cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Dilshoda Xakimova | Blog

🇰🇬🇦🇿🇰🇿🇹🇷🇭🇺🇸🇰🇦🇹🇦🇪🇨🇿🇵🇱🇮🇹🇩🇪🇧🇪🇫🇷🇪🇸🇲🇹🇨🇭🇩🇰 • Zulfiya nomidagi davlat mukofoti 🏅 •“Mohir tarjimon”🎖 • Rektor, Registon, A.Faynberg, Navoiy, Prezident Stipendiyasi sohibasi • Erasmus winner🇪🇺 • @progress_d asoschisi • EYUF scholar’24 🇬🇧

Show more
Advertising posts
3 173
Subscribers
-824 hours
-327 days
-11030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailable
NSP dasturiga tayyorlov🇪🇺 Kursda: • NSP uchun kerakli barcha hujjatlar tayyorlash; • Motivatsion xat, Tavsiyanoma xati, O’quv rejasini tayyorlash; • G’olib hujjatlar tahlili; • Hujjatlarni tekshirib, tahlil qilib berish; • Hujjatlarni saytga yuklash va boshqa xalqaro dasturlar bo’yicha bilimlar. 💡Bonus darslar ham bo’ladi. Natijalar: - “Progress-D” loyihasi bitiruvchisi G. Sharipova NSP finalisti bo’lgan. - Hujjatlari tekshirib berilgan 3 nafar nomzod 2023-2024-yillarda dasturda g’olib bo’lgan. Narxi: Tayyorlov kursi - 250 ming so’m. Mentor: 👩🏻‍🎓Dilshoda Xakimova — NSP dasturi 2024-yilgi g’olibasi, Komenius universitetida o’qigan. ❗️Tayyor hujjatlarni tekshirtirish imkoni ham bor. Kursga yozilish uchun: @dil_xak @dilshoda_xakimova
Show all...
👍 15❤‍🔥 4🔥 1
Photo unavailable
⚡️Qabul rasman ochildi! 🇪🇺Talabalar, professor va tadqiqotchilar uchun Slovakiyada oʻqish va tadqiqot olib borish imkoniyati — The National Scholarship Programme of the Slovak Republic (NSP) almashinuv dasturi Talablar Bakalavr (kamida 2.5 yilini tugallagan bo'lish), magistratura, doktoranturada o'qiyotgan bo'lish; — Universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar Slovakiya oliygohlarida dars berish yoki tadqiqot olib borishi mumkin; — Nomzodlar ingliz yoki slovak tilini yaxshi bilishi lozim. Til sertifikati shart emas! Foydali tomonlari: — Bakalavr va magistraturaga €620 oylik stipendiya; — PhDga €1025,50; O'qituvchilar va tadqiqotchilarga — €1470 gacha; — Yoʻl xarajatlari uchun moddiy yordam (oʻzbekistonliklar uchun €750); — Tibbiy ko'rik uchun mablag'. Oxirgi muddat 31.10.2024 19:00 Batafsil https://grantgo.uz/go/04228 P.s: Ushbu stipendiya dasturi orqali Slovakiyadagi 1-raqamli Komenius universitetida o'qib kelganman. Albatta, topshiring! @dilshoda_xakimova
Show all...
👍 20❤‍🔥 4🔥 3
🎉Xushxabar Mana shu trendda va kanaldagi koʻplab postlarda koʻrsatilgan 1. Avstriya🇦🇹 2. Vengriya🇭🇺 3. Slovakiya🇸🇰 4. Chexiya🇨🇿 5. Polsha 🇵🇱 6. Italiya 🇮🇹 7. Germaniya 🇩🇪 8. Fransiya 🇫🇷 9. Belgiya 🇧🇪 10. Malta 🇲🇹 11. Shvetsariya🇨🇭 12. Daniya🇩🇰 13. Ispaniya 🇪🇸 14. BAA🇦🇪 15. Turkiya 🇹🇷 kabi davlatlarga sayohat qilish va ilm oʻrganishga sabab boʻlgan 🇪🇺NSP (Milliy Stipendiya Dasturi) ga qabul ochilibdi. 👤Dasturga bakalavr, magistr, PhD va ustozlar ham qatnasha oladi. @dilshoda_xakimova
Show all...
