cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Maqsadli mijoz

Marketing haqida oson tilda gaplashamiz. 🎬YouTube kanal: https://shorturl.at/dZH0F 👨🏻‍💻Muallif: @shahadolimov 🤝Hamkorlik: @nurullox_77

Show more
Advertising posts
3 932
Subscribers
+4824 hours
+4787 days
+2 74230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Kreativ reklamani noldan o‘rganish uchun nima qilish kerak? Bu savolga "605" marketing agentligi asoschisi, @marketingbolimi loyihasi muallifi Otabek Sharapovdan javob oldik. Marhamat, qolganini to'g'ridan-to'g'ri Otabek akadan eshiting: Assalomu alaykum, men Otabek Sharapovman. 10 yildan beri marketing sohasida ishlayman. Lekin o‘zimni marketolog deb ayta olmayman. Men ko‘proq marketingning kreativ yo‘nalishida o‘zimni yaxshi his qilaman. Shuning uchun bo‘lsa kerak, meni o‘zimdan ko‘ra, men qatnashgan loyihalar ko‘proq mashhur. “Issiq-sovuq qilamiz” yoki “Onasini emsin” reklamalari bunga misol. 🧱 Xo‘sh, dunyoda o‘zi kimdir biron sohani mukammal bilgan holda tug‘iladimi? Albatta yo‘q. Hammamiz har kasbni noldan o‘rganamiz. Demak, kreativda siz nol bo‘lsangiz, bu ayni muddao. Birgalikda kreativlikni rivojlanish qadamlarini ko‘rib chiqamiz. —— Nol bosqichi. Kreativlik o‘zi nima ekanligini bilib olamiz. Nima u kreativ? Abstrakt suratlarmi? Yoki mantiqsizdek ko‘rinadigan g‘alati reklama? Yoki hammani kuldirib yuboradigan rolik? 🍞 Kreativlik - bu biron holatni, masalani, muammoni avval hech kim tutmagan yo‘l bilan yechish. Novvoyxona yoki xususiy maktabga nom tanlamoqchisiz. Tashkilot egasining ismi va familiyasini, yoki Buyuk Britaniyadagi shaharchalarning nomini qo‘ymasdan, oddiy bo‘lsa ham o‘zgacha nom o‘ylab topish - bu kreativlik. —— Birinchi bosqich. Siz kreativ insonsiz. Siz ham hayotingizda kreativ yechimlar topgan bo‘lishingiz mumkin. Eslab ko‘ring. 🦷 Masalan kecha, ishxonamizdagi marketing menejerimiz Behruz, o‘zining iPhone smartfonining nomini kreativ nomlab qo‘yibdi. Bilasizmi, bluetooth yoki AirDrop’dan qurilmani qidirganingizda nomlar chiqadi-ku. Barcha iPhone’larda standart nom “Otabek’s iPhone” (falonchining ayfoni) deb yozilgan bo‘ladi-da. Behruz esa Beha’s Nokia deb yozib olibdi. 🚲 Yoki kopirayterimiz Bekzod. U avval do‘konda ishlaganida, yoz mavsumida eshiklar yopiq bo‘lsa, odam kim kirarkan. Eshikni ochib bo‘lmaydi. Nima qilish kerak? Bekzod do‘kon oldiga velosiped qo‘yib qo‘ygan. Natijada tashrif buyuruvchilar ko‘paya boshlagan. —— Ikkinchi bosqich. Miyaga vazifa bering. Kundalik hayotingiz davomida, har xil holatlarda ko‘p va turli yechimlar berishga harakat qiling. 