cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi telegram sahifasi

📲 Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi ✍️ Murojaat yo'llash uchun: https://t.me/sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
7 455
المشتركون
-4124 ساعات
-2587 أيام
-2 65430 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Кимлар синф раҳбарлигига тайинланади? Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2023-йил 27 июньдаги 190-сонли буйруғига кўра синф раҳбарлари ўқитувчилар орасидан таълим муассасаси директори томонидан тайинланади ва озод этилади. Синф раҳбари қуйидаги мезонларга асосан танлаб олинади: — камида 3 йиллик педагогик иш стажига эга бўлган; — мактабда асосий ишчи сифатида фаолият олиб бораётган (умумтаълим муассасаларида меҳнатини соатбай (шу жумладан ўриндошлик) асосда фаолият олиб борувчи ўқитувчиларнинг синфга раҳбарлик қилишига йўл қўйилмайди); — бошқарувчанлик қобилиятига эга бўлган; — ўқувчилар билан ишлаш жараёнида масъулият билан ёндаша оладиган. Бошланғич синфларда синф раҳбарлиги бошланғич синфга бириктирилган ўқитувчиларга юклатилади. Бошланғич синфга тайинланган синф раҳбари 1-синфдан бошлаб 4- синфгача ўқувчиларга ягона раҳбар ҳисобланади. ❗️Худди шундай тартиб 5- синфдан 11-синфга қадар ҳам қўлланилади. Бир ўқитувчига фақатгина битта синф раҳбарлиги топширилади. Директор ўринбосарлари, психологлар ва бошқа синф раҳбари бўлиши мумкин эмас. Синф раҳбарлари фаолиятини маънавий-маърифий ишлар бўйича директор ўринбосари назорат қилади ва мувофиқлаштиради. Ойлик ҳисоблаш учун бот Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇 https://t.me/+KzysPSHcaRVlMGQy
إظهار الكل...
Repost from MILLIY SERTIFIKAT
#eslatma #registratsiya my.gov.uz ⭐️ Chet tillaridan sentabr oyi milliy sertifikat imtihonlari boshlanishiga 2 kun qoldi (22-sentabr) ⭐️ Chet tillaridan oktabr oyi milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish yakunlanishiga 15 kun qoldi (5-oktabr) ⭐️ Chet tillaridan oktabr oyi milliy sertifikat imtihonlari boshlanishiga 30 kun qoldi (19-oktabr) ⭐️ Chet tillaridan noyabr oyi milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish yakunlanishiga 50 kun qoldi (9-noyabr) ⭐️ Chet tillaridan noyabr oyi milliy sertifikat imtihonlari boshlanishiga 65 kun qoldi (23-noyabr) ⭐️ Chet tillaridan dekabr oyi milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish yakunlanishiga 85 kun qoldi (14-dekabr) ⭐️ Chet tillaridan dekabr oyi milliy sertifikat imtihonlari boshlanishiga 100 kun qoldi (28-dekabr) Kanalga ulanish: @milliy_sertifikat
Nisbatan qiyinroq hisoblanadigan Writing va Speaking boʻlimlariga metest.uz saytidan foydalangan holda tayyorgarlik koʻring. Writing variantlarni 1000 soʻmdan xarid qilishingiz mumkin. Speaking variantlar narxi esa 800 soʻm (ming soʻm ham emas 🤦‍♂️)
إظهار الكل...
04:30
Video unavailableShow in Telegram
Аралаш сайлов тизимида депутатлик ўринларини тақсимлаш тартиби 🔔 Пропорционал тизимда сиёсий партияларга берилган овозлар асосида 75 та депутатлик ўринлари партиялар ўртасида қандай тақсимланади? Бугун ушбу масалани батафсил тушунтирамиз.
إظهار الكل...
