cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

WikiTarjima

Wikipediaga boshqa tillardan oʻzbek tiliga tarjima qilingan maqolaga havolalar joylanadi.

Show more
Advertising posts
478
Subscribers
+124 hours
+27 days
+230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

​​#adabiyotnobel 🟡 Genrik Senkevich - 5 nobel sovrindori Polyak adibi Genrik Adam Aleksandr Piy Senkevich 1846 - yil 7- may kuni Polshaning Okjey shaharchasida dunyoga kelgan. 1872 - yilda uning talabalik yillarida yozilgan "Behuda urinish" romani nashrdan chiqariladi va polyak adabiyotida yetakchi yozuvchilardan biri hisoblangan Yuzef Ignatsiy Krashevskiy tomonidan ijobiy baholanadi. Yozuvchi 1 yil davomida AQSH da boʻladi. Tayyorlagan turkum reportajlari va keyin alohida toʻplam holida nashr etilgan "Yoʻldan maktublar" asari katta shuhrat qozonadi. 🔻1884 - yilda adibning "Olov va shamshir" romani chop etildi. 🔻1886 - 1888 - yillarda ketma - ket nashr etilgan "Toshqin" va "Pan Volodiyevskiy" romanlari "Olov va shamshir" bilan birga trilogiyani tashkil etadi. Endi u tarixiy romanlar ustasi sifatida e'tirof qozonadi."Aqidalarsiz", "Polanetskiylar oilasi" romanlarida voqealar asr oxirida Polshada roʻy bergan boʻlib, asar muallifning ilgarigi novellalari bilan uygʻunlikni kasb etadi. "Yoʻl boʻlsin" asari imperator Neron davrida xristian diniga mansub aholiga qilingan zulmlar haqida, "Salb yurishi qahramonlari" asarida polyaklarning XIV - XV asrlar oraligʻida Tevton ritsarlariga qarshi kurah haqida hikoya qiladi,1905- yilda "Shon - shuhrat maydonida" nomli romanni yozib tugatadi. Bu uning ilk tarixiy trilogiyasining davomi edi. 🔻1905- yilda Shvetsiya akademiyasi a'zolarining koʻpchilik qismining ovozi bilan Senkevich "epos sohasida ulkan xizmatlari uchun" adabiyot sohasidagi Nobel mukofoti sovrindori boʻladi. Adib 1916 - yil Vena shahrida vafot etadi. Oradan sakkiz yil oʻtib vatandoshlari uning hokini Polshaga olib keladilar. wikiTarjima - Original tarjimalar
Show all...

👍 8👎 2
​​#adabiyotnobel 🟡 Frederik Mistral - 4 nobel sovrindori Fransiyalik shoir Frederik Mistral 1830 - yil 8 - sentabrda Rona vodiysida joylashgan Meyan qishlogʻida tavallud topgan. 1859 - yilda olam yuzini koʻrgan "Mireyo" poemasi Mistralning provansal adabiyotiga qoʻshgan ilk hissasi boʻldi.1864 - yilda Sharl Guno tomonidan sahnalashtirilgan "Mireyl" operasiga Mistralning asari asos qilib olinadi. 1875 - yilda uning "Oltin orollar" she'riy toʻplami dunyoga keladi.U 1880 - yildan 1886 - yilgacha boʻlgan davrda "Felibr boyliklari" deb nomlangan fransuz - provansal lugʻatini yaratadi.1884 - yilda shoirning Avinonda papa boshqaruvining soʻnggi kunlari haqidagi "Nerto" dostoni nashrdan chiqdi. Mistral yagona dramasi — "Qirol Jano" ni 1890 - yilda eʼlon qilgan. 1897 - yilda chiqqan "Rona haqidagi doston" ida muallif Rona daryosi va uning qirgʻoqlari boʻylab joylashgan shaharlarni madh etadi. 1904 - yilda "xalq ruhiyatini haqqoniy koʻrsatib bergan she'riy asarlaridagi musaffolik va originallik uchun" adabiyot sohasidagi Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. Yozuvchining soʻnggi ikki asari — "Mistral esdaliklari" va "Zaytun yigʻimi" she'riy toʻplami 1906 - yilda kitobxonlarga taqdim etiladi. Adib 1914 - yilning 25 - mart kuni, 83 yoshida vafot etadi. wikiTarjima - Original tarjimalar
Show all...