🧠 Miyaga “buni qanday qilib o‘zgacha yo‘l bilan hal qilsa bo‘ladi” degan vazifa bering. Javob albatta topiladi, Xudo xohlasa. —— Uchinchi bosqich. Kreativ chiniqish. Bu eng asosiy va eng davomiy bosqich. Umringiz oxirigacha davom etadi. Kutganmidingiz? Eeey. Tayyormisiz? 😉 💪 Kreativlikni chiniqtirish mumkin. Ha, u xuddi muskul kabi. Chunki bu miyaning bir vazifasi. Miyani ham (kreativlikni ham) muskullar kabi chiniqtirib turish muhim. Kreativlikni qanday chiniqtiramiz? Ko‘p ko‘rish va o‘ylash orqali. 1. Ko‘rgazmalarga boring. Turli yo‘nalishlarda. Arxitektura, san’at, IT va hokazo. Bugun masalan, ICTWeek’ka boring, ana. 2. Ko‘p reklamalarni ko‘ring. O‘zimizdan, qo‘shnilar va chet el reklamalarini. Nega bunday yurish qilgan, nima demoqchi, maqsad qanday bo‘lgan. Reklamaga (shu orqali o‘zingizga) savollar bering. 3. Ko‘p keyslar o‘rganing. Biznes, startap, marketing keyslari. Keyslarda g‘oya, bosib o‘tilgan yo‘l, omadsizlik va omadlar batafsil yozilgan bo‘ladi. 4. Shohboz Dolimov kanalini ko‘proq o‘qing 😉 Har bir postni. Qo‘yib yubormasdan. Shunda mana shu maqola kabi foydali (xooo😁) postlarni o‘tkazib yubormaysiz. Vagondan chiqayotganingizda buyumlaringizni unutmang. Xayr salomat bo‘ling 😉 #marketing0dan @maqsadli_mijoz
Show all...
🔥 60
Photo unavailableShow in Telegram
🎙 Bugun siz bilan gaplashamiz! Loyihamizning asosiy maqsadi o‘zbek tilidagi marketing materiallarini ko‘paytirishga hissa qo‘shish.  Shu sababdan, kanalimizda ovozli suhbatlar rubrikasini boshlayapmiz.  📌 Birinchi ovozli chat bugun, 18:00 da bo‘lib o‘tadi. Marketingga aloqador istalgan savolingizga javob olishingiz mumkin bo‘ladi. Savollaringizni shu post izohiga avvaldan yozib qoldiring.  Do‘stlaringizni ham ovozli chatga taklif qilmoqchi bo‘lsangiz, chat @maqsadli_mijoz kanalida bo‘lishi haqida aytsangiz bo‘ladi. 😉 #marketingsuhbat @maqsadli_mijoz
Show all...
🔥 61
Photo unavailableShow in Telegram
Copywriting marketingning yuragi hisoblanadi. Har bir marketolog o‘z g‘oyalarini yozma tarzda aniq bayon qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Yozish orqali sifatli auditoriyani jalb qilish mumkin. Yozish nafaqat yozishingizga, balki gapirishingiz va fikrlashingizga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi 6 oydan ko‘proq vaqt davomida shu ko‘nikmani shakllantirish uchun Telegram kanalimni faol yuritishni boshladim. Qisqa vaqt ichida shaxsiy Telegram kanalimgа 10 mingdan ziyod sifatli auditoriyani jalb qilishga erishdim. Endi o‘rganganlarimni sizlarga video shaklida taqdim etishga qaror qildim. Videoda siz: - yozishning foydalari, - shaxsiy blog nima uchun kerakligi, - obunachilarni o‘stirishning 7 qadami va boshqa qiziqarli ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin. 📹Videoni ko‘rish uchun👇 Telegramda obunachi ko’paytirish formulasi @maqsadli_mijoz
Show all...
