cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

✨꯭≣꯭ 𝐃꯭𝐈꯭𝐋꯭ ꯭𝐃꯭𝐀꯭𝐅꯭𝐓꯭𝐀꯭𝐑꯭𝐈꯭꯭ ✾꯭✨

«Санъатнинг, адабиётнинг шарти – баркамоллик ва мукаммалликдир» Эркин Вохидов 𝐇𝐚𝐪𝐢𝐪𝐢𝐲 𝐬𝐡𝐨𝐢𝐫𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐪𝐚𝐛𝐫𝐢 𝐛𝐨'𝐥𝐦𝐚𝐲𝐝𝐢, 𝐘𝐮𝐫𝐚𝐤𝐤𝐚 𝐤𝐨'𝐦𝐢𝐥𝐚𝐫 𝐚𝐬𝐥 𝐬𝐡𝐨𝐢𝐫𝐥𝐚𝐫... Muhammad Yusuf..

Show more
Advertising posts
406
Subscribers
No data24 hours
+17 days
-1230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from Sarvar Mirzo
Rizo #Arhiv filimdan tasirlanib Kuzlarda yosh Yetmadi bardosh Chimrildi qosh egildi bu bosh Dillarda tosh yiyolmagan osh Sen onangni rozi qilmading Qutlug' boshing osmon bilmading Kungil motam Tillarda alam Kelganda nam yengmasin sanam Ishimdanam birinchi onam Deyolmading aslo demading Sen onangni rozi qilmading Dilda hasrat qolmasin nafrat Onang savlat sen deding g'aflat Tugar toqat utmaydi ovqat Bir g'animatligin bilmading Sen onangni rozi qilmading Sunsa chiroq yondirmas firoq Badbah qoloq bosmasmi titroq Bir unga oq boshqagachi choq Sening qadring bildi bilmading Sen onangni rozi qilmading Holin surab bitta non urab Dildan qarab holiga yarab Charcha tarab qolma yer kurab Sen ishonchi tog'i bulmading Sen onangni rozi qilmading SARVAR MIRZO sherlaring limmo Vaqshat aro titraydi samo Qilmay Nido Misol bil ammo Sen ham yahshi ug'il bulmading Onam debon holin surmading ✍Sarvar Mirzo Sarvar Mirzo
Show all...
Repost from Sarvar Mirzo
Bilmayman #Arhiv Bilmayman ko'nglimda nelar kechadi Bilmayman bir nima qonim ichadi Bilmayman yuragim haryon ko'chadi Bir parcha kiyimga sig'may ketyapman Bilmayman dushmanim yuragim tilar Bilmayman gapirsam ishonmas kular Bilmayman jonimni haridor surar Bir parcha kiyimga sig'may ketyapman Bilmayman kunglimga hech nima sig'mas Bilmayman sanchilgan nashtar-u tig'mas Bilmayman lovillab turganim cho'g'mas Bir parcha kiyimga sig'may ketyapman Bilmayman shundaydir shoirlik uvol Bilmayman boshimda aylanar savol Bilmayman vaqt kelib qolgandir malol Bir parcha kiyimga sig'may ketyapman Bilmayman hayolim bo'ysinmay qolgan Bilmayman yor aldab jonimni olgan Bilmayman tosh bulib hislar yuqolgan Bir parcha kiyimga sig'may ketyapman Bilmayman yig'lashni yo kulishni ham Bilmayman yurakdan dard yulishni ham Bilmayman ochilib dam sulishni ham Bir parcha kiyimga sig'may ketyapman Sarvar Mirzo bo'lib baxtni kutyapman ✍ Sarvar Mirzo https://t.me/Sarvar_Mirzo
Show all...
