cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Musannif Adham

Холисликка даъво қилмайман, аммо холис бўлишга ҳаракат қиламан. Фикрларим, қарашларим умумқабул қилинган стандартларга тўғри келмаслиги, яъни, сизникидан фарқли бўлиши мумкин.

Show more
Advertising posts
1 414
Subscribers
+124 hours
-17 days
-2330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Umumiy muvozanat va yaratiladigan talab. Qisqa vaqt yashagan bir dahada bir odam sut-qatiq sotar edi, hamma biladi “moloko, qaymoq, qatiq” deb chaqirar edi va ora orada odamlar tushib undan bozor qilishar edi. Bilasizmi yoʻqmi oʻsha biznesda ham har xil muvaffaqiyatga erishadi. Bizni dahadagisi ayniqsa juda muvaffaqiyatli edi, lekin buni siri juda oddiy iqtisodiy intuitsiyadan tashkil topgan edi. U bizni koʻchaga ora-orada emas, har kuni kelar edi. Boz ustiga, har kuni deyarli bir paytda kelar edi. Men oʻshanda bir narsa olishga tushib soʻraganman, nega har kuni aynan bizni koʻchadan oʻtasiz, axir kecha ham kelgan edingiz va katta ehtimol bilan hech kim bor sut mahsulotlarini bir kunda tanovul qilib qoʻymaydi-ku, masalan ikki yoki uch kundan bir kelsangiz koʻproq odam xarid qiladi-ku deb soʻragan edim. U qiziq javob bergan haligacha eslayman, maʼnosi taxminan shunday edi: agar men ikki yoki uch kundan bir kelsam, mahalladagi va dahadagi odamlar qaysi kuni kelishimni aniq bilishmaydi va sut-qatiq uchun ehtiyojlarni boshqa joydan qilishadi, mendan esa faqat favqulodda kerak boʻlib qolsa xarid qilishadi, shunda meni umumiy savdoyim kam boʻladi. Yaʼni ikki uch kunda bir kelsam, vaholanki oʻsha kelgan kunlarimda savdoyim baland boʻlishi mumkin, lekin qisqa muddatdan keyin, meni ishonchli sut-qatiq yetkazib beruvchi deb oʻylashmay qolishadi va sut-qatiqni tashqaridan olishga harakat qilishadi. Men agar ora orada kelsam, oʻsha kelgan kunlarimda koʻproq odam kelgandek tuyuladi, lekin umumiy hisobdan yutqazaman degan edi. Bu gʻoyani iqtisodiyot fanida yaratilgan talab (induced demand) deyishadi. Yaʼni bir xil xizmatlar va tovarlar uchun talab — agar u narsa koʻp va doimiy sodir etilsa boʻladi. Jamoat transporti misolida aytish mumkin: deylik bir yoʻnalishda avtobus har 6 minut kelish uchun 12 ta avtobus kerak— oʻsha yoʻnalishdagi yoʻlovchilar soni 15 mingta boʻlishi mumkin. Lekin deylik sizda 2 ta avtobus bor, shunda oʻrtacha kutish 36 minutni tashkil etadi. Lekin yoʻlovchilari soni qanday oʻzgaradi? Siz 15/6=2.5 ming deb hisoblashingiz mumkin, axir agar avtobuslar shunchaga kamaysa, yoʻlovchilar ham proporsional kamayadi degan taxmin qilishingiz mumkin, lekin oʻsha sut sotuvchi amaki aytgan mantiq bizga toʻgʻri taxminni beradi — yoʻlovchilar anchaga kamayadi, balki 500 ta ham boʻlmas. Nima uchun? Chunki oʻrtacha kutish vaqti 35 daqiqa boʻlsa- odamlar alternativ transportni qidirishadi, balki marshrutkada borishadi, balki bir necha kishi boʻlib taksida borishadi, balki koʻproq piyoda yurib metrogacha yetib olishadi va-hokazo. Yaʼni xizmatni doimiyligi va taklif qilinayotgan hajmi talabni hajmini belgilaydigan omil boʻladi. Talab taklifni yaratadi emas, taklif ham talabni yaratadi. (1/3)
