cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Xorazm viloyati hokimining matbuot kotibi| Odilbek Adambaev

Xorazm viloyati hokimi matbuot kotibining rasmiy kanali

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
476
المشتركون
+124 ساعات
-57 أيام
-1330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
Уй-жой учун субсидия олиш тартиби: муҳим 7 саволга жавоб 23 сентябрдан субсидия учун аризалар қабул қилиш бошланади. Ариза берувчи ўзининг даромади етмаса, унинг хоҳишига кўра, даромадлари ҳисоб-китобига яқин қариндошларининг ҳам даромадларини киритиши мумкин. Батафсил 👉 Ўқиш Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
إظهار الكل...
Repost from Hudud Inform
04:30
Video unavailableShow in Telegram
Аралаш сайлов тизимида депутатлик ўринларини тақсимлаш тартиби 🔔 Пропорционал тизимда сиёсий партияларга берилган овозлар асосида 75 та депутатлик ўринлари партиялар ўртасида қандай тақсимланади? Бугун ушбу масалани батафсил тушунтирамиз. https://t.me/hudud_inform
إظهار الكل...
Hisoblash Rolik Retouch.mp449.11 MB
Энди ҳамма ҳам таълим кредити ололмайди (Вазирлар Маҳкамасининг 579- сонли қарори. 16.09.2024) ⁃ олий ва профессионал таълим ташкилотларида таҳсил олиш учун таълим кредитини фақат кундузги таълим шаклида ўқиётган талаба ва ўқувчиларга ажратиш тизимини йўлга қўйиш; ⁃ олий таълим ташкилотларида таҳсил олаётган иккинчи ва ундан юқори босқич талабалари учун фанларни ўзлаштиришнинг ўртача кўрсатгичи “3” дан паст бўлган тақдирда, тўлов-контракт суммасининг кўпи билан 80 фоизи миқдорида таълим кредити ажратиш амалиёти жорий қилинади. Шунингдек, олий таълим ташкилотлари талабалари учун таълим кредити улар тўғрисидаги маълумот Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлигининг kontrakt.edu.uz ва HEMIS ахборот тизимида; ўрта-махсус ва профессионал таълим ташкилотлари ўқувчилари учун эса улар тўғрисидаги маълумот prof.edu.uz ахборот тизимида мавжуд бўлган тақдирда ажратилади.
إظهار الكل...
Таълим кредит ажратиш тартиби.pdf1.15 MB
⏺4️⃣4️⃣4️⃣ #BiznesMarafon 👥 Ko‘plab yoshlarning talab va istaklariga binoan “Biznes marafon”ning 5-mavsumiga start berildi! 📊 Sohaga qiziquvchi barchani:
🗓 18-sentabr soat 18:00da Xiva shahridagi Ichan Qal’a me’moriy yodgorligida; 🗓 19-sentabr soat 15:00da esa Nukus shahridagi "Oqqush" meʼmorchilik kompleksida joylashgan Oʻtovda kutib qolamiz!
🔎 Marafonda O‘zbekistonning yetakchi tadbirkorlari bilan bevosita fikr almashish va biznes g‘oyalarni amalga oshirish uchun qimmatli maslahatlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 👇Qatnashish uchun quyidagi botda ro‘yxatdan o‘ting!!! 📁 @biznesmarafon_bot Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube 🌐Sayt
إظهار الكل...