👍 9👎 1
​​#adabiyotnobel 🟡 Byornsterne Byornson - 3 nobel sovrindori Byornsterne Byornson (1832-1910) shoir, yozuvchi, dramaturg, jurnalist Byornsterne Martinius Byornson oltita oʻgʻilning birinchisi boʻlib dunyoga kelgan. Adib to 1873- yilgacha asosan she'rlar, qoʻshiqlar, ertaklar, qissa va pyesalar yaratgan. Ularning aksariyati tarixiy mavzularda edi. Ularning asosiy qahramonlari dehqonlar va oʻrta asrlardan hikoya qiluvchi Norvegiya dostonlarining qahramonlari edi. Adibning 1859- yildagi "Arne"va 1860 - yilda chiqqan "Shoʻx yigit" kabi lirik qissalari uslub jihatdan xalq ogʻzaki ijodiga oʻxshash boʻlib, zamonaviy jamiyatda dehqonlarning turmush tarzi haqida hikoya qiladi va ijobiy ruhda yakun topadi. Muallifning ilk sahna asari sifatida "Janglar orasida" pyesasi tan olinadi. Oʻn ikkinchi asrda Norvegiyada boʻlib oʻtgan dramatik voqealarni tasvirlagan ushbu asardan keyin "Oqsoqol Guda", "Qirol Sverre", "Zolim Sigurd", "Mariya Styuart Shotlandiyada" dramalari paydo boʻldi. 🔻1860 - yillar oxiriga kelib, adibning nazm bobidagi ijodi oʻz choʻqqisiga erishdi. Uning "She'rlar va qoʻshiqlar" toʻplamiga kiritilgan asarlarining koʻpchiligiga kuy bastalangan. 🔻1903 - yilda Shvetsiya akademiyasi Byornsonni adabiyot sohasidagi Nobel mukofoti bilan taqdirlashga qaror qildi. 🔻1910 - yilda dramaturg oʻzining soʻnggi "Uzum gullaganda" asarini e'lon qiladi. Adib oradan 1 yil oʻtib, Parij shahrida, 77 yoshida olamdan oʻtadi. 1919 - yilda muallifning toʻqqiz tomlik asarlar toʻplami nashr etiladi. wikiTarjima - Original tarjimalar
Show all...

👍 6👎 1
​​#adabiyotnobel 🟡 Teodor Mommzen Teodor Mommzen nemis olimi,arxeologi, siyosatchisi, jurnalisti va tarixchisi bo'lib 1817- yilda Daniyaga tegishli boʻlgan Shlezvig shahrida tugʻilgan Mommzenning merosida eng birinchi ahamiyat kasb etuvchi soha bu epigrafiya yoʻnalishidagi ishlardir. Jumladan, uning 1850 - yilda nashr etilgan "Die unterialischen Dialekte" asarida, hali bu sohani oʻrganishning kurtaklari nishona berayotgan davrda u juda koʻp italyan lahjalarini yiqqan va ular boʻyicha tushuntirishlar bergan. Mommzenning "Rim tarixi" asari dunyoning koʻplab tillariga tarjima qilingan va 7 marta qayta nashr qilingan.Mommzenda Rim tarixini yaratish borasida juda katta ilmiy salohiyati boʻlganini uning "Rim tadqiqotlari" asaridan ham anglash mumkin. Diagestning matnlarini tanqidiy tahlil qilgan Mommzen Berlin akademiyasining e'tirofiga koʻra, yurisprudensiyaga poydevor qoʻygan. * 1902- yilda Shvetsiya akademiyasi "ulkan ilmiy va adabiy asarlari uchun" Teodor Mommzenga adabiyot sohasidagi Nobel mukofotini berishga qaror qiladi. *Buyuk olim 1903 - yil 1-noyabrda vafot etgan. wikiTarjima - Original tarjimalar
Show all...