Show all...
Nega buni yozyapman? Chunki menimcha transportdagi mutassadilar buni tushunishmaydi shekilli. Masalan, qariyb 10 million aholisi bor Fargʻona vodiysi viloyatlari bilan Toshkentga boʻlgan aviaqatnovlar soniga qarang. Andijon yoki Fargʻonaga haftasiga 8 marta ham uchmaydi uchoqlar. Qoʻshni Qozogʻistonda qaradim, ikki eng katta shaharlari Olma-ota va Ostona orasida kuniga 16-18ta aviaqatnov mavjud. Bizda haftasiga ham birorta shaharni orasida buncha qatnov yoʻq. Yaʼni bizda haftasiga reyslar soni ulardagi kundalik reyslar sonidan ikki barobar kamroq. Yoki mayli, Qozogʻistonni ikkinchi va uchinchi shaharlari orasida — Chimkent va Olma-otani kuniga kamida 6-9ta reys ulaydi. Bizda Toshkent va Urganch yoki Samarqand orasida ham kuniga uchta reys yoʻq. Aql bovar qilmaydi — Urganchga mashinada bir kunda yetib olish deyarli imkonsiz boʻlsa ham shu ahvol. Ha mayli, Qozogʻiston juda bir katta va rivojlangan davlat dersiz, Qirgʻiziston bilan solishtiraylik: Oʻsh va Bishkek orasida kuniga kamida 6 ta reys ekan - tekshirdim. Bizda butun vodiyga kuniga 3ta ham yoʻq — iqtisodiy ahvolimiz bir xil boʻlsa ham (aholi esa bizda ko'proq - ya'ni undan ham ko'p reys kerak). Eng qizigʻi — agar aviatsiyada ishlaydiganlardan nima uchun bizda aviakompaniya hali ham xususiy emas desangiz — eng siyqasi chiqqan argumentlardan biri shuki, agar milliy aviakompaniya boʻlmasa — unda viloyatlarga chet ellik aviakompaniyalar uchmas emish. Qizigʻi bizda milliy aviakompaniya ham, deyarli uchmayapti. Qirg'izistonda esa, xususiy aviakompaniyalar o'sha reyslarni uchishyapti. Oʻn millionlik vodiydan Toshkentga bir kunda nechta odam keladi? Bir kunda bitta uchadiganmi uchmaydigan samoletga esa 200 ta odam ham sigʻmaydi, boz ustiga har kuni ham uchmaydi. Aviatsiyadagilar oʻsha qatiqchi amaki ishlatadigan gʻoyadan bexabar ekanlari tushunarli lekin — bilasizmi nega? Chunki ular bozorda ishlamayapti. Ularni xato qilishlari, bozorni bilmasliklari, foyda olmasliklari bilan qiziqishlari yoʻq. Normal aviaqatnov bozori boʻlganida, ular bilishar ediki, agar mamlakatdagi eng katta shahar va deylik vodiy orasida kuniga 20 yoki 30 ta reys qoʻysa — hozirgi 1 ta reysdan koʻra talab 20 barobardan koʻproqqa oshadi. Bitta samolet qoʻyilgandagi talabdan, 20ta kunlik qatnovdagi talabni solishtirib boʻlmaydi. Chunki oʻsha gap, bir soatda bir keladigan avtobusga tayanib reja qilmaganingiz kabi, kuniga bir necha marta uchmaydigan uchoqni reja qilmaysiz. Yaʼni mamlakat ichidagi reyslarda odamlar ertalab ishini bitirib, obeddan keyin uchib ketishi, ertalab kelib, kechki payt keta olishi kabi qulayliklarni koʻrsalargina, alternativ yoʻldan koʻra uchoqni tanlashadi. Rivojlangan dunyoni gapirmasa ham boʻladi, serqatnov yoʻllarda, masalan Boston va Nyu York orasida Delta havo yoʻllari har yarim soat uchadigan shuttle — xuddi bizni marshrutkadek qatnovni qoʻygan, shunchalik talab koʻp — lekin vaholanki, aynan taklif bu talabni