Hisoblash Rolik Retouch.mp449.11 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#hududlardan_xabarlar ⏺Buxoro, Nurafshon shahridagi Prezident maktablarida 16-sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni doirasida maʼnaviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. ⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabi hamda Qashqadaryo viloyat Milliy gvardiyasi Chavandozlar maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. ⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabida adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. ⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida mashgʻulotlarda yaratilgan oʻyin va dasturlar taqdimoti oʻtkazildi. ⏺Andijon, Toshkent, Qarshi shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilari xalqaro SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi. ⏺Jizzax, Navoiy, Xiva sharidagi Prezident maktablarida sport musobaqalari tashkil etildi. ⏺Toshkent, Nukus, Guliston shahridagi Prezident maktablari, Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi. ⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida olimpiada va tanlovlarda faxrli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar taqdirlandi. ⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot–kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. ⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida haftaning har shanbasi "sport kuni" deb belgilandi. ⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Oratory club" loyihasi yoʻlga qoʻyildi. ⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi  “Mushoira” tanlovida gʻolib boʻldi. ⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi va Namangan Qirol Sejong koreys tili markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. ⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Qahramoni Muhabbat Sharapova bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. ⏺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Jamoada ahillikni oshirish” mavzusida psixologik trening tashkil etildi. ⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Shayxontohur, Asaka tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida ilm-fan namoyandalari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi. ⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida matematika fanidan maktab olimpiadasi oʻtkazildi. ⏺Olmazor, Peshku, Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari hududlardagi tarixiy-madaniy maskanlarga sayohat qildi. ⏺Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻqituvchilari ishtirokida hududdagi umumta’lim maktablari uchun yangi baholash tizimi boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazildi. ⏺Janubiy Koreyaning "Robotics Ware" jamoasi Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. ⏺Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Germaniyada ta’lim olish imkoniyatlari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
👍 1
04:28
Video unavailableShow in Telegram
👨‍🏫 “Касбий ривожланиш куни” ва “Касбий ривожлантириш соати” тадбирларининг биринчи босқичида умумий ҳисобда 110 минг нафардан ортиқ аниқ ва табиий фан ўқитувчилари қамраб олинади Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Дилфуза Собирова маълум қилди. ⏺ 2024-2025 ўқув йилидан бошлаб мактаб ўқитувчилари учун фанлар кесимида “Касбий ривожланиш куни” ва “Касбий ривожлантириш соати” тадбирлари босқичма-босқич жорий этилмоқда. ⏺“Касбий ривожланиш куни”да ўқитувчиларнинг ўз билимини мунтазам бойитиб боришлари, замонавий ўқитиш методикаси ва ахборот коммуникация технологияларидан унумли фойдаланиш кўникмаларини ривожлантириш учун ўқув-семинар, тренинг ва маҳорат дарслари ташкил этилади. ⏺“Касбий ривожлантириш соати”да эса мазкур ўқувларда иштирок этган ўқитувчиларнинг ўзлаштирган янги билим ва кўникмаларини ўзлари фаолият кўрсатаётганмактабларида қўллашлари таҳлил қилинади. Уларга зарур методик ёрдам кўрсатилиб, касбий ривожланиш учун тавсиялар берилади. ⏺Ушбу тадбирларни узлуксиз ташкил этиш мақсадида, фанлар (ёки фанлар блоки) кесимида юқори малакали ментор-ўқитувчилар танлаб олинади ҳамда ушбу ментор-ўқитувчи сифатида фаолият юритадиган фан ўқитувчиларига Директор жамғармаси ҳисобидан лавозим маошининг 20 фоизи миқдорида қўшимча ҳар ойлик устама ҳақ тўланади. ⏺“Касбий ривожланиш куни” ва “Касбий ривожлантириш соати” тадбирларининг ўқув материалларини ишлаб чиқиш учун Президент, ихтисослаштирилган ҳамда етакчи мактабларнинг малакали ўқитувчи ва мутахассисларидан иборат ишчи гуруҳ томонидан халқаро таълим ташкилотлари билан ҳамкорликда зарур ишлар олиб борилмоқда. ⏺Шуни алоҳида қайд этиш лозимки, “Касбий ривожланиш куни” ва “Касбий ривожлантириш соати” тадбирлари ўтказиладиган вақтда тегишли фан ўқитувчиларини мактаблардаги дарс машғулотларига ва бошқа тадбирларга жалб қилинишига йўл қўйилмайди. ⏺“Касбий ривожланиш куни” тадбирларига мактаблардаги етакчи ўқитувчилар жалб қилинади ҳамда тегишли фан ўқитувчилари учун касбий ривожлантириш тадбирларида иштирок этадиган иш куни ҳисобланади. ✍️ Батафсил
إظهار الكل...
