cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Hubbuna

Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz! Asoschi: @GiyosiddinYusuf Savollar uchun: @Yechimhubbunabot Reklama: @Hubbuna_uz

Show more
Advertising posts
20 809
Subscribers
-2424 hours
-697 days
-21430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alekum va rahmatu Alloh va borakatuh savolim shundan iboratki uylanmoqci bolgan qizim toydan keyin birkunham ota onam bn emas adenli yashash tarafdori men lekin malum vaqt ota onam bn hizmatlarini qilib turaylik barbir katta farzandman adenli ciqamiz desam kelisholmayabdi lekin uni juda yaxwi koraman vosxam kecholmayman oqil bir qaror chiqazib bersagiz oldindan raxmat G'iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh. Voz keching undan! #Oia_qurish
Show all...
🔥 68💯 54👍 41😁 28😱 19🤔 8 6💔 3🎉 1
00:41
Video unavailableShow in Telegram
Sevishib turmush qurganlar tezda ajralib ketadimi? Sevishib turmush qurish bilan uzoq vaqt gaplashib yurishning farqi bor. Turmushi xayrli boʻlgan oilalarda munosabatlar avval halolidan boshlanganiga guvoh boʻlganmiz. Sevgining erta-kechi yoʻq, agar u halol munosabatlardan keyin boʻlsa. ✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Show all...
dc6f6722223536d817c6343d0c79eb44dd804a706917aab1b3b148c1b841acf9.mp49.55 MB
🔥 54👍 33 17❤‍🔥 11💔 1
Photo unavailableShow in Telegram
"Xotiningizga chiroyli muomala qiling, shunda u sizga chiroyli muomala qiladi. Uni o’zingizdan ham afzal ko’rishingizni, uni baxtli qilishga ahamiyat berishingiz, uning sog’ligi uchun qayg’urishingiz, u kasal bo’lib qolsa, qo’lingizdan keladigan barcha ishni bajarishga tayyor ekaningizni bildirib qo’ying". Doktor Hasson Shamsiyning "Baxt ulashing" kitobidan #iqtibos #Erkaklar ✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Show all...
65👍 37❤‍🔥 17💯 8🥰 5😁 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kitob oʻqish odoblari ✍️ 🤓 Qadrli bolajonlar, kitob — insonning eng yaqin doʻsti. Kitob oʻqiganingiz sari bilimingiz oshib, aqlli, odobli bola boʻlib boraverasiz. Kitob oʻqish odoblariga amal qilsangiz, kitobga yanada mehringiz oshadi. 😏 Kitob oʻqish uchun qulay joylashib oling, kitobni koʻzingizga juda yaqin tutmang. Koʻzingiz bilan kitob orasidagi masofa 30-35 sm boʻlsin. 🏖 Faqat yaxshi yorugʻlikda oʻqing. Juda yorqin yoki xira yorugʻlik koʻzga zarar qiladi. Yorugʻlikning chap tomondan tushgani maʼqul. 👨‍🎓 Kitobni ehtiyot qilib varoqlang. Sahifalarini yirtib, qayirib yubormang. 👆 Kitobni diqqat bilan, eʼtibor qilib oʻqing. Dangasalik qilmang. Tezroq tugatishni oʻylamang. Koʻproq oʻqishga harakat qiling. 🚗 Har kuni kitob oʻqishga odatlaning. Lekin uxlashdan oldin yoki harakatlanayotgan transport vositasida ekaningizda kitob oʻqimang — koʻzingizga zarar qilishi mumkin. 👌 Kitobni oʻqib boʻlgach, kitob javoniga yoki kitoblar qoʻyiladigan maxsus joylarga qoʻying. ❤️ Kitoblarni yaxshi saqlang. Tez-tez oʻqib turing, chang bosib ketmasin. Qoʻlingiz yogʻ yoki kir boʻlganda kitobni ushlamang. Toza qoʻl bilan ushlab, toza joyga qoʻying. 🏠 Kitobdan oʻqigan maʼlumotlaringizni oilangizdagilarga, doʻstlaringizga gapirib bering. 🤝 Birovning kitobini ruxsatsiz olmang, oʻqish uchun olib turganingizda zarar yetkazmasdan qaytaring. Boshqa birov sizdan kitob soʻraganda unga kitobni yaxshi saqlab, oʻz vaqtida qaytarishi kerakligini eslatib, foydalanishga berib turing. 🛍 Imkoningiz boʻlganda doʻst-u yaqinlaringizga kitob sovgʻa qiling. Chunki kitob eng yaxshi sovgʻalardan biridir. 🫰 «Kundalik odoblar» kitobidan #iqtibos Kitobni xarid qilish @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Show all...
11👍 10
00:39
Video unavailableShow in Telegram
Oila qurishdan oldin nimalarga e'tibor qilish kerak? #Oila_qurish ✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Show all...
