchada kamroq lallayib yuring. Shu universitetizda toʻrt yil oʻqiysiz. Jonizga tegib ketadi. Har kuni rasm olishiz shartmas. Google yoki Yandex kartani tushunib oling. Yoʻlda uchragandan metroni soʻrash shart emas. Muhimi, oʻzizga ishonch boʻlsin. Qisqa qilib aytsa, biz birinchi kursda qilgan xatolarni takrorlamang🤣
Show all...
🤣 21😁 4 3👍 2
Ikkita rasm. Farqini toping. Javobni ham oʻzim aytaman, mayli. Birinchi rasmni Davlat boshqaruvi fakulteti dekani olgan. Ikkinchisini Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani 🤣 Kommetdagi tabriklar uchun rahmat ilgaridan ) Kommetdagi savollar uchun javob: Adliya vazirligi stipendiyasi🤣
Show all...
🤣 16 5👍 4 4
Oʻzgarish haqida Abituriyentlik vaqti edi. Bir doʻstim aytib qoldi, oxirgi paytda ingliz tilim ancha oʻsibdi. Testlarda ancha koʻp topyapman. Aslida esa testlar osonlashgandi. Qushimcha shugʻullangani yoʻq. Oʻzgargan uning ingliz tilisi emas, testlar edi. Aytmoqchi edim-u, indamaslikni maʼqul koʻrdim — xursand qolaversin. Hayotda tashqi faktorlar bizga taʼsir etgan holida, oʻzgardim deb atrofga jar solamiz. Oʻqish yoki ish tufayli ertalab vaqtli turishga toʻgʻri keladi. Buni odatlardagi oʻzgarish deb baholaymiz. Yosh oʻtganligi yoki oila qurganlik sababidan oʻzga jins vakillari bilan munosabatlarni tartibga solinadi. Buni ham munosabatlardagi oʻzgarish deymiz. Biroz pul ortganidan soʻng mualliflik huquqiga amal qilindi deylik. Axloqiy oʻzgarish deyishimiz tabiiy. Imtihon yaqinlashgani tufayli koʻproq vazifalar bajaramiz. Bu ham ilmdagi oʻzgarish ekan. Va hokazo. Aslida, yuqoridagilarda oʻzgargan siz emas, balki tashqi holatingiz. Oʻzgarish tashqi omillarsiz boʻladi. Oʻzgarish bir xil holatda boʻladi. Oʻzgarish doimiy boʻladi. Oʻsha masʼuliyatni (tashqi omillarni) olib tashlang. Agar ilgari holatga qaytmasangiz, oʻzgaribsiz. Boʻlmasa, eski hammom, eski tos. 🔗 @Zafars_zone
Show all...
👍 18❤‍🔥 2 2 1
Rationalization vs self-deception Eshmat bugun ishga kechga qoldi. Imtihoni ham bor yaqin orada, ammo tayyorlanmadi. Bir muhim ishni tezroq yakunlashi kerak, ammo bajarmadi. Atrofdagilar "nimaga" deb soʻrasa, avtomatik javobi bor: yoʻlning tirbandligi, tobi boʻlmagani, vaqt yoʻqligi yoki muhimroq narsalar borligi kabi. Bu bahonalarni oʻylamasdan turib aytadi. Eshmatning gapiga na oʻzi ishondi, na atrofdagilar. Eshmatning qilgan yoki qilmagan aybli ishi uchun bunaqa bahonalar topish mexanizmi psixologiyada ratsionalizatsiya deb ataladi. Kuzatsam , Eshmat tez-tez bunaqa bahonalar topar eksn. Axiyri, bahonalarga oʻzini ham ishontirishga muvaffaq boʻldi. Yoʻlni tirbandligi kechga qolish sababi deb biladi. Vaqtliroq uygʻonishga eringanligi xayoliga ham kelmaydi. Imtihonga tayyorlanish uchun band ekanligini aytadi. Aslida, telefonga ketadigan vaqt hech hisob-kitob qilinmaydi. Topshiriq bajarilmasligi kasallik tufayli ekanligiga oʻzini ishontiradi. Prokrastinatsiya haqida esa umuman oʻylamaydi. Natijada oʻsish boʻlmaydi. Dangasalik davom etaveradi. Oʻzgarish uchun dushanbani kutaveradi. Ratsionalizatsiyani yoʻqotib koʻring. Dangasaligingizni, xatongizni tan olib koʻring. Birinchidan, nafs asta-sekin sinishni boshlaydi. Ikkinchidan, asl holatingizni koʻrasiz. Qaysi aytgan soʻzingiz bahona ekanligini anglay boshlaysiz. Sinab koʻrdim. Foydasi tegdi. Sinab koʻring. Foydasi tegadi. Ratsionalizatsiya Eshmatda ham, manda ham, sizda ham bor. Dangasalik ham (ehtimol koʻrmasmiz). 🔗 @Zafars_zone
Show all...
❤‍🔥 2
Oʻzingizni aldashni xohlaysizmi?! Jamiyatga, jumladan sizning oʻzingizga ham, konkret natijalar qiziq. Fanda olgan bilimingizga imtihon natijangizga qarab baho berishadi. Oʻqigan kitoblaringiz sonidan kelib chiqqan holda sizni kitobxon yoki yoʻqligingizni aniqlashadi. Tilni qay darajada oʻrganganingizni sertifikatingizga qarab turib belgilashadi. Ushbu natijalar nisbatan obyektiv mezon. Rad etmayman, tanqid qilmoqchi emasman hozir. Tanqid qiladiganim bu — ushbu natijalarga butunlay suyanib qolishimizdir. Bu psixologiyada quantification bias deb ataladi. Bu borada insonlarning natijalaringizga munosabatini oʻzgartirish imkonsiz (qisman foydasiz ham). Ammo sizning shaxsiy bahongizni oʻzgartirish mumkin. Faqat qoʻlingizdagi raqamlarga emas, oʻzingizga ham qarang. Fanda olgan bilimingizni bahoga emas, amalda qoʻllaydigan bilimga qarab baholang. Til bilish darajangizni IELTS yoki boshqa sertifikat balli asosida emas tushunish va tushuntira olishingiz asosida aniqlang. Oʻqigan kitoblaringiz, qilgan ishlaringizda ham songa emas, ularning fikrlaringiz, qarorlaringizga taʼsirini baholashga urgʻu bering. Faqat toʻgʻri baho berish toʻgʻri suhbatlar, tafakkur (self-reflection) kabilarni talab qiladi. Raqamlar muhim. Shaxsiy baholash (self-assessment) ham. Raqamlar ham aldashi mumkin. Self-assessment ham. Ammo oʻzingizni aldashni xohlaysizmi?! 🔗 @Zafars_zone
Show all...
👍 12
Oʻn minut boʻlibdi . Faqat 1 soat 10 min. 🤣 Mayli, uxlanglar, sizlar ham.
Show all...
😁 5👍 2
💬 You have a new message! Siz amaliyot qilmasakansizda shunda a? 4-kursni polniy Germaniyada oʻqiysizmi. Qachon qaytasiz? Univer bitiruviz, diplom olishlar qanaqa boʻladi ↩️ Swipe to reply Fevralda tugaydi. Shu bilan qaytamiz nasib. Amaliyot ham, diplom himoya ham boshqasi ham boʻladi. Toʻxtanglar, avval ketib olay qani🤣
Show all...
😁 4👍 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.