cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

O’qituvchilarni qo’llab quvvatlash

Advertising posts
482
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:40
Video unavailableShow in Telegram
video.mp45.00 MB
30👍 5🥰 3🫡 3
Bu oxirgi ikki post o’tgangi yili kanalimda ulashgan postlarim. Kanalga yordamchi, sherik qilib o’qitish bo’yicha tajribaga ega ustoz va psixologlarni taklif qilmoqchiman😍 Sizlardan ham bir-biringizni qo’llab maslahatlar berib turishingizni so’rayman. Qizlarimizdan biri sinfdagi qoidalar uchun yaxshi ideya yuborgan edi, shuni pastdagi linkdan ko’rib chiqishimgiz mumkin. https://telegra.ph/Ron-Klarkning-55-qoidasi-09-04 Qoidalarni @xushnudbek ulashgan ekan
Show all...
👍 16🔥 12🏆 2
​Kechagi postimdan keyin juda ko'p o'quvchilarimdan iliq fikrlar va rahmatlar oldim. Haqiqatda doim qilgan ishimni zo'r qilishga intilganman, lekin muvaffaqiyatsizliklar ham bo'lgan... Ishga qaytganimga biroz vaqt o'tgach menga kattaroq darajada guruh berishgan, u vaqtda o'zimga ishonchim juda tushib ketgan edi, guruhni olishga qo'rqqanman, lekin olmaslikni ham iloji yo'q edi. Bir ikki darsdan keyin o'quvchilar avvalgi o'qituvchisini o'qitishini talab qilishgan. Mening shunday ham singan o'zimga ishonchim yana ham bukilgan, lekin men taslim bo'lmaslikka qaror qilganman. O'quvchilar to'g'ri qiyoslashgan edi, chunki ularning avvalgi ustozi (hozir rahmatli bo'lib ketgan) juda aktiv va jon kuyar ustoz edi. Men esa endi ishga qaytgan, 6 oylik va 2 yosh bolalari bor, har kuni obedda bolani qornini to'ygazish uchun uyga borib keladigan, lekin o'zini qorni to'ymaydigan, bolalari kechasi bilan yig'lab chiqadigan, otasi yaqinda dunyodan o'tgan, bolalarining otasi qayergadir qochib ketgan ayol edim. Bor fantaziya va talantimni ishlatsam ham kuchim yetmaydigan holatlar bo'lardi. Ko'chada hech kimni ko'rib qolmaslikni, so'rashmaslikni orzu qilar edim... "Qani endi meni ko'chada hech kim ko'rmasa, holimni so'ramasa, eshigimizni taqillatib hech kim kelmasa, bemalol qornim to'yib ovqat yesam😁, uxlasam " orzu va xohishlarim shulardan iborat edi. Yozayotib yana bir voqea esimga tushdi, bir kuni ishga ketayotib o'ylab qoldim, nimaga atrofim shunaqa tund. Markaz direktori ham dars vaqtida xonamni eshigini bir ochib ko'rar edi, men esa hech kim bilan gaplashgim kelmagani uchun uni ko'rmaganga solar edim, o'ylasam hammani ko'rmaganga solib yuradigan qovoqlari solingan ayolga aylangan ekanman. Avval qanday edim degan savolni o'zimga berdim. Avval doim jilmayib yurganimdan menga quyoshga o'xshaysan deb aytishar edi. Shu kuni ishga jilmayib kirishga qaror qildim. Kirishimda direktor turgan edi, u meni boshqacha kutib oldi, meni maqtab maqtab qo'limga marker tutqazdi. Bitta jilmayish atrofimni o'zgartira boshladi deb hayron qolgandim o'shanda. Bu narsalarni sizlarga nimaga aytayapman? Har bir insonning qiyin kunlari bo'ladi, muvaffaqiyatsizliklari bo'ladi, lekin bu uning peshonasiga qo'yilgan tamg'a emas. Har bir holat bizga berilgan sinov ekanini qabul qilib harakat qilishimiz, uni yaxshilashga urinishimiz, tafakkur qilishimiz kerak. Shunda sinovlardan yaxshi o'ta olamiz... O’zimni shu vaqtdagi kamchiligim va kuchim yetmagan ishlar uchun kechiraman va shu holatimni uyalmasdan tan olaman🥰 Internetda sizga ideal ko'ringan insonni ideal deb o'ylab o'zingizdan hafsalangiz pir bo'lmasin, hammamizning o'zimizga yarasha sinovlarimiz bor. @psixolog_rozaliya - haqiqiylikni xohlovchi psixologingiz
Show all...