yaratgan. Bizda bu ahvol qanchalik yomon ekanini, toʻgʻrisi bilmas edim. Yaxshi emas deb o'ylar edim, lekin qanchalikligini bilmasdim. Bundan bir yilcha oldin, bir tanishim bilan Bishkekda obed qildik, obeddan keyin Oʻshga reysi bor edi, lekin gap qizib ketganidan keyin oʻz reysini kechasiga telefonidan alishtirgan edi. Oʻshanda men mintaqaviy oʻylagan ekanman — Bishkekdan Oʻshga ikki uch soat orasida bir nechta reys boʻlsa, Oʻzbekistonda ham shunaqa shekilli deb. Bir necha oydan beri shaxsiy safarim uchun Samarqanddan Toshkentga Afrosiyobga chipta izlamoqdaman (besh olti marta tvitterda yozdim, Iyul, Avgust va mana Sentyabr oyida), menga kerakli sanada chiptalar sotuvga qoʻyilgan, lekin oʻsha menga kerak boʻlgan poyezdga biletlar yoʻq, vaholanki necha marta tekshirib keldim, bir sotuvga qoʻyilmagan deyishdi, hozir esa qoʻyilgan ekan lekin sotib olish uchun yoʻq. Poyezdlar haqida oʻzi bir alohida yozish kerak — temir yoʻllarini kompetentligi yetarli emasligi va raqobatli ishlamasligi iqtisodiyotimizni haqiqiy bir sekinlashtiradigan omillaridan: ham passajirlar tashish masalasida va ham, balki ayniqsa — yuk tashish masalasida. (2/3)
Show all...
Mayli, samoletda uchay dedim va bilasizmi nimani koʻrdim: yakshanba kuni Samarqanddan Toshkentga samolet uchmas ekan, ha, toʻgʻri oʻqidingiz — toʻgʻrirogʻi shanbadan yakshanba oʻtar kechasi soat 2da reys bor lekin yakshanba kunni ichida birorta ham yoʻq. Ikkita eng katta shahar. Qiziqib koʻring, haftasiga yoki kuniga mamlakatdagi ikki eng katta shahar orasida nechta reys uchadi — hayron qolasiz. Shu narsalarni aviatsiyadagilardan soʻrasangiz (men so'radim): “talab yoʻq” deyishadi. Yaʼni ularga ko'ra, Oʻzbekiston ichidagi qatnovlarni kamligini sababi — odamlar kam uchishi deb aytishadi. Lekin mantiq aslida teskari — bu darajada kam taklif boʻlsa, albatta talab ham boʻladi. Axir mamlakat ichida parvozlarni qulayligi — istalgan payt uchib ketish imkoni boʻlishi. Nechadir kun kutish kerak boʻlsa — moshinada borib qoʻyish tuzukroq va qulayroq boʻladi. Xuddi qatiqchini qachon kutaman deb, qatiqni bozordan olib kelishdek gap. Odamlar biladi buni. Qatiq sotuvchisini buni tushunganini sababi — u juda ham raqobatli bozorda edi, tushunmaslik qimmat edi, transportda esa unday emas, axir ortirilmagan foyda bu jamiyatniki. Albatta meni shaxsiy izlanishlarim muammo emas, unday tushunmang, bu masalani oddiy hal qilsa boʻladi — bundan oldin ham tajribamda boʻlgan, temir yoʻl kassasiga borsangiz “hal qilib beruvchilar” ixtiyoriy chiptani topib ham berishadi. O'tgan safar bir tarafga chipta topa olmaganimda ilojsizlikdan, noqulay bo'lsa ham taksi olib borganman, muammo emas albatta. Men bu kuzatuvni umuman yozyapman, ya'ni agar duch kelmasam muammo qanday ekanligini bilmasdim ham. Bu axir iqtisodiy kanal, iqtisodiy nazariya uchun zo'r misol ekan deb ulashdim. Asosiy g'oya shundaki - talabni yaratishdagi taklifni oʻrni haqida yozmoqchi edim, menimcha misollar yaxshi yoritib berdi. Aytmoqchi, yoʻlni kengaytirish tirbandliklarga olib kelishi haqidagi argument ham aynan shu mantiqdan iborat — suniy yaratilgan talab - taklifni deb vujudga keladi. (3/3)