👍 23❤‍🔥 8🔥 7
Photo unavailable
Young Women Leaders Program (SUSI)🇺🇸 18-25 yoshli ayol-qizlar uchun Siz atrof-muhit muammolari, ayollar yetakchiligi va AQShni o'rganishga ishtiyoqli yosh ayolmisiz? SUSI for Student Leaders dasturi sizning mahoratingizni oshirish imkoniyatidir! Imkoniyatlari: Dastur quyidagilarni o'rganadi: • Ayollar ekologik yetakchiligi; • Barqaror rivojlanish; • Ekologik adolat; • Jamoat salomatligi; • Iqlim o'zgarishi va 🇺🇲AQSh Davlat departamenti homiyligidagi 5 haftalik dastur ishtirokchilarni sobiq davlat kotibi Madlen K. Olbraytning yetakchiligi, qadriyatlari va yutuqlari bilan tanishtiradi. Ro'yxatdan o'tish uchun: https://uz.usembassy.gov/education-culture/exchange-programs/susi/ 📅Muddat: 20-oktabr Shartlariga moslar, albatta, topshiring! @dilshoda_xakimova
Show all...
👍 20🔥 5🎉 4❤‍🔥 2
Photo unavailable
⚡️Istanbul Yoshlar Sammiti 2025 🇹🇷 Sammit maqsadi: IYS 2025 “Yoshlar yetakchilarini porloq kelajak uchun barqaror oʻzgarishlarga yoʻnaltirish imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusi bilan dunyoni shakllantiradigan strategiyalarni muhokama qilish va amalga oshirish uchun yoshlarni birlashtirishga qaratilgan. O’tkazadigan tashkilot : Youth Break the Boundaries Sana va manzil: 17-20-fevral 2025-yil, Turkiya Batafsil ma’lumot: https://scholarshipscorner.website/istanbul-youth-summit/ ❗️15-20 yoshlilar ariza topshirishlari mumkin. Ariza muddati: 2024-yil 30-sentabr @dilshoda_xakimova
Show all...
👍 33❤‍🔥 6🔥 6
Photo unavailable
⚡️Chevening: Britaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant! Bu dasturga bakalavrlik diplomi va kamida 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin. Dastur imkoniyatlari: – Kontrakt summasi qoplanadi – Oylik stipendiya – Borish-kelish uchun aviachipta – Joylashib olish uchun mablagʻ – Joʻnab ketish uchun mablagʻ – Viza xarajatlari qoplanadi Arizalar 2024-yil 5-noyabrgacha qabul qilinadi. Dastur haqida manbalar: 👉 Chevening dasturi haqida batafsil maʼlumot 👉 Chevening gʻolibi boʻlgan hamyurtimiz bilan suhbat 👉 Chevening gʻoliblarining hujjatlari @dilshoda_xakimova
Show all...
👍 14🔥 4❤‍🔥 3
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Eng unutilmas sayohatlar uchun NSP dasturidan minnatdorman! 🇪🇺 Yaqinda rasman qabul ochiladi dasturga. Ammo hozirdan qabul xatiga harakatni boshlash kerak. Topshiryapganlar bormi? @dilshoda_xakimova
Show all...
❤‍🔥 84👍 9🔥 8🎉 8
Photo unavailable
1-kursligimda shularni qilgan boʻlardim... 1. Baholarga doim eʼtiborli boʻling. 1-kursda universitet, ustoz va oʻquv dasturi bilan yaxshilab tanishing. Darslarda doim faol boʻlib, ustozlarni hurmat qiling va ball, baholaringizga ahamiyat bering. Darslarga aktiv qatnashganlarni ustozlar yakuniy imtihonlarda ham qoʻllaydi. Oʻsha gap: baho, ball koʻp narsani hal qiladi) 2. Yaxshi ustoz/muhit toping. Ilmiy faoliyat boshlash niyatidagilar bir soniyani ham reja bilan sarflang. Yoʻnalishingizga mos ilmiy rahbar tanlang. Sizni rivojlantiradigan insonlar davrasiga qoʻshiling. 3. Maqolalar yozing. Universitet stipendiyalari, xalqaro grant dasturlariga qatnashmoqchi boʻlsangiz, portfoliongizni kuchli qiladigan jihat — research skills. Milliy va xalqaro tanlovlarda yutish uchun maqola boʻlishi katta plyus. 4. Amaliyot dasturlari va grantlarga qatnashing. Kuchli netvorkingga talabalik paytida erishiladi. Sohangiz boʻyicha tanlovlar, konferensiyalarga qatnashib, tanish, doʻstlar orttiring. Shaxsiy va professional rivojlanishga doim harakat qiling. 