C9321+tg.mp410.70 MB
"OCHIQ ESHIKLAR KUNI"Sirdaryo viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabida joriy yilning 19-sentabr sanasida "Bir bo'lsak yagona xalqmiz, birlashsak vatanmiz!" shiori ostida "Ochiq eshiklar" kuni tadbiri bo'lib o'tdi.
🔺Bunda to'garak rahbarlari toʻgarak a'zolari tayyorlagan ijodiy ishlar ko'rgazmalari, badiiy dastur hamda mahorat mashg'ulotlari namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari xush kayfiyat bilan konsert dasturini tomosha qilishdi.
📚Tadbirni o'tkazishdan maqsad, o'quvchi-yoshlarni to'garaklarga jalb qilish, ota-onalarni ushbu to'garaklar faoliyati  bilan yaqindan tanishtirish hamda o'quvchi-yoshlarni kasb-hunarga bo'lgan  qiziqishlarini oshirishdan iborat.Shodlik MFY hamda ko'plab maktablar jalb qilindi. Tadbirda 170ga yaqin o'quvchi yoshlar ishtirok etdi. ©Sirdaryo viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabi Axborot xizmati 📌telegram📌instagram 📌Artshop📌 You tube📌Facebook📌Tik tok
إظهار الكل...
IMG_7229.MOV11.36 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Brifing 🔴 Mavzu: Yangi joriy etilgan "Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlarining mazmun-mohiyati hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ➖ Vaqti: 14:00 ➖ Ishtirok etadi: Dilfuza Sobirova, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Аxborot xizmati rahbari 👉 Jonli efir 📍 Brifing Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo'lib o'tmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Sizni kutyapmiz! Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga 1 kun qoldi 😳 🙋 Siznida Yosh turizm elchilari Sirdaryo viloyati Kengashi a'zosi bo‘lish imkoniyatini bor, uni qo‘ldan boy bermang. Tezlik bilan ro‘yxatdan o‘ting. Vaqt kam qoldi. ➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun - so‘rovnoma 👥 Ishonavering, Sizni turizm elchilari qatorida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz. Safimizga qo‘shiling va birgalikda yuksalamiz! #turizmelchilari #elon #Sirdaryo ⚡️ Yosh turizm elchilari | Sirdaryo
إظهار الكل...
👍 1
02:07
Video unavailableShow in Telegram
Diyor Yangiliklari|| #18sentabr #Sirdaryo 📡 @Sirdaryo_Mtrk
إظهار الكل...
6.mp414.18 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Эълон ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻqituvchilarning taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovini eʼlon qiladi! 📣 Tanlovda umumiy o‘rta taʼlim maktablarining ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari “Men tavsiya etaman…” nomli video-taqdimotlari bilan ishtirok etishlari mumkin. ❗️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan maxsus botlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va taqdimotlarini video formatda jo'natishlari lozim. 🏆 Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari o‘zbek tili bayrami arafasida quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar: 🥇 1-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 20 mln. so‘m pul mukofoti; 🥈 2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok; 🥉 3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk. Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi va joriy yilning 20-oktabriga qadar davom etadi.
Tanlovning barcha ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilaymiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
👍 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.