Show all...
Битта йигит-али вилоятга чиқибди, тирикчилик сабаб. У ердаги савдогарларга намозга кириб чиқай, деб, масжидга ўтиб келибди. Ҳалигилар ҳам бу ишидан кейин пичинг қилаверишар эмиш: "додомулло", "тақсир", деб мазаҳ қилишган. Иш бозорда бўлаяпти, бизнинг йигит ҳам ишини қилаяпти. Кейин ниманидир кесиш керак бўлиб қолган экан, автомат пичоғини чиқариб, канопни кесиб ташласа, бозорчиларнинг "капалаги учиб" кетган, муомала "акажон-акажон"га ўзгарибди. Яна ўша одам "таҳоратхонада олимпийкамни ечиб қолдиргандим, қарасам, 'илиб' кетишибди", дейди. Намоздан кейин домланинг олдига арз қилиб борибди, видеода ўғрини кўришибди. Домлага тайинладим, қайтариб олиб келса, хабар берарсиз, дейди. Бироқ, таҳоратхонага қайтса, олимпийка ҳам, чўнтагидаги пичоғи ҳам турганмиш. Ажойиб.
Show all...
Repost from Муҳрим
Яна Бойсундан ёзишяпти:
“Журналистлар билан учрашган барча фуқароларни излаб топиб, жаримага тортиш бўйича қаттиқ топшириқ бўлган. Бойсун24 гуруҳида ким салбий фикр билдирса, унга ҳам босим қилинмоқда. Илтимос, катта раҳбарларнинг ўзи ҳам шу газли ҳудудга келиб, бир ҳафта яшаб кўрсин”
PS. Изланаётган бойсунликлар “Газета.уз” ва “Кун.уз” журналистлари билан суҳбатлашган эди.
Show all...
Repost from Uzb_Meteo
03:59
Video unavailableShow in Telegram
Қишлоқ хўжалик вазирлиги ўз функционал вазифаларини эсидан чиқариб қўйган кўринади. Қишлоқ хўжалиги вазирининг Кун.ўз га берган интервьюсида шу каби манзара кўриниб қолган. Вазирга кўра, келаётган йилнинг қандай келиши мумкинлигини билиш қийин. Шунинг учун масъул тузилма деҳқонларга қандай турдаги экин экишни тавсия бериши имконсиз. Жорий йил пиёз ва тарвуз нархларидаги рекорд даражадаги пасайиш — бу, дехқонларга берилган "эркинлик меваси" экани, эркинлик берилиб ҳам улар ҳали бозор ва келгусидаги вазиятларни прогноз эта оладиган даражага чиқмагани, қўшнисидан келиб чиқиб, бир турдаги экинни оммавий эккани сабаб этиб кўрсатилган Академик илмий даражага эга вазирнинг бу каби фикрлашларидан сўнг келгуси кунига умид бор онгли зиёли қатлам вакиллари Ўзбекистонга қишлоқ хўжалик вазирлиги керак эмаслиги ҳақида пост улашмоқда Қишлоқ хўжалиги вазирлиги келаётган иқлимий ҳолат, дунёдаги геосиёсий, макроиқтисодий, логистик кутилмалардан чиқиб, деҳқон—фермерга қандай турдаги экин экиш кераклигини тавсия бериши шарт!
Show all...
24.07 MB
Қозоғистон уч ой аввал Толибонни амалда тан олган эди. Энди Қирғизистон ҳам Толибонни "террорчи эмас", деб топибди. Энди навбат кимга?
Show all...
Фаластинда бўлаётган зулмлар, жиноятлар халқаро, айнан Ғарб оммавий ахборот воситалари қўли билан ҳужжатлаштирилмоқда. Аввалги жиноятчилар разилликлари қайд қилинишидан ҳайиқиб турган. Ҳозиргиларига фарқи йўқ: зўравонлик қилиб, тиржайиб камерага қараб туришади. Майли, бу ҳам муҳим: кимнинг ким эканлигини таниб олиш учун.
Show all...
Исроил экстремист келгиндилари Ғарбий Соҳилдаги фаластинликларнинг ерларни шиддат билан эгаллаяпти