CHIN DOʻSTIM Sen bilan birga oʻstim, Hammadan yaqin doʻstim. Bildirmading kam koʻstim, Sodiq doʻstim, chin doʻstim. Tashvishlardan siqilsam, Dardga toʻlib tiqilsam, Qoʻling choʻzding yiqilsam, Sodiq doʻstim, chin doʻstim. Yomon kunda yonimga, Kelib kuyar jonimga. Hamrohim har onimga, Sodiq doʻstim, chin doʻstim. Ishonchim yoʻqotmagan, Menga toshlar otmagan, Dushmanimga sotmagan, Sodiq doʻstim, chin doʻstim. Koʻpaysa baxtim, zarim, Sensiz quvonchim yarim. Tugʻishmagan jigarim, Sodiq doʻstim, chin doʻstim. Minnatsiz madadkorsan, Har narsaga tayyorsan... Shukur yaxshiyam borsan, Sodiq doʻstim, chin doʻstim. ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Show all...
SEVGILIM Tarifinga ojizdir tilim, Koʻzim koʻrsa, titraydi dilim. Sakkiz milyard inson ichida, Yagonamsan mening sevgilim. Oʻzim senga kelib, ketolmas, Chiroyinga gullar yetolmas. Butun dunyo takror etolmas, Yagonamsan mening sevgilim. Sensiz dardga toʻlar yuragim, Ostun ustin boʻlar yuragim. Sogʻinaman oʻzing keragim, Yagonamsan mening sevgilim. Oysan oʻzing, yulduzsan oʻzing, Tunsan oʻzing, kunduzsan oʻzing... Mening uchun mahsussan oʻzing, Yagonamsan mening sevgilim. Muhabbatim koʻksimda shoxlar, Sevgi goh soʻz, gohi nigohlar... Senga havas qiladi mohlar, Yagonamsan mening sevgilim. Tarif etsam lol qolaman, lol, Soʻz topilmas, qalamim be hol... Hayotim boʻl, hayotimni ol, Yagonamsan mening sevgilim. Ishqli nigoh, koʻzingni asra, Shirin oxang, soʻzingni asra. Oʻzim uchun oʻzingni asra, Yagonamsan mening sevgilim. ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Show all...
Repost from Sarvar Mirzo
Ayrimlarga Bu sher ayrimlarga tegishli to'g'ri qabul qilasizlar degan umiddaman🥺 G'iybat qilar gohi tinmasdan Gunoh desam nazar qilmasdan Kechiringlar bilib bilmasdan Odamlarga achinib ketdim Tarozidan uradi biri Hayonichi qolmadi siri Tushib ketdi ko'zimni qiri Savdogarga achinib ketdim Xudo bergan yuzlarin buzar Qoshin terib tolasin uzar Pardoz qilib kimlardan o'zar Ayollarga achinib ketdim Kalta paypoq nomini olgan Erkaklikka isnotni solgan Xezalaklik ularga qolgan Shundaylarga achinib ketdim Foiz qo'yar shu bo'ldi noni Harom boylik mansabi shoni Gunohining cheki yo'q soni Sutxo'rlarga achinib ketdim Puling bo'lsa shirindir so'zi Yo'g'ingdaku topilmas o'zi Demak biling iktadir yuzi Sohtalarga achinib ketdim Chiranib lek bo'lolmaydigan Ekkanini o'rolmaydigan Mansabimiz ko'rolmaydigan Hasadchiga achinib ketdim Bo'lmaganni bo'ldiradigan O'lmaganni o'ldiradigan Puch yong'oqqa to'ldiradigan Yo'lg'onchiga achinib ketdim Tap tortmayin ochildi avrat Ustun keldi shahvoniy lazzat Kim aytadi otanga rahmat Zinokorga achinib ketdim Alloh berar barcha jazoni Jahannamning qaynar qozoni Ayblamang Sarvar Mirzoni Ayrimlarga achinib ketdim Muallif✍Sarvar Mirzo Kanalga 👇ulanish https://t.me/Sarvar_Mirzo
Show all...
Sarvar Mirzo

