cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

Advertising posts
1 676
Subscribers
-524 hours
-77 days
+10630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
#soʻnggi_sayr #Nyu_York 🔹 Nyu-Yorkdagi so‘nggi sayr (Feysbukdagi noma’lum muallif hikoyasi) Nyu-Yorkda taksichilik qilayotgan muhojirlardan biri hayotida uchragan ajoyib ibratli voqeani hikoya qilib berdi: “Chaqirilgan manzilga yetib keldim va mashina signalini bosdim. Bir necha daqiqa kutganimdan keyin yana signal chaldim. Ish vaqtim tugayotgan, ulkan shaharga tun pardasi yopilgan edi. Shu mijozni tezda manziliga olib boraman-u uyimga ketaman, maza qilib dam olaman, degan o‘y-xayol miyamda kapalakdek uchib yurardi. Noiloj mashinamdan tushib eshik oldiga bordim va qo‘ng‘iroqni bosdim. Sabrim chidamay taqillatdim ham. Ichkaridan “bir daqiqa”, degan zaif, keksa ayol ovozi eshitildi. Polning g‘ichirlagan tovushidan unda nimadir sudrab kelinayotganini tushundim. Uzoq sukutdan keyin eshik ochildi. Qarshimda 1940-yillar kinolaridagidek kiyim va boshiga shlyapa kiyib olgan 90 yoshlardagi ozg‘in, kichkina ayol turardi. Uning yonida kichkina chamadon turar, uning ortida ko‘rinayotgan kvartirada ko‘p yillar davomida hech kim yashamaganga o‘xshardi. Barcha mebellar choyshab bilan qoplangan. Devorlarda na soat, na javonlarda bezaklar, na shkaflarda idish-tovoqlar bor edi. Burchakda fotosuratlar va shisha idishlar bilan to‘ldirilgan karton quti turardi. “Menga sumkamni mashinagacha olib borishga yordam bera olasizmi?” — so‘radi u. Men chamadonni mashinaning yukxonasiga solib ayolga yordam berish uchun yana qaytib bordim. U ozg‘in, tomirlari ko‘karib turgan oppoq qo‘llari bilan bilagimni mahkam ushladi va biz sekin-asta mashina tomon yurdik. U mehribonligim uchun rahmat aytar, men esa “arzimaydi, men yo‘lovchilarimga onamga qanday munosabatda bo‘lsam, shunday munosabatda bo‘lishga harakat qilaman”, dedim. — Voy, sen juda yaxshi bola ekansan, — dedi u. O‘rindiqqa o‘tirib u borar manzilini aytdi. Kampir aytayotgan joy xospis – og‘ir kasali bor kishilarning so‘nggi kunlari o‘tkazadigan maskanni juda yaxshi bilardim. U yerga turli tan rangidagi, turli millatdagi chol-kampirlarni ko‘p marta eltib qo‘ygan va yo‘lini ham yaxshi bilar edim. Kampir mashina oynasidan uyiga termulib qarar ekan: “Ketayotganda shahar markazidan yura olasizmi?” – deb so‘radi. Men biroz tushunmay qoldim. Chunki manzil boshqa tomonda edi. “Bu eng qisqa yo‘l emas-da”, dedim men. “Yo‘q, men qarshi emasman”, dedi u shoshilib. So‘ng g‘amgin ohangda qo‘shib qo‘ydi: “Men hech qayerga shoshayotganim yo‘q. Xospisga borishim kerak”. Men orqa ko‘zguga qaradim. Uning ko‘zlarida yosh o‘ynab turardi. “Mening oilam ketganiga ancha bo‘ldi”, dedi u sekin ovozda, - “Shifokorning aytishicha, mening sanoqli kunlarim qolgan ekan”. Men sekin qo‘limni uzatib taksi hisoblagichini o‘chirib qo‘ydim. “Avval qayerga borishni xohlaysiz?” – dedim unga qarab. Ikki soat davomida biz shahar aylandik. U menga bir paytlar lift operatori bo‘lib ishlagan binoni ko‘rsatdi. Biz u yangi turmushga chiqqan paytlarda eri bilan yashagan mahallani kezib chiqdik. U menga bir paytlar raqs zali bo‘lgan mebel omborini ko‘rsatdi. Ba’zan u mendan ma’lum bir bino yoki xiyobon oldidan to‘xtatar, hech narsa demay, qorong‘ilikka tikilib o‘tirardi. Keyin u to‘satdan: “Men charchadim, endi ketaylik”, dedi. Biz indamay u aytgan manzilga bordik. Bu kichik sanatoriyga o‘xshagan bino bo‘lib, uzun ayvon bo‘ylab kirish yo‘li bor edi. Biz yetib kelishimiz bilan mashina oldiga ikki feldsher yaqinlashdi. Ular ehtiyotkorlik bilan uning tushishiga yordam berishdi. Ular uni kutib turishgan, deb xayol qildim. Bagajni ochib, kichkina chamadonni eshikdan olib o‘tdim. Ayol allaqachon nogironlar aravachasida o‘tirgan edi. Batafsil Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Show all...