🔥 56
Yaponiya🇯🇵 1-kursning ilk haftalari. Universitetimiz shunchalar katta ediki, bir amallab, leksiya xonasini topdim. 100 kishidan ortiq talaba sig‘adigan xona. Joylar xalqaro talabalar bilan to‘la. Hali ham Yaponiyada ta’lim olayotganimga ishona olmay yurgan kunlarim. Eshikni ochib koreys millatiga mansub professor Lee Geunhee kirib keldi.  Aytishlaricha professor Lee, universitetning eng mashhur marketing professorlaridan ekan. Marketingga aynan shu inson meni birinchi marta tanishtirgan. Ungacha nimaligini bilmasam ham "biznesmen" bo‘laman deb yurardim. Menga berilgan boshqa fanlarga (moliya, buxgalteriya, ekonomika) qaraganda marketing terminlarini ancha oson qabul qilishni boshladim.  Shu-shu, bakalavrni qolgan yillarini marketing haqida ko‘proq o‘rganishga va bu muhabbatim sabab magistraturani ham marketingda davom ettirishga qaror qildim. Magistraturadan keyin bir nechta xalqaro kompaniyalarda ishladim va tajribamga asoslanib O‘zbekistonda "Meraki Marketing" agentligiga asos soldim. Meraki hozirda O‘zbekistonni eng yirik qurilish kompaniyalariga digital marketing xizmatlari ko‘rsatib kelmoqda. Shu orada bilganlarimni boshqalar bilan ulashish maqsadida, "Marketing Mastery" deb nomlangan mualliflik kursimni ochdim. Kursda 200 dan ortiq o‘quvchilar o‘qishdi va sezilarli natijalarga erishishdi. Kimdir sotuv uchrashuviga ishonch bilan kirishni boshlagan bo‘lsa, yana kimdir o‘zini marketing agentligini ochdi. Bu natijalarga erishishlariga avvalo Alloh, keyin o‘zlarini tinimsiz harakatlari va mening ozgina ko‘maklashishim sabab bo‘ldi. To‘g‘risi menga o‘qitish juda yoqdi. Shuning uchun yaqinda kursimni ikkinchi bosqichi "Marketing Mastery 2.0" ga start bermoqchimiz. Mendan marketingni o‘rganish istagi bo‘lsa quyidagi link orqali avvaldan joyingizni band qilishingiz mumkin. 👉 Joy band qilish @maqsadli_mijoz
Show all...
🔥 54
Photo unavailableShow in Telegram
🚀 Seth Godinning “This is Marketing” kitobida shunday qiziqarli iqtibos keladi:“Marketing bu — mijozlaringizga haqiqiy foyda keltirish va ularni qanday qilib rozi qilishni bilishdir.” Yaxshilab e’tibor bersangiz Marketing sohasida ko‘p marketologlar quyidagi og‘riqlarni boshdan kechirishadi: Katta raqobat: Ko‘plab brendlar o‘z mahsulotlarini reklama qilishmoqda. Tushunarsiz auditoriya: Kim uchun marketing qilishni aniqlash qiyin. Yuqori xarajatlar: Reklama va sotuvlarni oshirish uchun katta mablag‘ sarflanadi. 🎯 “This is Marketing” kitobi bu muammolarni hal qilishda yordam beradi: To‘g‘ri auditoriyani aniqlash: Kimga xizmat qilish kerakligini tushunish. Haqiqiy qiymat yaratish: Faqat mahsulot sotishdan ko‘ra, mijozlarga foyda keltirish. Kichik, lekin sodiq mijozlar: Katta auditoriya o‘rniga ishonchli mijozlar jamiyatini yaratish. Agar marketing sohasida o‘zingizni rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz, bu kitobni o‘qishni tavsiya qilaman. Haqiqiy marketing qanday bo‘lishini bilib olasiz! 🔔 Kitob o’zbek tiliga ham tarjima qilingan. Xarid qilishingiz va foydalanishingiz mumkin. #kitobtavsiya @maqsadli_mijoz
Show all...
🔥 39
Photo unavailableShow in Telegram
Raqobatchilarni qanday qilib tahlil qilish kerak? 🔎 Odatda marketologlar raqobatchilarni faqatgina strategiya tuzish vaqtida, ya’ni loyiha start’ida o‘rganishadi, xolos. Ba’zan bu o‘rganilgan ma’lumotlardan ham foydalanmaslik holatlarini kuzataman.  Savollar tug‘ilayotgan bo‘lsa kerak: - Raqobatchilarning aynan qaysi ma’lumotlarini bilish muhim? - Bu datalardan qanday qilib foydalanish kerak?  - Raqobatchilarni har qancha muddatda o‘rganish kerak o‘zi? Yuqoridagi savollarga to‘liq javob berish maqsadida navbatdagi video-darslikni aynan shu mavzuda qildik.  🎁 Shuningdek, darslikda o‘zim har doim foydalanadigan "tahlil qilish jadvalini" ham ko‘rsatib o‘tdim. Videoni ko'rib, siz buni bepulga yuklab olishingiz va foydalanishingiz mumkin.  📹Videoni ko‘rish uchun.👇 Bu sirni raqobatchilaringiz bilmasin! @maqsadli_mijoz
Show all...