Sevgining xiyonat varog'idamiz📓 Murojat @Mirzosarvar Mualliflik huquqi qonun ximoyasida. Mazkur she'rlarni o'g'irlash yoki koʻchirish ruxsatsiz Qo'shiq qilish qatiyan taqiqlanadi

BOY BOʻLDIMA MANA BUGUN Kambagʻal deb boqmaganlar qani bugun, Mensidilar mensimaslar mani bugun. Kechagina qoʻl uchida koʻrsatganlar, Koʻrib qoʻying boy boʻldima mana bugun. Akam desam koʻksimdaney itardingiz, Salomimga alik olmay oʻtardingiz. Endi maqtab boshingizga koʻtardingiz, Koʻrib qoʻying boy boʻldima mana bugun. Soʻrab borsa sovchilarim qaytarganlar, Qarang endi sevaman deb aytarkanlar. Koʻzin tikib yoʻllarimni kutarkanlar, Koʻrib qoʻying boy boʻldima mana bugun. Davr oti bir unda, bir bunda dunyo, Aylanadi, oʻzgaradi kunda dunyo... Suyar ekan puling boʻlsa shunda dunyo, Koʻrib qoʻying boy boʻldima mana bugun. Oddiy edi yurishlaru ustlarimey, Koʻp edida choʻntakda kam koʻstlarimey. Choyxonaga aytmay qoʻygan doʻstlarimey, Koʻrib qoʻying boy boʻldima mana bugun. Yoʻqchilikda koʻpchilik yuz burib ketdi, Sinovlar ham bir shapaloq urib ketdi. Omad kelib endi ishlar yurib ketdi, Koʻrib qoʻying boy boʻldima mana bugun. Onam bir kun zoʻr boʻladi bolam derdi, Farzandingiz halol ishlab rizqin terdi. Ota onam duo qildi, Xudo berdi, Koʻrib qoʻying boy boʻldima mana bugun. ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Show all...
Repost from Sarvar Mirzo
O'lim haqdir O'lim haq🥺🥺🥺 🙏ILTIMOSIM O'QING🙏 Kerilmagin Xudo bergan davlatingga, Berilmagin sen ishongan qomatingga. Boylik yig'ish aylanmasin odatingga, Vaqti kelsa, hayotdan ham o'tarkanmiz, Tor qabrda qiyomatni kutarkanmiz... Ey do'stginam, mehmondirmiz nazar qilsang, Yashash boqiy emasligin bo'ldi bilsang. Yaxshi edi gunoh emas savob qilsang! Vaqti kelsa, hayotdan ham o'tarkanmiz, Tor qabrda qiyomatni kutarkanmiz... Omonatim qaytar desa farzdir so'zi! Jon olgani Azroilning kelar o'zi. Har insonni tuproq bilan to'lar ko'zi, Vaqti kelsa hayotdan ham o'tarkanmiz, Tor qabrda qiyomatni kutarkanmiz... Mo'min bo'ling qalbingizga iymon solib, Namoz o'qing jannatlarga eltar g'olib. Balki yaxshi, balki yomon nomni olib, Vaqti kelsa hayotdan ham o'tarkanmiz, Tor qabrda qiyomatni kutarkanmiz... Qolib ketar barcha yiqqan mol-u davlat, U dunyoda ish bermagay obro', savlat. Kimdir oldin, kimdir keyin bordir navbat, Vaqti kelsa, hayotdan ham o'tarkanmiz, Tor qabrda qiyomatni kutarkanmiz... Yaqinlarni qoldiramiz ko'zin yoshlab, Imorat-u oltin-zarni barin tashlab. Uch kun, uch oy eslab yurar dilin g'ashlab, Ana shunday bu hayotdan o'tarkanmiz, Tor qabrda qiyomatni kutarknamiz... Uchmang sira shayton aytgan navosiga, Kuch yetmaskan Olloh bergan havosiga. Kun qoladi bolamizning duosiga, Vaqti kelsa bu hayotdan o'tarkanmiz, Tor qabrda qiyomatni kutarkanmiz... Sarvar Mirzo she'r yozadi elga sodda, Gaplarimga quloq tuting saqlab yodda. Safar qilib oq libosda, yog'och otda, Vaqti kelsa hayotdan ham o'tarkanmiz, Tor qabrda qiyomatni kutarkanmiz... Muallif.Sarvar Mirzo✍ 27.04.2022. 01:25 ❌️Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin Qo'shiq uchun berilgan https://t.me/Sarvar_Mirzo
Show all...
Sarvar Mirzo