33👍 13😭 2🏆 1
Bu ma’lumot onalar va ustozlar uchun juda manfaatli bo’ladi🥰 O’qituvchi bo’lgan vaqtimda bolalarni o’qishga qanday qiziqtirganim haqida. Hamma videoni albatta ko’ring🫶🏻 @psixolog_rozaliya
Show all...
IMG_2473.MOV1.30 MB
IMG_2488.MOV3.82 MB
IMG_2475.MOV3.15 MB
IMG_2489.MOV2.53 MB
IMG_2490.MOV3.54 MB
IMG_2493.MOV4.11 MB
❤‍🔥 31👍 12🔥 5🐳 2
Nima deb o’ylaysiz, darslaringizni o’zgartirish uchun siz nimadir qila olasizmi?Anonymous voting
  • Yo’q, hech nima menga bog’liqmas
  • Bunga holim yo’q
  • Bog’liq va men ustimda ishlayman
0 votes
Hurmatli o'qituvchilar, dars o'tishda eng qiyini tartibni saqlash bo'lsa kerak) O'z ustozlaraimizni eslasak har birida o'ziga hos uslublari bor edi, biz anglagan va anglamagan holda shu uslublardan foydalanib turamiz. Birinchi maqolada darsda tartib saqlash haqida eng muhim narsalarni birlashtirib yozishga harakat qildim🥰 1.Tartib bo'lishi uchun sizning aniq sinfda kelishilgan qoidalaringiz bo'lishi kerak. Maktab bo'lganidan keyin, hammasi shundoq ham aniq-ku! deb o'ylaman. Bolalarga aynan sizning qoidalaringiz kerak, buni o'z chegaralaringizni belgilash deyish ham mumkin. 2.Tartib deganda 100% itoatni tushunmasligimiz kerak. Eng avvalo qoidalaringiz bajarishini ta'minlash uchun ularni minimallashtirish kerak. qancha ko'p bo'lsa shuncha nazorat qilolmay qolishingiz mumkin. Bolalar yoshiga, ruhiy holatiga qarab siz kutgan narsalarga amal qilmasligi mumkin, shuning uchun kutuvingizni ozaytiring😁 3.Qoidaga amal qilmaslik - sizga hurmatsizlik emas. Ko'pincha o'qituvchilar o'zidan chiqib ketishiga sabab bu "hurmat=itoat" degan qarash. Qoida buzilishini shaxsiyatingizga olmasligingiz vaziyatga aqli bilan baho berishga yordam beradi. 4.Qoidaga amal qilishni talab qilish bolaga nisbatan qo'pollik emas. Qoidaga amal qilish bu shunchaki bir joyda ko'p odamlar to'planganida samaradorlik uchun muhim. O'quvchilaringizga shuni tushuntira olishingiz kerak. Ularni yaxshi ko'rib ham qoidaga amal qilishni talab qilishingiz mumkin. 5.Qoidaga amal qillishni talab qilish uchun qo'pol bo'lish shart emas. Talabchanlik qo'pollik emas, bu o'z gapingizda tura olishingiz. Jiddiy yuz bilan, qo'rquv va aybdorlik hissisiz qoidalaringizni aytish va talab qilish. 6.Qoidani talab qilish uchun qo'rqitish shart emas. Siz avval shunchaki shunday qilish shart deb talab qilib ko'ring. Avvaldan "yomon bo'ladi", "imtihonda yiqilasan", "ota-onangni chaqiraman" kabi qo'rqitishlarni aytsangiz o'zingizni bolalarga dushman ko'rsatib olasiz. Endi sizlarga ikkata topshiriq bermoqchiman: 1. Ertaga o'quvchilardan darsingizdagi qoidalar qaysilar ekanini so'rab ko'ring. (endi keyingi yil uchun o'zingizga reja ham tuzib qo'ying) 2. Darslarinda tartib saqlangan ustozlaringizni eslang. Ular bunga qanday erishar edi? Unutmang, siz mashaqqatli, lekin juda savobli kasb tanlagansiz. Niyatingizni aniq qo'yib, o'z hislaringizga e'tiborli bo'lsangiz hammani ancha osonlashadi🥰 Sizning avval o'qituvchi bo'lgan psixologingiz @psixolog_rozaliya Bizning o'qituvchi va tarbiyachilar uchun maxsus kanalimiz👇🏻👇🏻👇🏻 @teachersupport_with_rozaliya
Show all...
👍 29 10🐳 5
Photo unavailableShow in Telegram
Mana birinchi muhokma mavzusi: Darsdagi tartib uchun nima qilish kerak? Qo’pollik qilish shartmi? Yaxshi gapirsa taltayadimi? @teachersupport_with_rozaliya
Show all...
👍 8
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar😍 birgalikda ishdagi qiyinchiliklarni hal qilishga urinamiz🤗 Imkon boricha vaqt ajratib turaman Bu muhokama guruhimiz https://t.me/+ZMlrhJMdINdmZTAy
Show all...
O’qituvchilarni qo’llav quvvatlash Chat

You’ve been invited to join this group on Telegram.

👍 16
Go to the archive of posts
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.