😢 6🔥 2
01:23
Video unavailableShow in Telegram
#oʻzgarishlar #Oʻzbekiston ❓ Oliy ta’lim: O‘zbekiston dunyodagi o‘zgarishlar tezligiga moshlasha olyaptimi? Dunyoda oliy ta’lim tizimi tezkorlik bilan o‘zgarib bormoqda. Kecha qaysidir rivojlangan davlat YAIMda universitetlar, ulardagi ishlanmalar o‘rni oshib borayotgani haqida eshitgan bo‘lsak, bugun boshqa bir rivojlangan mamlakatda ta’limni zamon tezligiga moslash uchun ikki yillik tizimga o‘tkazishayotgani yoki qaysidir universitet talabasining ixtirosi millionlab dollarga sotilgani haqida o‘qiyapmiz. Xo‘sh, dunyo ta’lim tizimi katta tezlikda o‘sib, o‘zgarib borayotgan bir paytda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi bu trendlarga moslasha olyaptimi? Bugun dunyo ta’lim tizimi oldida qanday masalalar turibdi-yu, o‘zbek oliy ta’limi qanday muammolar bilan bosh qotirmoqda? “Nuqtalar” dasturining navbatdagi soni shu solishtirishlar, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining buguni va kelajagi masalalariga bag‘ishlandi. Dastur mehmonlari oliy ta'lim masalalari bo‘yicha ekspertlar: Azamat Akbarov va Hikmat Abdurahmonov bo‘ldi. Intervyuni tomosha qilish: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=KyI7_yU00h8 Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Show all...
TG_TIZER.mp413.96 MB
👍 3 2🔥 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#inflyatsiya #jamoat_transporti #Oʻzbekiston 🔻Yo‘lkira 30 foizgacha oshishi mumkin – Valijon To‘raqulov Iqtisodchi Valijon To‘raqulov jamoat transporti uchun QQS imtiyozi bekor qilinishi va buning oqibatlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, yil boshidan avtobus va metro narxlari, shuningdek, jamoat transportlari o‘rnini bosgan taksilarning ham narxi oshadi. Tovarlarga bo‘lgan talabning narxga nisbatan inelastik xususiyatidan kelib chiqib, narxlarning 12-15 foizga oshishi kutilmoqda. Agar inflyasiya ham hisobga olinsa, bu ko‘rsatkich 30 foizgacha yetishi mumkin. To‘raqulovning fikricha, QQSdan tushgan daromadlar jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirishga sarflanishi maqsad qilingan. Lekin, bu yig‘im real daromadlariga ta’sir ko‘rsatadigan o‘rta qatlamni mo‘ljallangan. Yuqori qatlam esa jamoat transportidan foydalanmaydi. Shu bilan bir qatorda, bu yil zargarlik maqsadida olib kirilgan qimmatbaho toshlar ham QQSdan ozod etildi. Bu imtiyoz zargarlik sanoati rivoji va eksport ko‘lamini oshirish uchun qilinayotgani taxmin qilinmoqda. Zargarlik sanoati vakillari odatda jamiyatning yuqori qatlamidagi shaxslar hisoblanadi va aholining past daromadli qatlami bu bozorga kirish imkoniga ega emas. Jamoat transporti QQSidan keladigan badal millionlab odamlarga xizmat ko‘rsatadi. Ammo zargarlik sanoatida soliq imtiyozlari hisobiga keladigan daromad esa kam biznes egalari tomonidan egallanadi. Shu sababli, bunday siyosatlar lobbiying borligi haqida savol tug‘iladi. Har ikki holatda ham soliq daromadlari yoki soliqdan ozod qilish, o‘sha tarmoqning rivoji uchun maqsad qilinadi. Lekin bu siyosatning badali turli qatlam vakillari yelkasiga tushadi. Bu yerda savol "soliq yuki qanchalik katta?" deb emas, balki "yig‘ilayotgan soliqlar maqsadli sarflanyaptimi?" degan savol bilan ko‘rib chiqilishi kerak. Shuni ta’kidlash joizki, jamoat transporti narxining oshishi aholining kundalik hayotiga ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa, iqtisodiy ahvoli murakkab bo‘lgan oilalar uchun. Bundan tashqari, zargarlik sanoati uchun berilayotgan imtiyozlar iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi, ammo bu ham ijobiy natijalarga olib kelishi kerak. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun samarali siyosatlarni amalga oshirish zarur bo‘lib, bu jarayonda har ikki tarmoqni bir-biri bilan muvofiqlashtirish muhimdir. Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Show all...
#dunyo_voqealari 📢 20-sentabr: dunyoning muhim voqealari Hizbulloh rahbari Livandagi portlashlarda Isroilni ayblamoqda Livandagi “Hizbulloh” shia harakati rahbari Hasan Nasrulloh Livandagi so'nggi portlashlarda Isroilni aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil tinch aholiga, jumladan ayollar va bolalarga jiddiy zarar yetkazish bilan “barcha qizil chiziqlarni kesib o‘tgan”. Uning aytishicha, portlashlar shifoxona va do‘konlar kabi turli joylarda sodir bo‘lgan. Livanda peyjer va ratsiyalarning portlashi oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi. OAV xabarlariga ko'ra, Isroil “Hizbulloh” a'zolariga qarshi qo'shma razvedka va armiya operatsiyasini o'tkazgan. Toshqin Vengriya parlamentigacha yetib bordi Dunay daryosida suv sathining ko‘tarilishi natijasida Budapesht markazidagi qirg‘oqlar, jumladan, Vengriya parlamenti binosi oldidagi hududni suv bosa boshladi. Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning aytishicha, suv sathi shanba kuni eng yuqori ko‘tarilishi va taxminan bir hafta davom etishi kutilmoqda. Suv toshqini tufayli yo‘llar qisman to‘sib qo‘yilgan, navigatsiya to‘xtatilgan, elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Suv toshqinlari nafaqat Vengriya, balki Chexiya, Avstriya, Polsha va Ruminiya kabi Markaziy Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham ta’sir ko‘rsatdi. Venesuela Argentina prezidenti Xaver Maylini hibsga olmoqchi Venesuela bosh prokurori Tarek Uilyam Saab Argentina prezidenti Xaver Maylini hibsga olish uchun order berishni so‘rash niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bunga Amerika rasmiylari tomonidan Buenos-Ayresda Venesuelaning Emtrasur samolyotini tortib olgani sabab bo'ldi. Maylidan tashqari Venesuela uning singlisi Karina Mayli va xavfsizlik vaziri Patrisiya Bullrixni o‘g‘irlik va pul yuvishda ayblab, hibsga olishni talab qilmoqda. Argentina allaqachon Venesuela orderini tan olmasligini aytib, Karakasning harakatlarini noqonuniy va siyosiy sabablarga ko‘ra deb atagan. Isroil-Falastin mojarosi: G'azo va G'arbiy Sohildagi hujumlar o'nlab qurbonlarga sabab bo‘ldi 2024-yil 20-sentabr kuni Isroilning G‘azo sektorini bombardimon qilishi oqibatida kamida 28 nafar falastinlik halok bo‘ldi, ulardan 12 nafari G‘azo shahriga ikki xil hujum qurboni bo‘ldi. Ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohilda Isroil kuchlari Qabatiyaga reyd uyushtirdi va bu yerda 5 nafar falastinlik halok bo'ldi. Harbiylar voqea tergov qilinayotganini aytdi. Shu bilan birga, Livan bilan chegarada Isroil va Hizbulloh o'rtasida o't almashish davom etmoqda, bu erda avvalroq portlashlar sodir bo'lib, 37 kishi halok bo'lgan va 3000 ga yaqin kishi jarohatlangan. Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#rezolyutsiya #BMT ❓ BMTning yana bir rezolyutsiyasi: u nima va qanchalik kuchga ega? Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi ko‘pchilik ovoz bilan Isroilni Falastin hududlarini noqonuniy bosib olishni bir yil ichida to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi, Falastin buni "tarixiy" deb baholadi. Rezolyutsiya rostdan ham tarixiymi va u mintaqaga qanday ta’sir ko‘rsata oladi? BMT ma’lumotlariga ko‘ra, rezolyutsiyani 124 davlat qo‘llab-quvvatlab, 14 davlat, jumladan AQSH va Isroil qarshi chiqdi, 43 davlat betaraf qoldi. Rezolyutsiyada Birlashgan Millatlar Tashkiloti "Isroilning bosib olingan Falastin hududidagi noqonuniy mavjudligini kechiktirmasdan to‘xtatishni, bu uning xalqaro mas’uliyatini keltirib chiqaradigan doimiy xarakterdagi noqonuniy harakati ekanligi va buni 12 oydan kechiktirmay amalga oshirishni" talab qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining mazkur rezolyutsiyasi jiddiy diplomatik qadam, ammo majburiy emas. Tarixan, Bosh Assambleya davlatlarni mazkur rezolyutsiyalarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas. BMTning avvalgi rezolyutsiyalari Shu kungacha Bosh Assambleya va BMT Xavfsizlik Kengashi Isroilning Falastin hududlarini bosib olish bo‘yicha harakatlarini qoralovchi 150 dan ortiq rezolyutsiyalarni qabul qilgan. Eng muhimlari quyidagilardir: 181-rezolyutsiya (1947) - Falastinni ikki davlatga bo‘lish rejasi. 194-sonli rezolyutsiya (1948) - falastinlik qochqinlarning qaytish huquqi to‘g‘risida. 3236-sonli rezolyutsiya (1974) - Falastinliklarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini tan olish. BMT Xavfsizlik Kengashi ham bosqin va mojarolar bo‘yicha 40 ga yaqin rezolyutsiya qabul qilgan. 242-sonli rezolyutsiya (1967) - Olti kunlik urushdan keyin Isroil qo‘shinlarini bosib olingan hududlardan olib chiqib ketish talab qilingan. 338-sonli rezolyutsiya (1973) - Arab-Isroil urushida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish talabi. 2334-sonli rezolyutsiya (2016-yil) bosib olingan Falastin hududlarida Isroil aholi punktlari qurilishini qoralagan va ishg‘olning noqonuniyligini yana bir bor tasdiqlagan. Ushbu rezolyutsiyalar Isroilning Falastin hududlariga nisbatan harakatlarini xalqaro miqyosda qoralashni aks ettiradi, biroq faqat maslahat xarakteriga ega, xolos. Isroil BMTning rezolyutsiyasiga bo‘ysunadimi? Isroilning ushbu rezolyutsiya talablariga rioya qilish ehtimoli juda past. Isroil an’anaviy ravishda Bosh Assambleyaning rezolyutsiyalariga noxolis yoki haqiqatni aks ettirmaydi degan vajlar bilan amal qilmaydi. Bunday rezolyutsiyalarning qabul qilinishiga javoban Isroil rahbariyati tez-tez norozilik bildiradi va bosib olingan hududlarda siyosatini davom ettiradi. Misol uchun, BMT Xavfsizlik Kengashining 2016-yilda aholi punktlarini qurish bo‘yicha rezolyutsiyasidan so‘ng Isroil rezolyutsiyani yoqlab ovoz bergan mamlakatlarning ayrimlaridan elchilarini chaqirib oldi va ularga yordam dasturlarini qayta ko‘rib chiqdi. Xalqaro maydonda Isroil ko‘pincha Qo‘shma Shtatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, bu davlat esa ko‘pincha BMT Xavfsizlik Kengashida Isroilga qarshi majburlov choralariga veto