Исроил экстремист келгиндилари Ғарбий Соҳилдаги фаластинликларнинг ерларни шиддат билан эгаллаяпти Би-би-си қўлга киритган ҳужжатга кўра, унинг орқасида Жаҳон сионистлар ташкилоти ва Исроил ҳукумати турган бўлиши мумкин. Vebsahifamiz:

https://www.bbc.com/uzbek

Обуна бўлинг -

https://www.youtube.com/@bbcnewsuzbek

BBC News O'zbek янгиликлар каналига хуш келибсиз! Видеога изоҳлар сараланади. Ҳақорат, туҳмат, зўравонликка чақирув, реклама ва спам мазмунидаги изоҳларни ўчириш ҳуқуқимизни ўзимизда қолдирамиз. Афсуски, бизда изоҳларни ўз вақтида чиқариш имконияти йўқ, шу боис билдирган фикрларингиз шу заҳоти чоп этилмаслиги мумкин. Тўғри тушунганингиз учун ташаккур! #bbcuzbek​ #yangiliklar #uzbek Ўзбекистон, Марказий Осиё ва дунё бўйлаб юзлаб мухбирларимиздан келадиган видео янгиликлар ҳар куни мана шу каналда. Нафақат янгиликлар, балки қизиқарли воқеалар, санъат, мусиқа, маданият ва тарих ҳақида бетакрор видео фильмлар учун ҳам каналимизга аъзо бўлинг -

https://www.youtube.com/user/bbcuzbek​

Вебсаҳифамиз - bbc.com/uzbek Facebook:

https://www.facebook.com/bbcnewsuzbek​

OK.RU:

https://ok.ru/bbcuzbek​

Instagram:

https://www.instagram.com/bbcuzbek/​

Telegram:

https://t.me/bbcuzbek​

BBC News O'zbek - BBC News O'zbek tilida, onlayn, TV va ijtimoiy tarmoqlarda Узбекистан - Uzbekistan - O'zbekiston - Узбекистон

