cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

MILLIYTANLOV.UZ

🇺🇿 Madaniyat vazirligining MILLIY TANLOVLAR platformasi 📸 Instagram | instagram.com/milliytanlovuz 💭 Facebook | facebook.com/milliytanlovuz ✉️ E-mail | [email protected] ©️ Barcha huquqlar himoyalangan

Show more
Advertising posts
246
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Chet elda malaka oshirish, imtiyozli kredit va mukofot. Bularning barchasi bitta tanlovda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish hamda biznes bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida “Yosh tadbirkor” tanloviga start beriladi. Tanlovda o‘z g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihasiga ega 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. 🏆Tanlovning respublika bosqichi g‘olib va ishtirokchilar 50, 40, 30 million so’m pul mukofotlari, chet elda malaka oshirish uchun yo‘llanma hamda biznes loyihasi uchun BHMning 1000 baravarigacha miqdorda imtiyozli kredit ajratishga tavsiyanoma olish imkoniyatiga ega bo’ladi. 📎Tanlov haqida batafsil ➡️ havolada 📝Ishtirok etish uchun yoshlarportali.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting! Elyor Abdugʻaniyev
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ 18–21-iyun kunlari Madaniyat vazirligi "Dirijyor, rejissyor, baletmeystyerlar" respublika ko'rik-tanlovini e’lon qiladi. ☝️ Tanlovda bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, musiqa va san’at kollejlari, oliy ta’lim muassasalarining talabalari, o‘qituvchilari, badiiy va ijodiy jamoalarning ijrochilari ishtirok etishi mumkin. ❗️ Hujjatlar 15-iyunga qadar qabul qilinadi. 👉 Batafsil ‼️ Eslatma, tanlovning 1-o‘rin g‘oliblari (oliy ta’lim muassasalari talabalari va o‘qituvchilaridan tashqari) mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat qabul kvotasiga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi 🚀 Telegram | 📷 Instagram
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#tanlov 🔈 Kinematografiya agentligi “Bahodir Yalangto‘sh” filmini xorijiy tillarga dublyaj qilish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmining xalqaro kinofestivallarda keng ishtirokini ta’minlash maqsadida xorijiy (ingliz, rus, turk) tillarga dublyaj qilish va subtitrlashtirish bo‘yicha dublyaj studiyalari o‘rtasida tanlov e'lon qiladi. 📌 Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar tomonidan quyidagilar talab qilinadi: ✔️ taxminiy xarajatlar smetasi; ✔️ studiyaning dublyaj uchun mo‘ljallangan texnik imkoniyatlari haqida ma’lumot. Tanlov 2024-yilning 27-mayidan 5-iyun sanasiga qadar davom etadi. Arizalar "Tanlov komissiyasiga” deb, yozma ravishda Kinematografiya agentligiga taqdim etilishi lozim. 🇬🇧EN: Announcement 🇷🇺 РУ: Объявление 📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 71 277-81-49 📍Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor ko‘chasi, 1A-uy. 🇺🇿 MILLIY TANLOVLAR
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟩🟩🟩 🔈 Kinematografiya agentligi “Bahodir Yalangto‘sh” filmini xorijiy tillarga dublyaj qilish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmining xalqaro kinofestivallarda keng ishtirokini ta’minlash maqsadida xorijiy (ingliz, rus, turk) tillarga dublyaj qilish va subtitrlashtirish bo‘yicha dublyaj studiyalari o‘rtasida tanlov e'lon qiladi. 📌 Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar tomonidan quyidagilar talab qilinadi: ✔️ taxminiy xarajatlar smetasi; ✔️ studiyaning dublyaj uchun mo‘ljallangan texnik imkoniyatlari haqida ma’lumot. Tanlov 2024-yilning 27-mayidan 5-iyun sanasiga qadar davom etadi. Arizalar "Tanlov komissiyasiga” deb, yozma ravishda Kinematografiya agentligiga taqdim etilishi lozim. 🇬🇧EN: Announcement 🇷🇺 РУ: Объявление 📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 71 277-81-49 📍Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor ko‘chasi, 1A-uy. 🇺🇿 MILLIY TANLOVLAR
Show all...
Repost from N/a
01:15
Video unavailableShow in Telegram
🌎“Yoshlar kuni”da dunyo yoshlari O‘zbekistonda jamlanadi 📑 Butunjahon yoshlar festivali ilk bor 26-30-iyun kunlari O‘zbekistonda 150 ta davlat yoshlariga o’zaro fikr va tajriba almashish imkonini yaratadi. Festival taʼlim, innovatsiya, IT, biznes, media, madaniyat, sanʼat, sport kabi yo‘nalishlarda nufuzli spikerlarni Sizlarga taqdim etadi. 📍Festival Samarqand, Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida bir vaqtda oʼtkaziladi. 📝Ishtirok etish uchun gyf2024.uz saytidan ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 15-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.