qo‘yadi. Bosh Assambleyaning Isroilga oid rezolyutsiyalari aksariyat hollarda bajarilmagan, ammo ular jiddiy diplomatik bosim o‘tkazadi. Bunday rezolyutsiyalar Falastin hukumatiga xalqaro qo‘llab-quvvatlashga va jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazishga yordam beradi, ammo ular bevosita yuridik natijalarga olib kelmaydi. BMT Bosh Assambleyasining kecha qabul qilingan rezolyutsiyasi ham falastinliklar va ularning tarafdorlari uchun muhim bo‘lsa-da, ijro mexanizmlarisiz Isroil siyosatini o‘zgartirishi dargumon. Tarixiy jihatdan bunday rezolyutsiyalar mojaro jarayoniga real ta’sir qilishdan ko‘ra ko‘proq ramziy va siyosiy bosim o‘tkazadi. 👤 Yoqub Umar Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Show all...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#dunyo_voqealari 📢 19-sentabr: dunyoning muhim voqealari Livandagi portlashlar: 20 dan ortiq odam halok bo'ldi, 450 kishi yaralandi Livan bo'ylab uyushtirilgan aloqa qurilmalari portlashlarida kamida 20 kishi halok bo'ldi va 450 dan ortiq odam yaralandi. Kecha peyjerlarga qilingan hujumlarda 12 kishi halok bo'lgan edi. Qurbonlar orasida Hizbulloh deputati Ali Ammarning o‘g‘li Muhammad Mahdi ham bor, u Bayrutning janubiy chekkasida peyjer portlashi oqibatida halok bo‘lgan. Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant urushning yangi bosqichini e'lon qildi, bu shimoliy hududlarga, jumladan Livanga ham ta'sir qiladi. Eron xakerlari oʻgʻirlangan Tramp saylovoldi tashviqoti hujjatlarini Bayden tarafdorlariga joʻnatgan AQSh razvedka idoralari, jumladan, FQB va Milliy razvedka xizmati eronlik xakerlar Donald Trampning saylovoldi kampaniyasidagi ichki hujjatlarni OAV va prezident Jo Baydenga aloqador shaxslarga yuborganini aytdi. Hujum iyun va iyul oylarida sodir bo'lgan, o'shanda hujumchilar o'g'irlangan materiallarning ayrim bo'laklarini yuborgan. Bayden kampaniyasi, manbalarga ko'ra, bunga javob bermadi va Kamala Xarris kampaniyasi vakillari pochta jo'natmalari spam yoki fishingga urinish kabi ko'rinishini aytgan. Tramp kampaniyasi vakillari Bayden va Xarrisni o‘g‘irlangan materiallardan foydalanganlikda ayblab, Eron demokratlarni qo‘llab-quvvatlash uchun saylovlarga aralashayotganini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, Tramp Rossiya bilan aloqalar bo‘yicha ilgari duch kelgan “soxta ayblovlardan” farqli o‘laroq, bu xorijiy davlatning haqiqiy aralashuvi ekanligini aytdi. Eron bu ayblovlarni rad etib, mamlakatning AQShdagi prezidentlik saylovlariga aralashish niyati va asosi yo‘qligini ma’lum qildi. Xosep Borrel BMTning Isroilning Falastin hududidan chiqib ketishi haqidagi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi. 19-sentabr kuni Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Xosep Borrel BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Isroil bosib olingan Falastin hududlarini tark etishini talab qiluvchi rezolyutsiya qabul qilinishini olqishladi. Borrell, 124 davlat Falastin xalqining o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini qo'llab-quvvatlagan ovoz berishning muhimligini, Isroil bilan birga tinchlik va xavfsizlikda yashayotgan mustaqil davlatni yaratishni ta'kidladi. Batafsil Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Show all...