Repost from NeoJadid
Islom Karimovning mustaqil bo'lishimizdagi o'rni borasida baxs-munozara boshlanib ketibdi. Bir tomon, Karimovni Mustaqillik me'mori desa, ikkinchi tomon uni shunchaki kerakli vaqtda kerakli joyda bo'lib qolgan, vaziyatga qarab tuslangan sovet arbobi deb ko'rmoqda. Haqiqat shu ikki fikrning o'rtasida bo'lsa kerak. Karimovning mustaqillikka erishishimizda hech qanday o'rni yo'q. Umuman, hech qaysi o'zbek arbobi yoki guruhining mustaqil bo'lishimizga aloqasi yo'q. Sovet bo'yinturug'idan ozod bo'lishga doimo intilgan Sharqiy va Markaziy Yevropadan farqli ravishda, bizda deyarli hech kim mustaqil bo'lishni orzu qilmagan va ayniqsa, bu uchun tizimli harakat qilmagan. O'zbek xalqi II Jahon urushidan keyin uzil-kesil sovet odamiga aylangan edi. (va hali ham, Sovet odami tipaji bizda hukmron). Karimov va uning avlodi (Nazarboyev va hokazolar) qandaydir banan respublikasini boshqargandan ko'ra, buyuk SSSR iyerarxiyasida karyera qilishni afzalroq bilardi. Masalan, Nazarbiyevga yangilangan SSSR'da Bosh vazirlik va'da qilingan edi. Shevarnazde SSSR tashqi ishlar vaziri bo'lgan. Ya'ni, SSSR periferiyasidagi mahalliy elitalarning butun orzu-havasi Markazda karyera qilishga qaratilgan edi, bularga mustaqillik umuman kerak emas edi. Mustaqillikni bizga SSSR saqlanib qolishidan manfaatdor bo'lmagan 3 slavyan respublikalar rahbarlari bergan. Yeltsin (Rossiya), Shushkevich (Belarus) va Kravchuk (Ukraina) SSSRdan chiqib ketdi va natijada biz yetim qolib ketdik, majburan mustaqil bo'ldik. Taqdir taqozosi bilan o'sha paytda rulda bo'lgan Karimov endi qo'lidagi material (o'zbeklar) bilan ishlashga majbur bo'ldi. Fikrimcha, ja unchalik yomon ishlamadi. Karimov o'zbek davlatchiligining muayyan poydevorini qo'yishga muvaffq bo'ldi. Biroq, Karimovga va o'zbek millatiga xos bo'lgan ba'zi xususiyatlar deb bu davrda, garchi mustaqil bo'lishiga ilk qadamlar qo'yilgan bo'lsada, lekin to'liq mustaqil bo'lmadik va mustaqilligimiz ham omonat bo'lib qoldi. Bu ayniqsa 2016 yildan keyin yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Xullas, hozirgi amaldor-markazli Uchinchi Respublikadan To'rtinchi Res Publica'ga o'ta olsak, haqiqatdan mustaqil bo'lamiz. 1) Birinchi Respublika - jadidlar tasavvuriga binoan milliy davlatchilikni shakllantirishga urinishlar davri (Turkiston Muxtoriyati, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va hkz). Ilk va ohirgi martta ziyolilar hokimiyatga kelgan davr. O'zbek na bundan oldin, na bundan keyin bunchalik erkin yashamagan. Shu qisqa erkinlik davrida milliy madaniyat, tafakkur gurkirab rivojlangan va butun keyingi davrga poydevor bo'lib xizmat qilgan. 2) Ikkinchi Respublika- bolshevikcha tasavvurdagi Узбекская Советская Социалистическая Республика, 1924-1991. 3) Uchinchi Respublika - Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev (va balkim, bulardan keyingi bir necha Falonchiyevlarning) boshqaruv davri. Bu ikkisining boshqaruv usulidagi kichik detallarda farq bo'lishi mumkin, lekin boshqaruv mantig'i o'zgarmagan: davlat (ya'ni, bir hovuch amaldor) - bosh islohotchi deb e’lon qilingan. Jamiyat qarorlarga ta'sir qilishdan mutlaqo chetlashtirilgani, amaldorga nisbatan hech qanday cheklov yoki ta'sir vositasi bo'lmagani uchun aksar hollarda amaldorlarning hokimiyati ulkan suiste'mol va isrofgarchilikka olib kelmoqda. 1991 yildan hozirgacha faqatgina amaldor hukmronligiga rahna solmaydigan, uni cheklab qo'ymaydigan islohotlargagina ruhsat berilgan. Bu davr ruhini shoir Zavqiy “Zamona kimniki?” she'rida "...davru davron hama joyda hokimu mirzoniki!" misrasi bilan tasvirlagan. 4) To'rtinchi Respublika - hozirgi amaldor-markazli etnik O’zbekistondan inson- va jamiyat-markazli siyosiy Res Publikaga (Jumhur Maslagiga) o’tganimizdagina keladigan haqiqiy yangi O'zbekiston. Qachon bu sodir bo'ladi, Xudo biladi.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
«Бу Владимир Путинга совға» — Павел Дуров қўлга олинишига дунё бўйлаб реакциялар У билан боғлиқ вазият юзасидан сиёсатчилар, журналистлар ва бошқа таниқли шахслар, хусусан Илон Маск ва Эдвард Сноуден муносабат билдирди. 👉 https://kun.uz/kr/28206386 Kun.uz расмий канали
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.