Sevgining xiyonat varog'idamiz📓 Murojat @Mirzosarvar Mualliflik huquqi qonun ximoyasida. Mazkur she'rlarni o'g'irlash yoki koʻchirish ruxsatsiz Qo'shiq qilish qatiyan taqiqlanadi

Repost from N/a
O N A J O N I M Yetmish ikki tomirda, Oqib turgan qonimsiz, Bilganim shu onimda, Tanamdagi jonimsiz.! Siz dunyoda tenggi yòq, Mehribon insonimsiz, Duosi misoli òq, Yashashga imkonimsiz.! Chaqirsam gar onajon, Yonimda giryonimsiz, Omadimga xup imkon, Tanho mehribonimsiz.! Quyosh kabi nur sochar, Siz mohitobonimsiz, Har sòzi dilga yoqar, Eng shirin zabonimsiz,! Jannatim siz ka'bamsiz, Sizdir qibla tomonim, Shonimsiz martabamsiz, Farishtam onajonim.! Yashnagan bu kònglimga, Sizdir asl boģbonim, Gullar ekkan yòlimga, Gulyuzli onajonim.! Sadoqatda tengi yòq, Vafodor mard insonim, Kuydirmas qòllarim chòģ, Onam borku qalqonim. Panohim onajonim...! https://t.me/Farrux_Davron
Show all...
qo‘shiq she‘r+idea sotiladi Aloqa uchun +998889980070 Qo‘shiq ideasi va matni mualliflik huquqiga ega. Ruxsatsiz har qanday foydalanish javobgarlikka sabab bo‘ladi. YOR BUGUN Sizni sevgan bu yurak, Kuyib yondi yor bugun... Qoʻllarimda bir boʻlak, Taklifnoma bor bugun... Toʻyingizga borishga, Gʻururimdan ruhsat yoʻq. Endi sizni koʻrishga, Na istak na fursat yoʻq. Yuragim kesa kesa, Qildingiz tilka pora... Men yolgʻizman siz esa, Birov bilan ovvora.. Tor xonada bir oʻzim, Suratingiz silayman. Yigit soʻzim, chin soʻzim, Baxtingizni tilayman. Tillo ostona yoqib, Tallab boyning zarini... Ketdingiza bir boqib, Yolgʻon deya barini. Yuragimni kuydirgan, Sahrosiz endi jonim... Olislarda suydirgan, Zuhrosiz endi jonim... Yurib ikki tomondan, Ikkimiz boʻldik judo. Endi sizdek yomondan, Bizni asrasin Xudo. Biz alamlar qasdidan, Ozor topib tolmagan. Muhabbatning dastidan, Sogʻ joyimiz qolmagan. Oʻtmishlar ham oʻtarkan, Qolmas ekan qizigʻi... Dil yarasi bitarkan, Ketmas ekan chizigʻi. ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Show all...
Yor bugun(idea Aliyev).mp31.43 MB
#Таъзия “Жанозамни булбул ўқисин” шеъри муаллифи вафот этди Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, таниқли шоира Бибисора Туробова бугун, 15-сентябр куни 72 ёшида вафот этди. Марҳума бугун соат 12:20  да Дўрмон ижод уйи 19-дала ҳовлидан чиқарилади. Жаноза намози пешин вақтида Дўрмон масжидида ўқилади.
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.