👍 3😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
#mizobiblist #kutubxona #Oʻzbekiston 📝 "Men uni o'qimaganman, lekin qoralayman!" yoxud kutubxonadagi mizobiblistlar Insoniyat tarixi davomida kitob madaniyat, fan va ta’lim rivojida muhim rol o‘ynagan. Biroq, shu bilan birga, hokimiyat yoki ma’lum guruhlar mafkuraviy yoki siyosiy sabablarga ko‘ra kitoblarni yo‘q qilishga qaror qilgan davrlar ham bo‘lgan. Bu qo‘llab-quvvatlanayotgan qadriyatlar tizimiga tahdid soladigan yoki nomaqbul deb hisoblangan ma’lum bilim yoki g‘oyalarga kirishni cheklash maqsadida qilingan. Qadimgi tsivilizatsiyalar va bilimlarning yo‘q qilinishi Qadimgi dunyoning eng katta kutubxonalaridan biri bo‘lgan Iskandariya kutubxonasidagi yong‘in haqida eshitganmisiz? Asrlar davomida bu voqea bilimning tuzatib bo‘lmaydigan yo‘qotilishi timsoliga aylandi. Kutubxona qadimgi dunyoning buyuk mutafakkirlari asarlari bilan to‘lib-toshgan va uning yo‘q qilinishi keyingi avlodlarni bebaho ma’lumot manbalaridan mahrum qilgan edi. O‘rta asrlarda katolik cherkovi ilm-fan, bilim va g‘oyalarni faol ravishda nazorat qildi. Inkvizitsiya bid’atchi yoki cherkov ta’limotiga zid deb hisoblangan asarlarni yo‘q qildi. Ba’zi hollarda kitoblar Jordano Brunodek mualliflari bilan birga olovga tashlangan edi. Bag‘dodni zabt etgan mo‘g‘ullar minglab, millionlab kitoblarni Dajla daryosiga tashladi, siyohning rangidan suv qora tusga kirganini tarixchilar yozib qoldirishgan. Insoniyat taraqqiy topib 20-asrga ham yetib keldi. Biroq kitobga qarshi kurash bu yuzyillikda ham to‘xtamadi, balki ayrim mamlakatlarda avjiga chiqdi. Kitobni yo‘q qilishning eng mashhur va fojiali epizodlaridan biri 1933-yilda fashistlar Germaniyasida sodir bo‘lgan. Adolf Gitler hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng "nemis ruhiga dushman" deb hisoblangan kitoblarni yoqib yuborishni boshladi. Sovet Ittifoqida ham adabiyotga nisbatan qattiq tsenzura mavjud edi. Asarlari kommunistik mafkuraga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘plab yozuvchilar qatag‘onga uchradi, kitoblari kutubxona va do‘konlardan tortib olindi. "Nomaqbul" mualliflarning asarlari yo‘q qilindi yoki keng o‘quvchilar uchun mavjud bo‘lmadi. Boris Pasternak yoki Aleksandr Soljenitsin kabi mualliflar davlatning mafkuraviy doirasiga to‘g‘ri kelmaydigan asarlari uchun tanqid qilindi va ta’qib qilindi. Afsuski, bugungi kunda ham kitobni sevmaydiganlar toifasi – mizobiblistlar topilib turar ekan. Mizobiblist yunoncha "mῖos" (misos) "nafrat" va "biblos" (biblion) "kitob" degan so‘zlardan tashkil topib "kitobdan nafratlanadigan odam" degan ma’noni anglatadi. Mizobiblist ma’lum matnlar yoki mualliflarga nisbatan mafkuraviy dushmanlikdan tortib, o‘qishni umuman yoqtirmaslikgacha bo‘lgan munosabatini bildirishi mumkin. Kecha ijtimoiy tarmoqda bir kutubxona xodimi bir videoda shaxsan unga yoqmagan turk yozuvchisining kitoblari kutubxonadan olib tashlangani va bunda uning qo‘li borligini aytib maqtanibdi. Bu kabi harakatlar bugungi kunda ham internet va axborot erkinligi davrida mafkuraviy tsenzura turli ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkinligini eslatib turadi. Kitoblarni kutubxona javonlaridan olib tashlash yoki ularni shaxsiy qarashlar asosida yo‘q qilish har qanday ochiq va demokratik tizim uchun muhim bo‘lgan so‘z erkinligi tamoyiliga putur yetkazadi. Odamlar mualliflar yoki ularning qarashlari bilan qo‘shilmasligi mumkin, ammo bilim va tafakkur ramzi sifatida kitobni yo‘q qilish har bir insonning nimani o‘qish va qanday g‘oyalarni qabul qilishni erkin tanlash huquqiga hujumdir. Kitoblarni yo‘q qilish nafaqat jismoniy obyektga nisbatan zo‘ravonlik harakati, balki fikr erkinligini buzish va bilimga kirishni cheklashga urinish ekanligini tarix qayta-qayta tasdiqladi. Vaqt va makondan qat’i nazar, bunday harakatlar jamiyatga zarar yetkazadi, uning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Kitoblar erkin fikr almashish maydoni bo‘lib qolishi kerak, garchi ularning ba’zilari qaysidir "kutubxonachi"ga nomaqbul bo‘lib tuyulsa ham. 📢 Yoqub Umar Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Show all...
