cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

FVMMTB - Rasmiy kanali

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining rasmiy kanali ✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar ✔️ Ijtimoiy yangiliklar ✔️ Ta'lim yangiliklari

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
9 126
المشتركون
-1124 ساعات
-1077 أيام
-51230 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

01:30
Video unavailableShow in Telegram
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi darsliklar bilan ta’minlash va kutubxonalar faoliyatini rivojlantirish sho‘basi boshlig'i Jo‘rabek Sodiqov ishtirokida Brifing                 2024-2025-o‘quv yilida Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim muassasalarining (umumta’lim, nodavlat va ixtisoslashtirilgan maktab) 701 078 nafar o‘quvchilari uchun 770 ming dona darsliklar mavjud. 2024-2025-o‘quv yilida 9 049 743 dona yangi avlod darsliklari va o‘quv-metodik majmualar uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga buyurtma berilgan. Bugungacha 3 226 613 dona darsliklar 1-chorak uchun yetkazib berilgan bo‘lib, buyurtmadagi qolgan darsliklar belgilangan tartibda bosqichma-bosqich yetkazib berish davom etmoqda. Hozirda viloyatdagi 955 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari 1 566 292 mingta badiiy adabiyot bilan ta’minlangan. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
إظهار الكل...
29.89 MB
👍 6😍 1
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Qo‘qon shahridagi 28-, 32- va 42-umumiy o‘rta ta'lim maktablarida bo'ldi. Tashrif chog'ida rahbar mazkur ta'lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim jarayonini tashkil etish, o‘quvchilar davomati va ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, to‘garaklar faoliyati bilan qiziqdi. Shuningdek, Sherzod Dolimov maktablarda pedagoglar va o'quvchilar bilan muloqot qildi. Ko‘zga tashlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga o‘z tavsiyalarini berdi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi "Umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'qituvchilari uchun  "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to'g'risida"gi 246-sonli buyrugʻida ko'zda tutilgan maqsadlarning mazmun-mohiyati юзасидан Yozyovon, Qo‘shtepa, Oltiariq tumanlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktor o‘rinbosarlari uchun seminar-trening tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda mazkur tumanlarning umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 140 nafarga yaqin o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishdi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining faollar zalida boshqarma apparat xodimlari ushun navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining boshlig‘i, boshliq o‘rinbosarlari hamda boshqarma xodimlari qatnashdilar. Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov boshqarmaning ijro nazorat faoliyatini tanqidiy tahlil qilgan holda soha mas’ullariga ish sifatini yanada oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Yig‘ilish davomida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, ta’lim samaradorligini oshirish, ilg‘or texnologiyalaridan unumli foydalanish, shuningdek, sohada korrupsion holatlarning oldini olish kabi dolzarb masalalarga ham alohida to‘xtaldi.                                          Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
إظهار الكل...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Эълон ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻqituvchilarning taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovini eʼlon qiladi! 📣 Tanlovda umumiy o‘rta taʼlim maktablarining ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari “Men tavsiya etaman…” nomli video-taqdimotlari bilan ishtirok etishlari mumkin. ❗️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan maxsus botlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va taqdimotlarini video formatda jo'natishlari lozim. 🏆 Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari o‘zbek tili bayrami arafasida quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar: 🥇 1-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 20 mln. so‘m pul mukofoti; 🥈 2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok; 🥉 3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk. Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi va joriy yilning 20-oktabriga qadar davom etadi.
Tanlovning barcha ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilaymiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqda “Farg’ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi 27-umumiy o‘rta talim maktabi direktori o‘g‘lini ayovsiz kaltakladi” mazmunda tarqatilgan xabar tegishli tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida mazkur maktab direktori S.Z. joriy yilning 11-sentyabr kuni darsning 6-soatida 8-“A”sinf xonasiga kirib borgan. O‘quvchilari bilan tartib-tintizom va davomat masalalarida suhbatlashilgan. Muloqot davomida shu sinf o‘quvchi X.E. sho‘xlik qilgani sababi direktor uni tartibga chaqirmoqchi bo‘lgan. Bu holatdan bola qo‘rqib qochmoqchi bo‘lib, boshini sinf xonadagi shkafga ehtiyotsizligi bois urib olgan va maktabdan chiqib ketib yaqinlariga borib aytgan. Shu kunning o‘zida o‘quvchining ota-onasi uni tibbiyot birlashmasiga olib borgan. Hozirda o‘quvchining sog‘ligi yaxshi. Holat yuzasidan huquq-tartibolt idoralariga murojaat qilingan. Shu kunlarda ular tomonidan holatga oydinlik kiritish maqsadida surushtirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qilamiz. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
إظهار الكل...
👍 1
Bugun Quvasoy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va viloyat Pedagogik mahorat markazi bilan hamkorlikda Quvasoy shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv-ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv seminari tashkillandi. Tadbir davomida pedagog xodimlarning egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars beradigan fanlari bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahoratini doimiy o‘stirish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, shuningdek, o‘qitishning interaktiv usullari bo‘yicha kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalari muntazam ravishda yangilanib borishi bo‘yicha trening o‘quv mashg‘uloltlari o‘tkazildi. Ana shunday o‘quv-amaliy seminarlar Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari, Farg‘ona, Quva, Toshloq tumanlarida ham yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Unda 340 nafardan ziyod umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishdi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
إظهار الكل...
👍 6
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.