IMG_0236.MP422.72 MB
Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti berish tartibi haqida ma’lumot Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga foizsiz (0%) ta’lim krediti berish tizimi joriy etilgan. ❓Kimlarga beriladi? ✅ O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallari); ✅ O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.). ❓Qaysi kurslarga beriladi? ✅ Barcha kursdagilarga beriladi, 1-kursmi, 3-kursmi, farqi yo‘q. ❓Qaysi ta’lim shakliga beriladi? ✔️ faqat kunduzgi shaklga. ❌ Quyidagilarga berilmaydi: ➖ super-kontrakt; ➖ sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shaklga; ➖ qo‘shma ta’lim; ➖ ikkinchi mutaxassislik; ➖ ordinatura; ➖ xorijdagi OTMlarga. ❓To‘lash qachondan boshlanadi? Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (ya’ni olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln so‘m ta’lim krediti olinsa, o‘qishni tugatgandan so‘ng, 6 oy o‘tgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming so‘mdan to‘lab boriladi. ❓Foizsiz ta’lim krediti olish uchun kam ta’minlangan bo’lish kerakmi? ✅ Yo’q, ushbu ta’lim krediti oilaviy ahvolidan qat’i nazar barcha xotin-qizlarga beriladi, faqat "Ayollar daftari"ga kirganlarga, ehtiyojmand oilalarga beriladi, degan gap noto‘g‘ri. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Таълим #Биласизми 🔰 Қонунчиликка кўра, ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига ёки ота-онаси (қонуний вакиллари)га тегишли бўлмаган уйда ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган давлат ОТМлари талабаларининг ойлик ижара тўлови бир қисмини қоплаб бериш белгиланган. ▶️ Бунда талабгорларга ойлик ижара тўловининг бир қисми ижара шартномасининг суммасидан қатъий назар, қуйидаги миқдорда тўланади. 🔹Тошкент шаҳрида — БҲМнинг бир баравари (340 минг сўм); 🔹қолган ҳудудларда — БҲМнинг ярим баравари (170 минг сўм). ❗️Битта турар жойда икки ва ундан ортиқ талаба ижара ҳуқуқи асосида яшаган ҳолатларда, уларнинг барчаси ижара шартномасида қайд этилган бўлишлари шарт. 📝 Ариза бериш учун талаба белгиланган шаклдаги анкета-аризани икки нусхада тўлдириб, ижара шартномаси нусхаси билан ўзи таълим олаётган факультетнинг ёшлар билан ишлаш бўйича декан ўринбосари ёки ОТМининг талабаларни турар жой билан таъминлаш ишларини мувофиқлаштирувчи бўлимига топшириши лозим. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
إظهار الكل...
TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT ✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). ✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga. ✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga); 👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%); ✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi). ✔️Kimlarga beriladi: ✅ faqat kunduzgi taʼlim shakliga ✅ bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga ✅ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan ✅ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi. ✔️Quyidagilarga berilmaydi: ❌ super-kontrakt uchun; ❌ sirtqi; ❌ kechki; ❌ masofaviy; ❌ maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi. ✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy ✅ oliy; ✅ o‘rta maxsus; ✅ professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari ✅ yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi. ❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi. ❌ HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi. ✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas). ✔️Kimlarga kafillik talab etilmaydi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi. ✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin. ✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) ariza; b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt); d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi; e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa); f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar. ✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi. ✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli. ✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin: 1) https://talim-krediti.mf.uz sayti; 2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677). Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Repost from Xorazm.uz
Photo unavailableShow in Telegram
🥈Ro‘za Kuziyeva kumush medal sohibi! Para pauerlifting bo‘yicha ayollar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida Ro‘za Kuziyeva 147 kg natija qayd etgan holda delegatsiyamiz hisobiga 9-kumush medalni qo'shib qo'ydi. Ma'lumot uchun, Ro'za Kuziyeva bundan avval Tokioda bo'lib o'tgan XVI Paralimpiya o'yinlarida ham kumush medalni qo'lga kiritgan edi. Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram
إظهار الكل...
Умумтаълим мактабларида янги ўқув йили бошланди Бугун вилоятимиздаги барча умумтаълим мактабларида биринчи қўнғироқ садолари жаранглади. 36 минг нафардан зиёд ўғил-қизлар мактаб остонасига илк қадам қўйиб, 1-синфга қабул қилинди. Гурлан туманидаги 5-сонли умумтаълим мактабида ўтказилган тадбирда вилоят ҳокими Жўрабек Рахимов иштирок этди. Ушбу мактаб жорий йилда 9 млрд 400 млн сўм маблағ эвазига мукаммал таъмирланди ва ўқувчиларнинг пухта билим олишлари учун барча шароитлар яратилди. Вилоят ҳокими мактаб жамоасини янги ўқув биноси, ўқув йилининг бошланиши билан қутлаб, келгуси ўқиш ва ишларида омад тилади. Шунингдек, вилоят ҳокими Урганч шаҳридаги жорий йилда мукаммал таъмирланган 13-сонли умумтаълим мактабида бўлиб, яратилган шароитлар, таълим жараёни билан танишди, 1-синф ўқувчиларига чиройли портфель ва ўқув қуроллари тўпламидан иборат "Президент совғаси"ни топширди. Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбек санъати оғир жудоликка учради Ўзбекистон, Туркманистон ва Қорақалпоғистон Республикаси халқ артисти Бобомурод Ҳамдамов 84 ёшида вафот этди. 👉 https://xs.uz/uzkr/118241 Расмий саҳифаларимиз 👇 Instagram | Facebook | Youtube | Telegram
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.