👍 8👎 1
​​#adabiyotnobel 🟡 Rene Syulli - Pryudom Birinchi boʻlib adabiyot sohasidagi Nobel mukofotiga munosib koʻrilgan inson.1839 - yil 16 - mart kuni Parijda tavallud topgan. Uning ilk she'riy toʻplami 1865 - yilda olam yuzini koʻrgan. Toʻplamga nufuzli tanqidchi Sharl Ogyusten Sent - Bev yuqori baho bergan.Uch yil davomida shoirning antik afsonalar yoʻlidagi "Avgiy otxonasi", "Italiya lavhalari", "Yolgʻizlik" kitoblari bosmadan chiqdi. Parijning Pruss qoʻshinlari tomonidan qamal qilingan davrida shoirning salomatligi ogʻirlashadi. Qamaldan keyin esa u oyogʻidan ayriladi. Davolanish yillarida shoir vatanparvarlik mavzularida she'rlar yozadi va 1870 - yilda ularni "Harbiydagi xotiralar" nomi bilan nashr ettiradi. 1888 - yilda shoir "Baxt" nomli toʻrt ming satrdan iborat epik dostonni yozib tugatadi. 1901 - yilda adib adabiyot yoʻnalishida birinchi Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. Jiddiy xasta boʻlgan shoir "Erkin tanlash psixologiyasi" nomli soʻnggi asarida tanlash erkinligi tabiatga jo boʻlgan va shunday boʻlgani maʼqul, degan xulosani ilgari suradi. Syulli - Pryudom 1907 - yil 7 - sentabr kuni Parij yaqinidagi Shatn - Malabri shahrida joylashgan villasida vafot etadi. Syulli - Pryudomni koʻproq Nobel mukofotidan qolgan mablagʻlari hisobidan Fransiyadagi yosh shoirlarga ta'sis etgan adabiy mukofotning asoschisi sifatida tanishadi. wikiTarjima - Original tarjimalar
Show all...

👍 4👎 1
​​▪️Adabiyot bo'yicha nobel Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti, shved adabiyoti boʻyicha mukofot boʻlib, 1901-yildan beri har yili shved sanoatchisi Alfred Nobelning "adabiyot sohasida idealistik yo'nalishdagi eng ajoyib asarini yaratdi" (asl shvedcha: den som inom litteraturen har productionrat det utmärktaste i idealisk riktning) vasiyatnomasiga koʻra, har qanday mamlakatdan boʻlgan muallifga beriladi. Ayrim asarlar ba'zan alohida e'tiborga loyiq deb hisoblansa-da, mukofot muallifning butun asariga asoslanadi va Shvetsiya akademiyasi mukofotni kim olishini hal qiladi. Akademiya laureat(g'olib) nomini oktyabr oyi boshida e'lon qiladi. Bu 1895 yilda Alfred Nobel vasiyatiga ko'ra ta'sis etilgan beshta Nobel mukofotlaridan biridir. Adabiyot an'anaviy tarzda Nobel mukofotini topshirish marosimida topshiriladigan yakuniy mukofotdir ya'ni fizika,kimyo,iqtisod,tinchlik va tibbiyot uchun beriladigan mukofotlardan so'ng oxirgi bo'lib adabiyot bo'yicha nobel topshiriladi, Ba'zi hollarda mukofot keyingi yilga qoldirildi, oxirgi marta bunday holat 2018 yilda sodir bo'lgan. Demak bizda yangi rubrika, endi kanalimizda #adabiyotnobel hashtagi ostida adabiyot bo'yicha barcha so'vrindorlar haqida qisqa va ma'lumotlarga boy postlar joylanadi. Do'stingizga ulashing - wikiTarjima - Original tarjimalar
Show all...