👍 6
#dunyo_voqealari 📢 18-sentabr: dunyoning muhim voqealari Livanda peyjerlar portlashidan 11 kishi halok bo‘ldi Livan Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, peyjerlarning ketma-ket portlashi natijasida halok bo'lganlar soni 11 kishiga yetgan. 4 mingga yaqin odam jarohatlangan, ulardan 400 nafarining ahvoli og'ir. Litiyli batareyalarning haddan tashqari qizishi natijasida sodir bo'lgan deb taxmin qilinayotgan portlashlar kiberhujum natijasi bo'lishi mumkin. Makronga impichment e'lon qilish uchun petitsiyaga 310 mingdan ortiq kishi imzo chekdi “Bo‘ysunmas Fransiya” so‘l qanot partiyasi prezident Emmanuel Makronning impichmentini qo‘llab-quvvatlash uchun 310 mingdan ortiq imzo to‘pladi. Bunga uning parlament saylovlarida g‘alaba qozonganiga qaramay, chap koalitsiya vakilini bosh vazir etib tayinlashdan bosh tortgani sabab bo‘lmoqda. Tailand hukumati aholiga 4,4 milliard dollar tarqatmoqchi Tailand hukumati iqtisodiyotni rag'batlantirish uchun 145,6 milliard bat (4,4 milliard dollar) to'lov rejasini tasdiqladi. Taxminan 14,6 million aholi 10 ming bat naqd pul oladi. Ushbu chora-tadbirlar Tailand yalpi ichki mahsulotining o'sishini tezlashtirishga qaratilgan. Qatar Ukrainaga o'ziyurar gaubitsalar beradi Qatar o'zining artilleriya salohiyatining muhim qismini tashkil etuvchi PzH 2000 o'zi yurar gaubitsalari parkining qariyb 50 foizini Ukrainaga topshirishga tayyor. Bu gaubitsalar Ukraina armiyasiga topshirilgunga qadar dastlabki texnik ko‘rikdan o‘tkazish, ta’mirlash va dasturiy ta’minotni yangilash uchun Germaniyaga yuboriladi. Buning evaziga Qatar Germaniyadan 100 million yevroga teng yangi RCH 155 g‘ildirakli gaubitsalarini oladi. Bu qadam Kremlda xavotir uyg‘otadi, chunki Rossiya Qatarga Yaqin Sharqdagi strategik hamkor sifatida qaraydi. 2016-yilda Qatar Rosneftning 20% ulushini va Northern Capital Air Gateway loyihasida 25% ulushini sotib oldi. Biroq, bu iqtisodiy aloqalarga qaramay, Qatar 2022-yildan keyin Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritmadi va ukrainalik bolalarni vataniga qaytarish bo'yicha muzokaralarda vositachi sifatida qatnashdi. Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Show all...
05:10
Video unavailableShow in Telegram
#islom_moliyasi #tahlil #Oʻzbekiston 🟥 “O‘zbekistonga islom moliyasini olib kirmoqchimiz, lekin bizda mutaxassis tayyorlanayotgani yo‘q” – tahlilchi Vatandosh TV tahririyati o‘tkazib kelayotgan “Vatandosh” intellektual klubining navbatdagi soni islom moliyasi, O‘zbekistonda uning kelajagi va bugungi vaziyati tahliliga bag‘ishlandi. Tadbir davomida Bank Moliya akademiyasi prorektori Anvar Tursunov ham chiqish qildi va islom moliyasini joriy qilishda kadrlar tayyorlash tizimining dolzarb masalalarida o‘z fikrlarini bildirdi. To‘liq dasturni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin. Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Show all...