🔥 41
Korxona necha foiz mijozini saqlab qolayotganini qanday o'lchash mumkin? Aksariyat kompaniyalar yangi mijozlar oqimini oshirishga katta e'tibor qaratishadi. Ammo mavjud mijozlarni ushlab qolish — yangi mijozlarni jalb qilishdan ancha samarali va osonroq. ⭐️ Customer Retention Rate (CRR) — bu ma'lum vaqt oralig'ida kompaniyada mijozlarni qancha foizi saqlanib qolganini o'lchaydigan ko'rsatkich. CRR'ni o'lchash nima uchun muhim? - Yuqori CRR foydaning oshishini ta'minlaydi, chunki mijozlar uzoqroq davrda ko'proq xarid qiladilar. - Mijozlarning sodiqlik darajasini o'lchash va buni yaxshilash uchun strategiyalar ishlashda foydalanish mumkin. CRR hisoblash formulasi:
CRR = [(EC – NC) / SC] x 100
EC (End Customers) – Ma’lum bir davr oxiridagi mijozlar soni • NC (New Customers) – Shu davrda qo‘shilgan yangi mijozlar soni • SC (Start Customers) – Davr boshidagi mijozlar soni ——— Aytaylik, siz yil boshida 150 ta mijozga ega edingiz. Yil davomida siz yangi 30 ta mijoz qo'shgan bo'lsangiz va yil oxirida sizning umumiy mijozlaringiz soni 90 tani tashkil qilsa, CRR quyidagicha hisoblanadi: CRR = [(90−30) / 150] x 100 = 40% ——— Qanday kompaniyalar uchun odatda CRR muhim hisoblanadi? - Obuna modellariga asoslangan loyihalar (Netflix, Spotify) - Retaill va E-commerce (Uzum, chakana savdo loyihalari) - Bank va moliyaviy xizmatlar (Payme, Click) - Telekom xizmatlari - Onlayn o'yin platformalari - Xizmat ko'rsatish sohalarida (Fitnes-klublar, go'zallik salonlari) - Onlayn ta'lim platformalari - Oziq ovqat yetkazib berish, restoranlar 🔔 Maqola foydali bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz bilan bo'lishing. #marketingformula @maqsadli_mijoz
Show all...
🔥 75
10 yoshli jiyanimga "Segmentlash" nima ekanligini qanday tushuntirgan bo‘lar edim? Avvalgi suhbatimizda do‘stlaringni yaxshiroq tushunish uchun "CustDev" nima ekanligini o‘rgatgan edim.  🎡 Kel, bugun ularni yanada yaqinroqdan tanish va ahamiyatli takliflar berolishing uchun qanday qilib "kichik-kichik guruhlarga" bo‘lish va buning marketing‘dagi ahamiyati haqida gapirib beraman.  Sendan ingliz tili darslarini (mahsulotni) sotib oladigan o‘quvchilarni (xaridorlarni) olaylik. Ular turli holatdagi, til o‘rganish uchun turfa sabablari bor bolalar.  🚀 Ba’zi bolalar darslarni tezroq, boshqalar o‘yinlar bilan o‘rganishni xohlashadi. Bu o‘z-o‘zidan ularni xohishlariga ko‘ra ikki guruhga (segmentga) bo‘lib qo‘yadi.  Bunday guruhlarga bo‘lib segmentlashdan nima foyda? Bu senga ma’lum bir turdagi mijozlarni yaqinroqdan tanish, reklamalarni samaraliroq qilish va ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish imkonini beradi.  Ahamiyat ber, odatda xaridorlarni 4 xil uslubda segmentlarga ajaratiladi:  1. Demografik holatiga ko‘ra. Bunda sen guruhlarni mijozlarning yoshi, jinsi, daromad, ta’lim darajasi, oilaviy holati kabi masalalarni hisobga olasan. 2. Geografik segmentlash. Mamlakat, shahar kattaligi, joylashuv iqlimiga ko‘ra.  3. Psixografik segmentlash. Qadriyatlar, hayot tarzi, shaxsiyat turiga ko‘ra. 4. Harakatlariga ko‘ra. Mahsulotdan foydalanish chastotasi, sodiqlik darajasi, xarid qilish davri kabi o‘lchovlarni hisobga olib guruhlarga bo‘lasan. 📝 Yuqoridagilardan kelib chiqib o‘zing dars berayotgan bolalarni ikki guruhga segmentlab olish senga vazifa bo‘ladi. #soddamarketing @maqsadli_mijoz
Show all...