Ta’lim, taraqqiyot, tashabbus, tenglik va tinchlik uchun birlashaylik!
Savol va takliflaringizni [email protected] elektron manzili yoki 1093 qisqa raqami orqali yo’llashingiz mumkin. Elyor Abdugʻaniyev
Show all...
1920х1080 Узбекский tg.mp49.90 MB
🔥 1
01:13
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi, xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan milliy maqom san’atini keng targ‘ib etish, uning o‘ziga xos ijro maktablari va an’analarini yangi bosqichda ravnaq toptirish hamda xalqaro nufuzini oshirish maqsadida milliy maqom san’ati yo‘nalishida respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi! Ko‘rik-tanlovda 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin. Respublika ko‘rik-tanlovi bir bosqichda 29–30-may kunlari Jizzax viloyatining musiqali drama teatrida o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ijodkorlar O‘zbek milliy maqom san’ati markazi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyat bo‘linmalari orqali zarur hujjatlarni topshirish va kerakli ma’lumotlar olishlari mumkin. Ma’lumot uchun telefon: (99) 859-25-11. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Show all...
IMG_1221.MP414.20 MB
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
✔️ “Turon” maktab teatri tanlovida ishtirok eting! 🎭 Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovi tashkil etiladi. ☝️ Tanlov 5-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 3 ta shart asosida o‘tkaziladi. ➡️ Tanlovda ishtirok etish uchun 1-maydan 10-mayga qadar quyidagi https://turonteatri.uz/ havola orqali ro‘yxatdan o‘ting! ➡️ Nizom bilan tanishing! 🇺🇿 MILLIY TANLOVLAR
Show all...
00:30
Video unavailableShow in Telegram
⚡️“Botir Zokirov nomidagi milliy estrada  mukofoti” tanlovi uchun oʻzingiz munosib deb bilgan nomzodga ovoz bering. 🏆 “Eng yaxshi kompozitor” nominatsiyasi g‘olibligi uchun nomzodlar: Amonullayeva Dilorom Darvinovna Rasulov Alisher TursunboyevichIkramov Alisher Karimovich Nomzodlarga www.milliytanlov.uz sayti orqali ovoz beriladi. 📲 Barcha san'at ixlosmandlari oʻzlari munosib deb topgan nomzodga ovoz berishlari mumkin. 🏆 Gʻolib va sovrindorlar 2024- yilning 26-aprel kuni O‘zbekiston xalqaro  anjumanlar saroyida o‘zbek milliy estrada sanati asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavallud sanasiga bag‘ishlangan xotira kechasida tantanali ravishda taqdirlanadi ™️Madaniyat vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 🌐 Veb-sayt
Show all...
1.mp411.30 MB
👍 2
⚡️ Madaniyat vazirligi “Lazgi” xalqaro raqs festivali respublika tanlovini e’lon qilgan edi. 13-aprel kuni O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Lazgi” xalqaro raqs festivali ko'rik-tanlovining respublika bosqichi bo'lib o'tdi. Ko'rik - tanlov yakunlariga ko'ra g'oliblari quyidagicha saralab olindi: Yakkaxon ijrochilar yo‘nalishi: 🥇 1-o‘rin Davletova Oksana (Xorazm viloyati) 🥈 2-o‘rin Narzullayeva Fotima (Toshkent shahri) 🥉 3-o‘rin Haydarov Islom (Toshkent shahri) Jamoaviy ijrochilar yo‘nalishi: 🥇 1-o‘rin O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Lazgi” ashula va raqs ansambli; 🥈 2-o‘rin O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati raqs ansambli; 🥉 3-o‘rin “Buxoro mavjlari” ansambli. 📝 Hakamlar hay’ati qaroriga asosan, g‘olib deb topilgan ishtirokchilar, Madaniyat vazirligi tomonidan joriy yilning 25–30 aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Lazgi” xalqaro raqs festivali doirasida o‘tkaziladigan xalqaro tanlovda ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldilar. ™️Madaniyat vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘lish: ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 🌐 Veb-sayt
Show all...
🔥 2
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ #Live #Lazgi_II_xalqaro_raqs_festivali 📹 Ayni damda O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Lazgi” xalqaro raqs festivali ko'rik-tanlovining respublika bosqichi bo'lib o'tmoqda. ✅ Eslatib o'tamiz, respublika bosqichining 1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi nomidan 25–30-aprel kunlari Xorazmning Xiva shahrida bo'lib o'tadigan “Lazgi” II xalqaro raqs festivalida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadilar. 🏅 Bizni kuzatishda davom eting, 1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblari haqida xabar beriladi. ™️Madaniyat vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘lish: ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 🌐 Veb-sayt
Show all...
IMG_3557.MP410.12 MB
IMG_3558.MP44.56 MB
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.