5. Zamonaviy kasblar oʻrganing. Faqat soha boʻyicha bilimlar yetarli emas hozir. Sohangizni zamonaviy kasb bilan uygʻunlashtiring. IT (AyTi), Project Management, HR, SMM oʻrganib, shaxsiy brendingizni yaratishni boshlang. 6. Til oʻrganing. Deylik, IELTS/CEFR darajangiz — B2. Bu daraja bilan qotib qolmang. Koʻp dasturlarda talabalardan xorijiy tilni C1 darajada bilish talab qilinadi. Shu sababli xorijiy tillarni bilishni yaxshilang. 7. Roadmap (yo'l xaritasi) tuzing. Oylik, yillik rejalar tuzib, ularga intiling. Qatnashmoqchi boʻlgan loyiha, tanlovlaringizga qachon qatnasha olishingizni oldindan aniqlab oling. Masalan, "Yil talabasi" ga 2-kurs noyabrda qatnashish boshlanadi. UGRAD ga 1-kurs noyabr-dekabr oylarida. Demak, pishiq planlar asosida harakat qiling. 8. Sohangiz boʻyicha tajriba yigʻing. Tajriba juda muhim. Kezi kelsa, tajriba yigʻish uchun bepul mehnatdan ham qochmang. Universitetda boʻsh vaqt, albatta, boʻladi. Koʻpchilik 1-kursdayoq ishlamang, deb aytsa, men esa inson oʻz vaziyatidan kelib chiqib, ishlashi tarafdoriman. Oʻshanda topgan mablagʻimni oʻzimni taʼminlashga, taʼlimga investitsiya qilishga sarflaganman. Kam boʻlmadim. Inson 17-18 yoshlarida giperaktiv boʻladi. Togʻni talqon qilishga kuchi yetadi, xohlasa😌. Albatta, sohangiz boʻyicha ish topishga harakat qiling. Masalan, 2-semestrdan ishlang. 🎓Eng muhimi, eng muhim 4 yilingizni juda unumli oʻtkazing. 4-kursda ortga qaraganingizda talabalikdagi har bitta oyni oʻz xotiralari va gʻalabasi bilan eslaydigan darajada. Ishoning, bu umuman taʼriflab boʻlmas tuygʻu. 😇 Omad! 🚀 @dilshoda_xakimova
Show all...
❤‍🔥 79👍 16🎉 10🔥 6
Assalamu alaykum barchaga🫶🏻! Yangi oʻquv yilini boshlab oldingizlarmi? Bitirganlar esa yangi ish joylariga moslashyapsizlarmi? 😁 Hafta oxiri ekani uchun QA (questions - answers) o'tkizamiz. Izoh qismida taʼlim, ilm boʻyicha savollar boʻlsa, yozing. Gaplashamiz:) @dilshoda_xakimova
Show all...
❤‍🔥 48🎉 4👍 3🔥 2
Photo unavailable
⚡️Davlat stipendiyalari yutish uchun TOP-5️⃣tavsiyam 1. Baho va ballaringizga e’tiborli bo’ling. Prezident stipendiyasi uchun barcha baholar a’lo, nomdor stipendiyalar uchun a’lo va yaxshi bo’lishi (yakuniy baholarda 25% gacha 4 mumkin), maxsus stipendiyalar uchun qoniqarli baholar bo’lmasligi shart. Stipendiyalarda faqat yakuniy baholar hisoblanadi. 2. Ilmiy maqolalar yozing. Yo’nalishingiz bo’yicha muammo, kamchilik va yutuqlarni o’rganib, sohangiz bo’yicha puxta, dolzarb va xalqaro talabdagi ilmiy maqolalar yozing. Navoiy stipendiyasini olish uchun faqat Navoiy haqida yozish kerak, degan fikr xato. 3. Ijtimoiy faol bo’ling. Bilim va sohangizdan kelib chiqib, loyiha, dasturlarga qatnashing yoki o’z muallifligingizda universitetda loyihalar tashkillang. 4. Tanlovlarga qatnashing. Yo’nalishga mos Respublika, viloyat, universitet tanlovlariga qatnashing. Bu haqida ma’lumotlar universitet rasmiy sahifalari, vazirlik va Yoshlar ishlari agentligi kanallarida mavjud. 5. Til o’rganing. Nomdor stipendiyalar (Navoiy, I. Karimov, Beruniy, Ibn Sino, Bobur…) uchun til sertifikati bo’lishi majburiy bo’lib bormoqda. Sohangizga qarab, xorijiy tilni bilishni tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikat olishga tayyorlaning. Til sertifikati majburiy emas, ammo yutishingizda katta ball beradi. @dilshoda_xakimova
Show all...
👍 40❤‍🔥 15🔥 10
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.