🔥 54
Photo unavailableShow in Telegram
Ko'p marketolog'lar ijtimoiy tarmoqlarga kontent g'oya topishga qiynalishadi. Buni asosiy ikkita sababi bor: 1. Kontent marketing'ni asl mohiyatini tushunmaslik 2. Shablon ishlashga (har oy 10-12 ta post) o'rganib qolganlik Shu muammolarga yechim sifatida, jamoamiz bilan 20 daqiqalik dars tayyorladik. Darsdan so'ng siz: - Kontent marketing o'zi nima? - Ijtimoiy tarmoqlarga cheksiz kontent g'oya topish - O'zimning mualliflik "o'rgimchak" kontent marketing formulasi - Kontent g'oya topishning 5 uslubi va boshqa qiziqarli mavzular haqida bilib olasiz. Videoni ko'rish uchun👇 📹Ijtimoiy tarmoqlaringiz uchun cheksiz kontent topish formulasi @maqsadli_mijoz
Show all...
🔥 79
Photo unavailableShow in Telegram
Reklama — zerikarli bo‘lganingiz uchun qilinadigan to‘lovdir! 📖 Bugun siz bilan Andy Sernovitz tomonidan yozilgan "Sarafan Marketing: Aqlli kompaniyalar qanday qilib odamlarni o‘zi haqida gapirishga majbur qiladi?" kitobi haqida gaplashamiz.  Kitob haqida qisqacha: Birinchi qadamda bizneslar qanday qilib oddiy xaridorlarni sodiq mijozga aylantirishini o‘rgatadi. Keyin esa, bu sodiq xaridorlar jamiyatidan biznesingiz haqida gapiruvchi notiqlarni yetishtirishni va ulardan qanday foydalanish yo‘llarini tushuntiradi.  🏆 Kompaniya haqidagi salbiy fikrlardan imkoniyat sifatida foydalanish, ommaga qiziqarli bo‘ladigan reklamalar qanday bo‘lishi va sarafan marketing qanday qurilishini o‘rganishni xohlasangiz, bu kitobni albatta o‘qing.  Kitob kimlar uchun: - Faqat reklamalar orqali biznesini ommalashtirayotgan biznes egalari uchun; - Marketingda yangilik qilishni, odamlarni gapirishga undaydigan strategiyalar ishlab chiqishni xohlayotgan marketologlar uchun; - Brend menejerlar, sotuvchilar va mijoz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘ladigan har qanday soha egalari uchun.  Kitobdan TOP 3 fikr: 1. Faqatgina mijozlar sizning notig‘ingiz bo‘lmaydi. Sizdan hech narsa sotib olmaydigan fanat ishqibozlar ham bo‘lishi mumkin. Ferrarini xaridorlaridan ham ishqibozlari ko‘proq. 2. Agarda reklama suhbat uchun arzirli bo‘lmasa, uni ommaga namoyish qilmaslik kerak.  3. Odamlarni baxtli qiling: Mamnun mijozlar - sizning eng yaxshi reklamachilaringizdir.  🔎 Kitob o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Bir nechta manbalar orqali xarid qilishingiz mumkin ekan. Kitobda berilgan amaliy qo‘llanmalar va gaydlarni shu saytdan yuklab olishingiz mumkin.  (agar foydali bo‘lgan bo‘lsa, bu kitobni o‘qishi kerak bo‘lgan yaqinlaringiz bilan ulashib qo‘ying) #kitobtavsiya @maqsadli_mijoz
Show all...
🔥 84
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.