👍 9👎 1
​​▪️Chumoli doirasi Chumoli doirasi (Chumolilar aylanishi, o’lim doirasi, o’lim karuseli) – kichik guruhi, o’zi-o’zidan doira shaklida yurishini boshlaydi. Ularga ergashib boshqa chumolilar ham doirani kengaytiradi.Bu jarayon, to chumolilar o’limga bormaguncha qadar yoki biror chumoli, adashib doiradan chiqib ketmaguncha qadar davom etadi. Doirada ohirigacha qolgan chumolilarning bari halok bo’ladi. Ushbu jarayonni ilk bor, amerikalik mirmekolog Uilyam Morton Uiler, 1910 – yilda , o’z labaratoriyasida chumolilarning doira hosil qilib, yurishni kuzatadi. Bu hodisa 46 soat davom etib, yakunda barcha chumolilar halok bo’ladi. Amerikalik sayohatchi Uilyam Bib, o’zining “Djungli chekkasi” (edge of the Jungle) kitobida, Gayanada uchratgan hodisalar haqida yozar ekan, diametri 365 metr bo’lgan chumolilar doirasini uchratganini va bu jarayon 2 kun davom etib, barcha chumolilarning o’limi bilan yakunlangani yozadi. Hozircha bu hodisaning sababi to’liq aniqlamagan. wikiTarjima - Original tarjimalar
Show all...

👍 7
Photo unavailableShow in Telegram
#qiziqfakt "Tsudzigiri" - tarjima qilinganda “chorraxadagi qotillik” degan ma’noni anglatadi. Tsudzigiri bu, yapon samuraylari, yangi katana olishganida yoki yangi jang uslubini o’rganganda, ko’chadagi o’zi istagan himoyasiz insonda buni sinab ko’rishini anglatadi.Bu ish asosan tunda amalga oshiriladi va ko’p hollarda sinalgan odamning o’limi bilan tugaydi. Bora-bora bu Yaponiyada ko’plab qotilliklarni olib kelgan.Keyinchalik Tsudsigiriga ta’qiq qo’yilgan. wikiTarjima - Original tarjimalar
Show all...
👍 5
​​🔷Svetlana Savitskaya Svetlana Evgenievna Savitskaya (8-avgust 1948-yil,Moskvada tugʻilgan) – Sovet kosmonavti, sinovchi-uchuvchi, oʻqituvchi va jamoat arbobi, texnika fanlari nomzodi, SSSR Harbiy-havo kuchlari polkovnigi. Valentina Tereshkovadan keyin dunyodagi ikkinchi ayol kosmonavt. Ikki karra Sovet Ittifoqi Qahramoni (1982, 1984). SSSR uchuvchi-kosmonavti (1982). SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1970). 1975-yildan beri KPSS / KPRF aʼzosi. SSSR Oliy Kengashi deputati (1989—1991). Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasidan II, III, IV, V, VI, VII, VIII chaqiriqlar Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasi deputati (1995-yil 17-dekabrdan1). Ikka marta Sovet ittifoqi Qahramoni boʻlgan yagona ayol. 1975—1978-yillarda u MiG-25PU jangovar mashgʻulotlarida ayollar oʻrtasida balandlik va parvoz tezligi boʻyicha 4 ta rekord oʻrnatadi : 🔻jahon tezlik rekordi (2683,44 km/soat, 1975-yil 22-iyun); 🔻parvoz balandligi rekordi (21209,9 m, 1977-yil 31-avgust); 🔻500 km masofada tezlik rekordi (2466,1 km / soat, 1977-yil 21-oktabr); 🔻1000 km (2333 km / soat, 1978-yil 12-aprel) yopiq marshrutda tezlik rekordi To'liq maqolani o'qish uchun bosing wikiTarjima - Original tarjimalar
Show all...

👍 6
Mustaqillik bayrami muborak boʻlsin aziz yurtdoshlar 🎉🎉
Show all...
👍 7
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.