IMG_6498.MP42.01 MB
👍 14💯 9🔥 5👏 2😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
153-savol: Javobingizni uydagilarga o‘qitaman Assalomu alaykum ustoz. Men bir qiz bilan tanishman, u qizga uylanish fikri yo'q emas, lekin u qizning oilasi, ya'ni nasl-nasabi ota-onamga to'gri kelmaydi, kelib chiqishi va boshqa taraflama. Undan tashqari avlodida ajrashganlar ko'p, ota-onasi ikkovi ham ikkinchi turmushda, ota tomondan ham, onasi tomondan ham, amma-xola, amaki-tog'alarida va hatto ularni farzandida ham ajrashganlar bir nechta. Bu meni ham ikkilantiryapti. Savolim shuki, uylanishda qizning oilasi, nasl-nasabi qanchalik muhim? Ikkinchisi, kelinning nasl-nasabidagi yaxshi yomon xususiyatlar kelajakdagi farzandlarning istiqboliga, salohiyatiga qanchalik ta'sir ko'rsatadi? Uchinchisi, undan tashqari u qizning sog'ligida ham tuzalishi qiyinroq kechadigan kasallik bor, bu tarafidan ham biroz havotirdaman, iltimos maslahat bering. Javobingizni kengroq dalilar bilan tushuntirsangiz iltimos uyimdagilarga o'qitishim mumkin. G'iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom. Boshqa nomzod qarang. #Oila_qurish
Show all...
😁 155👍 80🤔 20💔 19😱 12💯 7🌚 4 3
Photo unavailableShow in Telegram
Kenglik qiling Muhtaram oila boshlig‘i, do‘st-u ulfatlar ila ko‘cha-ko‘yda tansiq taomlar yeganda uyga – oilangizga, ota-onangizga ham olib kelishni unutmang. Ta’minotini qilib qo‘yganman deb xudbinlik qilmang. O‘zingiz yegan narsadan ularga ham yediring, kiyganingizdan kiydiring. Ya’ni yangi ust-bosh olganda ularga ham olib bering. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, erkaklar ishxona yok do‘stlar bilan dam olishlarga tez-tez chiqib turadi. Oilasini ham ba’zida aylanishga olib chiqish kerakligini o‘ylashmaydi. Ayoli va farzandlari faqat uyda o‘tirishi kerak deb bilishadi. Albatta, bunday qilmaslik kerak. Ularni ham onda-sonda dam olishga olib chiqing. Xususan, bu borada kamina ko‘p tavsiya qiladiganim shuki, haftada bir marta shahar ichida, oyda bir marta shahar tashqarisiga sayrga chiqishga harakat qiling. 📎 G'iyosiddin Yusufning "Asal oyi emas, asal hayot" kitobidan #iqtibos Kitobni xarid qilish Yanada ko'proq iqtiboslar@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Show all...
🔥 39👍 27💯 11 6🌚 1
00:56
Video unavailableShow in Telegram
Ota-onalar uchun muhim tavsiya Baʼzan farzandlar yoshlik qilib, yoshlari ulgʻaygani sari ota-onasini tushunmaslikda ayblab qolishadi. Ota-onalar bilan farzandi oʻrtasida shu oʻrinda ozgina tushunmovchiliklar boʻlishi mumkin. Bunday holatlarda ota-ona qanday yoʻl tutgani afzalroq, batafsil bilish uchun yuqoridagi videoni tomosha qiling. #tarbiya ✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Show all...
IMG_1794.MP44.64 MB
👍 15 4💯 1
Dil izhor qilish-qilmaslikka ko'ra juftliklar bir necha turga bo'linadi: 1. Bir-biriga deyarli dil izhor qilmay yashaydigan juftliklar. Bular yo kuchli xijolat bo'ladi, yoki oralarida muhabbat yo'q. Buni o'zaro munosabatlaridan bilish mumkin. 2. Bir tomon dil izhor qiladi. Bunda ko'proq dil izhor qilgan kishi muhabbatli bo'ladi, jufti esa shunchaki yashayotgan bo'ladi va dil izhorlarga "Rahmat" yoki shunga o'xshash gap bilan yuzaki javob qiladi. 3. Birinchi bo'lib dil izhor qilmaydi. Bunday juftliklarda bir tomon "Seni sevaman" desa, jufti "Men ham" deb javob qiladi, dil izhor qilmasa, indamay yashayveradi. Bunda ham oradagi muhabbat g'amxo'rlikka muhtojdir. 4. Ikkala tomon ham tez-tez bir-biriga dil izhor qilib turadi. Bunday oilalarda haq-huquq, g'ururdan ko'ra oilaviy halovat, muhabbat ustun turadi! #Muhabbat ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Show all...
66👍 38💯 13❤‍🔥 8🤔 4😁 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ayol gulga o'xshaydi: u e'tibordan gullaydi, befarqlikdan so'lib qoladi! #Erkaklar ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Show all...
🥰 41👍 37 15💯 10❤‍🔥 6
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.