ISLOM MOLIYASI KADRLAR.mp430.87 MB
👍 4🔥 2😡 2👏 1😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
#cheklov #oʻzbek #Oʻzbekiston ⚡️ O‘nlab etnik o‘zbeklarga O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun Turkmanistondan chiqishga ruxsat berilmagan 2023-yil sentyabr oyi boshida Turkmaniston fuqarosi bo‘lgan 50 dan ortiq etnik o‘zbeklarga O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tishga ruxsat berilmagan. Bu yoshlar O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga borishni rejalashtirgan, biroq ularga "Toshhovuz-Shabat" va "Farap-Olot" chegara punktlari orqali Turkmaniston hududini tark etishga ruxsat berilmagan. Yoshlar Xorazm va Buxoro viloyatidagi oliy o‘quv yurtlarining birinchi kurs va tayyorlov bo‘limlariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy o‘quv yurtlariga qabul qilingan. Biroq, shunga qaramay, migratsiya va chegara xizmati xodimlari ularga Turkmanistonni tark etishga ruxsat bermadi. Rasmiy sabab sifatida talabalar qabul qilingan ta’lim muassasalarining Turkmaniston ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan oliy o‘quv yurtlari ro‘yxatiga kiritilmagani sabab bo‘lgan. Bu talabalarning ko‘pchiligi o‘qish uchun barcha xarajatlarni o‘zlari qoplaganliklari va Turkmaniston hukumati tomonidan berilgan imtiyozlardan foydalanish niyatida emasliklarini tushuntirishga harakat qilishgan. Biroq barcha kerakli hujjatlarni taqdim etish ham vaziyatni hal qilishga yordam bermadi. Belgilangan qoidalarga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligining tasdiqlangan ro‘yxatiga kiritilgan oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan Turkmaniston fuqarolari o‘qish uchun haq to‘lash uchun valyutani imtiyozli kurs bo‘yicha konvertatsiya qilish huquqiga ega. Biroq, Turkmaniston qonunlari ushbu ro‘yxatga kiritilmagan universitetlarda fuqarolarning shaxsiy mablag‘lari hisobidan chet elda o‘qishni bevosita taqiqlamaydi. Buxoro viloyatidagi oliy o‘quv yurtlaridan biriga o‘qishga kirgan talabalardan birining onasi migratsiya xizmatining xatti-harakatlari o‘g‘lining ta’lim olish huquqini buzish ekanligini aytgan. U Turkmanistonda etnik o‘zbeklar uchun o‘z ona tilida ta’lim olish nihoyatda qiyin ekanini, ularning O‘zbekistonda o‘qish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi jiddiy muammo ekanini ta’kidlaydi. Milliy ozchiliklar ahvolini o‘rganuvchi ashxobodlik kuzatuvchining qayd etishicha, etnik o‘zbeklarning O‘zbekistonga o‘qish maqsadida borishi taqiqlangani Turkmaniston hukumatining rasmiy bayonotlariga ziddir.
"Turkmaniston-O‘zbekiston chegarasida sodir bo‘lgan so‘nggi voqealar Tashqi ishlar vazirligi vakili Vepa Xojiyevning milliy ozchilik vakillari ushbu til davlat tili bo‘lgan mamlakatlarda, jumladan, etnik o‘zbeklar ham O‘zbekistonga bemalol qilib, u yerda o‘z ona tilida ta’lim olishlari mumkinligi haqidagi bayonotlariga ziddir", - deydi turkmanistonlik kuzatuvchi.
So‘nggi yillarda fuqarolar ikki davlat o‘rtasidagi chegara orqali nafaqat O‘zbekistonga, balki uchinchi davlatlarga tranzit bo‘yicha sayohat qilish uchun ham ommalashdi. Turkmaniston fuqarolari qo‘shni davlat orqali Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlarga ham yo‘l oladi. Turkmaniston hukumati fuqarolarning mamlakat tashqarisiga chiqishini cheklash bo‘yicha o‘z harakatlariga rasman izoh bermagan. Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Show all...
👍 2 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.